Korrupsiyadan xoli jamiyat sari


Download 10.22 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi10.22 Kb.
#1840204
Bog'liq
Korrupsiyadan-WPS Office


"Korrupsiyadan xoli jamiyat sari"
Insoniyat. Dunyo. Jamiyat. Aytish joizki, bu tushunchalar bir-biridan ajralmas , bir - birini toʻldiruvchi, biri boshqasisiz vujudga kelolmaydigan tushunchalardir.Dunyo yaralibdiki, insoniyat bor va u doimiy rivojlanish va o`zgarishda. Jamiyatchi? . Ushbu tushuncha nimani anglatadi?. Ma’lum fikr, g’oya mushtarakligi asosida birlashgan kishilar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Jamiyat esa kishilik taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega. Ushbu jamiyatda istiqomat qiluvchi Insoniyat ongi shu darajada rivojlandiki, ilm-fanda , texnologiya bilan bogʻliq boshqa sohalar, umuman olganda turli sohalarda juda katta yutuqlarga erishdi. Buning natijalari o’laroq, dunyo taraqqiyotning eng yuksak cho`qqisiga chiqib bormoqda. Lekin, tanganing ikkinchi tomoni borligini biz aytib oʻtgan jamiyat va insoniyat biladimi ?. Tanganing ikkinchi tomoni bo`lgani kabi, bu rivojlanish va yuksalishlarning ham ildiziga bolta urayotgan, to`sqinlik qilayotgan, oʻsha jamiyatimizni zaharlayotgan holatlar ham bor. Hammamiz bilamizki, bu jamiyat illatlaridan biri-Korrupsiya. Yer yuzida davlat va jamiyat paydo bo`lganidan buyon odamzod poraxo’rlik va korrupsiya ya’ni taraqqiyot va farovonlikning kushandasi hisoblanmish, jamiyatda adolat, tenglik, sog’lom raqobat va halollik tamoyillari ustun bo`lishiga to`sqinlik qilayotgan ijtimoiy illatlardan biri, deb baholab kelgan va unga qarshi bugungacha kurashib kelmoqda. Dunyo hamjamiyatining birdan bir umumbashariy orzusi ham korrupsiyadan xoli jamiyat qurish hisoblanadi. Bir o‘ylab ko`ring, bugungi kunda global muammolar sirasiga kiritilgan ushbu illat bo`lmaganda, balki insoniyat ilm-fan, ixtirolar va ko`plab sohalardagi yutuqlarga bir necha yuz yillar oldin erishgan bo`larmidi?! Dunyoning eng rivojlangan davlatlarida ham avj olgan korrupsiya muammosi barchani birdek hushyorlikka chorlaydi..
Hech kimga sir emaski, Jamiyatda ustuvor sohalardan biri bu taʼlim . Ushbu tizimida tahsil oladigan oʻsmirlar, yoshlar ongida to’g’ri shakllantirish muammosi oldimizda koʻndalang turibdi. “Jamiyatda poraxoʻrlik illatini yengib boʻlmaydi” , "uni oldini olish imkonsiz" , "nima qilsang ham baribir poraxoʻrlik yoʻqolmaydi "-degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani eng katta kamchiligimiz emasmi?.Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish oʻrinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʻal boʻlishidan qatʼiy nazar, barcha mamlakatlarda uchramoqda. Ushbu zararli illatni bartaraf etish boʻyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Shu oʻrinda ushbu jumlalarga diqqat qaratishingiz lozim . Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev farzandlarimizga bolaligidan pokni nopokdan, halolni haromdan farqlashga o‘rgatishni nazarda tutib, yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlari lozimligini ta’kidladilar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq” keltiradilar.Shu qadar nafis jumlalarki inson koʻzi tushdimi darrov yuragining tub -tubigacha , ildizigacha oʻtib ketadi.
Dinimizdachi? Eʼtiboringizni ushbu oyatga qarating. Islom olamining eng aziz kitobi Qurʼoni karimda ham poraxoʻrlik bevosita qoralangan: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188 oyat).Axir biz musulmonlar ahlidanmiz. Kimningdir haqqiga xiyonat eng oliy gunohlardan sanalgan.Diniy nuqtai nazardan olib qarasak ham, Alloh taolo insoniyatni yaratgach, ularni yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etib, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyuradi. Demak, har bir inson halol rizq talab qilishi bilan birga, birovning haqqidan hazar qilishi va o‘zgalarning molini nohaq yo‘llar bilan o‘zlashtirmasligi o‘ta muhimdir.Hayotda o‘zgalarning haqqiga tajovuz qiladigan, o‘zgalar molini o‘zlashtirib oladigan kimsalar, garchi ko‘zga “uddaburon kishilar” bo‘lib ko‘rinsa-da, nochor va bechora kishilar aynan o‘shalar emasmi?. Toki, biz oilada, bogʻchada, bilim dargohlarida, oʻgʻil-qizlarimiz ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxoʻrlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida koʻproq tarbiyaviy va targʻibot ishlarini olib bormas ekanmiz, maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin. Korrupsiya bolalarning barkamol o’sishiga to’sqinlik qiladi va bilimsizlikni keltirib chiqaradi. Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada ,agar qing’ir yo’l bilan topilgan ( oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan) luqmaning tag-ildizini bizlar , jamiyatimiz mohiyatini anglab yetsak, ochiq fikrini bildira olsak, rizqni halol va pok ishlardan izlashimiz , ishimiz va oilamizda fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror topishini , shubhasiz anglab yetgan boʻlamiz.! Keyingi yillarda Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulkan gʻoya fuqarolik jamiyatida muhum ro’l o’ynamoqda. Prezidentimizi tashabbusi bilan ilgari surilayotgan chora tadbirlar bo’yicha har bir jabhalarda qolaversa, ta’lim tizimida ham ulkan ishlar olib borilmoqda. Buning misoli o’laroq ta’lim tizimining online va raqamlashayotganini, yaniki inson omili emas , raqamli texnologiyalarni kirib kelishini aytsak mubolag’a bo’lmaydi.
Bizning universitetimiz Buxoro davlat universiteti qoshida ham "Talaba-yoshlar klubi” tashkil etilgan bo‘lib,bunda huquqiy savodxonligi yuqori, liderlik qobiliyatlarini namoyon qila oladigan talaba - yoshlar , tengdoshlarini o‘z ortidan ergashtira oladigan talabalar, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul targ‘ibotchilar etib belgilangan. Universitetimiz rektori tomonidan koʻplab, Hamma sharoitlar yaratib berilgan . Taʼlim olishga shuncha shart -sharoitlar yaratilgan ekan , poroxoʻrlikki ne hojat. Oʻqisang ,izlansang , oʻz mehnating va kuchingga ishonsang korrupsiyasiz ham hamma choʻqqilarni zabt eta olasan. Jamiyatga yordam berish ,uni zararli illatlardan xoli hududga aylantirish uchun eng kerakli narsa ilm olish, bilim egallash. Shundagina poroxoʻrlikka ham , boshqa xil zararli illatlarga ham oʻrin qolmaydi . Jamiyatni qutqaradigan yoshlar, kelajak avlod hisoblanadi . Bir o‘ylab ko`ring, bugungi kunda global muammolar sirasiga kiritilgan ushbu illat bo`lmaganda, balki insoniyat ilm-fan, ixtirolar va ko`plab sohalardagi yutuqlarga bir necha yuz yillar oldin erishgan bo`larmidi?! Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlarimiz ham yuqori natijalarga erishmoqdalar. Lekin bu yetarlicha emas....
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, korrupsiya va poraxo‘rlik jamiyatbarqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib keladi. Mamlakatimizmustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obodbo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilanaytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi kerakdir .Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonlifuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i va unga qarshi kurashmog‘i shart. Va yana asosiysi, har bir inson oʻzini oʻzi , vijdonini, qalbini tarbiyalashi kerak. Shundagina jamiyat yuksalib , taraqqiyot sari qadam tashlaydi. Shunday ekan ,barchamiz ushbu illatning avj olishiga, huquq va manfaatlarimizning buzilishiga yoʻl qoʻymasligimiz lozim.“Bilimsizlik insoniyat uchun eng qorongʻi tundir”. Ushbu hikmat muallifi buyuk Sharq faylasufi Konfutsiy bu borada ming karra haq. Negaki, ilm insoniyatni yuksaklikka koʻtarsa, bilimsizlik uni faqat tubanlik, jarlik sari yetaklaydi. Bunga insoniyat tamaddunida misollar juda koʻp. Shuning uchun ertasining farovon boʻlishini oʻylagan jamiyat ilm sari intiladi, yosh avlodga bilim oʻrgatish, ziyo tarqatish payidan boʻladi.Zero, "Baxtga erishish, farovon yashashning sinalgan yoʻli — ilm olishdir", Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir...
Download 10.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling