Ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
2.04-ЖТГиг-ва-СПОРТнинг-ТИБ-ФИЗ-К-АСОС-5112000-НФД-2018-2019-ў.й
2
3
Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’yektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual kadrlarni shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka talablari ichida jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida o‘z ifodasini topdi. Ushbu dasturda jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani bo‘yicha talabalarni sportda tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, davolash va tiklanishga qaratilgan yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xizmat tizimi bilan tanishtirish, kasallik turlariga qarab davolash jismoniy mashqlarni tashkil qilish va uni o‘tkazish, har bir muolajani gigiyenik sog‘lomlashtirish ahamiyatini yuzaga keltirish va sport shikastlanishlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib 4-7 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida berilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport mahoratini oshirish, sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi talabalariga jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani bo‘yicha nazariy bilimlarga ega qilish, fanga oid ko‘nikmalarni shakllantirish hamda malakalarga ega qilish. Ma`ruza, seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, lobaratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda esa ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni talabalar amaliy ko‘rib bajarish orqali ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi – talabalarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, salomatlikni saqlash, ish qobiliyatini oshirish vaqtidagi shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning ta`sirini kuzatishni o‘rgatish. Mashg‘ulotlar uchun gigiyenik, tibbiy-fiziologik qoidalari va me`yorlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish va chora-tadbirlar belgilash. Salomatlikni saqlash va ish qobiliyatini oshirish uchun zaxiradagi kuchlardan sport tibbiyoti yo‘l yo‘riqlar asosida foydalangan holda davolash, jismoniy tarbiya va gigiyenik omillaridan foydalanish. Shuningdek
4 ularning me`yorlarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanini o‘qitishning maqsadiga erishish uchun belgilangan fanga oid topshiriqlarni bajartirish hamda mavzularni mazmun mohiyatini talablar darajasida o‘rgatish va amalga oshirishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi; jismoniy tarbiya gigiyenasi fanining maqsadi hamda vazifalari; jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni; havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lishi kerak. - ob-havo, iqlim va unga moslashuv; suv va tuproq gigiyenasi, sport inshootlari gigiyenasi; jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi; jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigiyenasi; ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish gigiyenasini haqida
- jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigiyenik mohiyati; chiniqishni gigiyenik asoslari; ishlab chiqarish gigiyenasi; jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarni me`yorlashtirishning gigiyenik asoslari; sportning alohida turlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan gigiyenik talablar haqida malakalarga ega bo‘lishi
- jismoniy mashqlar fiziologiyasi fanining maqsadi hamda vazifalari; jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining rivojlanishi; o‘quvchilar sog‘lom turmush tarzining fiziologik asoslari haqida bilimдlarga ega bo‘lishi kerak. - jismoniy mashqlar sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida; o‘quvchi- yoshlar organizmini funktsional imkoniyatlarini rivojlantirish; jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarni chiniqtirishning fiziologik asoslari; adaptatsiyaning fiziologik asoslari; jismoniy mashqlarning fiziologik tavsifi; jismoniy mashqlar erkin harakat sifatida qo‘llanilishini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - sport faoliyatida organizmda yuzaga keladigan holatlarning fiziologik ta`rifi; jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning fiziologik asoslari va tavsifi; jismoniy tarbiya jarayonida muskullar ishini vegetativ ta`minlash; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalarni me`yorlashni fiziologik asoslash; jismoniy sifatlarni rivojlantirishni fiziologik asoslari. sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari; jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi ayollar organizmini fiziologik xususiyatlari; sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning fiziologik asoslari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. Jismoniy mashqlar biomexanikasidan - jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari; odam 5 tanasi harakatining dinamikasi; biomexanik tizim bo‘lgan odam tansi harakat apparatining tuzilishi; harakat sifati biomexanikasi; xususiy biomexanika; tana holatini saqlash va o‘z joyida harakatlar haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak. - joy o‘zgartiruvchi harakatlar; yurish va yugurish biomexanikasi, dinamikasi; kinematika haqida tushuncha va Nyuton qonunlari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - ayrim sport turlari biomexanikasi; aylanma va ilgarilanma harakatlar; o‘q atrofida harakatlar; umumiy rivojlantiruvchi mashqlarning biomexanikasi asoslari
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi; sport tibbiyoti fanining maqsadi hamda vazifalari; O‘zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari; umumiy sport patologiyasi asoslari; sportchilarning kasallanishi va jarohatlanishi; sport-pedagogik nazorat mazmuni va metodlari haqida bilimga ega bo‘lishi kerak. - yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati; sportda ish qobiliyatini tiklash asoslari; davolash jismoniy tarbiyasi asoslari; o‘quvchilarning jarohatlanishi; yurak qon-tomir tizimi kasalligi, nafas olish organlari, moddalar almashinuvining buzilishi va tomir kasalliklari; jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - yoshlar va o‘quvchilar salomatligining tibbiy nazorati; yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi; bir tibbiy guruhdan boshqa guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari; o‘zini nazorat qilish qoidalari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 1-modul. Jismoniy tarbiya gigiyenasi faniga kirish 1-mavzu. Jismoniy tarbiya gigiyenasi fanining maqsadi hamda vazifalari Jismoniy tarbiya gigiyenasi rivojlanishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Umumta`lim maktab o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda katta, o‘rta va kichik me`yordagi gigiyenaga taalluqli tavsifini tahlil qilish, rivojlanish bosqichlari va har bir yosh davrlardagi ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 2-modul. Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni 1-mavzu. Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni Boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi, tarixi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida gigiyenaning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
6
1-mavzu.Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari Havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida havo gigiyenasining ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Harorat, namlik, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi. Barometrik bosim. Tashqi sharoitning o‘zgarishiga odam organizmining moslashuvi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o’tkazishda ob-havoning ta`siri haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Iqlim va akklimatizatsiya (Klimatnig o’zgarishi). Iqlim va uning organizmga ta`siri. O‘zbekiston sharoitida iqlimning o‘ziga xosligi, mikroiqlim (kichik iqlim), adaptatsiya (moslashuv) haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 5-modul. Suv va tuproq gigiyenasi 1-mavzu. Suv va tuproq gigiyenasi Suvning organoleptik kimyoviy va epidemiologik xususiyatlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Ichimlik suviga bo‘lgan gigiyenik talablar. Suvning qattiqligi. Suvni tozalash va zararsizlantirish. Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida tuproq gigiyenasi ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Tuproqning asosiy hususiyatlari. Uni zararsizlantirish va tuproqni tozalash jarayoni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Ochiq va yopiq sport inshootlarining, ahamiyati, uni loyihalash va qurilishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Sport inshootlarining tiplari. Ochiq va yopiq
bolalar sport
maydonchalari, sog‘lomlashtirish shaharchalari yoritilganligining gigiyenik ahamiyati va harorat rejimi, shaxsiy gigiyenaning gigiyenik aspektlari, uning sog‘lom turmush tarzi bilan aloqasi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 2-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigiyenasi Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanishning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Ozuqa moddalarning tarkibi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar ovqatlanishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Issiq iqlimda jismoniy tarbiya va sport
7 bilan shug‘ullangan vaqtda ovqatlanish gigiyenasi va suv ichish tartibi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 3-mavzu. Ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish gigiyenasi Sport turlari bilan shug‘ullanishning, sportga tanlash va yo‘naltirishning gigiyenik asoslari. Sportga tanlashda ayrim tizimlarning xususiyatlari. Sportning alohida turlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan gigiyenik talablar. Ayrim sport turlari bilan shug‘ullanishda gigiyenaning o‘rni va ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 7-modul. Jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigiyenik mohiyati 1-mavzu. Jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigiyenik mohiyati Jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigiyenik mohiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Chiniqtirishning gigiyenik asoslari, an`anaviy chiniqtirish metodlarini gigiyenik asoslari, noan`anaviy chiniqtirish metodlarini gigiyenik asoslari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
gigiyenik asoslari Jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarni me`yorlashni gigiyenik mexanizmi. Jismoniy mashqlarni me`yorlashga qo‘yiladigan talablar va me`yorlash tamoyillari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Fanning sport tibbiyoti bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar mazmuni 8-modul. Sport tibbiyoti rivojlanishining tarixiy taraqqiyoti 1-mavzu. Sport tibbiyotining paydo bo‘lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi Sport tibbiyotining jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘qitishdagi tutgan o‘rni. Tibbiyot va sport tibbiyoti tushunchalari. Sport tibbiyotining maqsadi va vazifasi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘ligini saqlashda va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tarbiyalashda chiqarilayotgan qarorlar. O‘rta Osiyo mamlakatlarida sport tibbiyoti rivojlanishi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiyaning rivojlanishidagi sport tibbiyotida yangi-tibbiy nazoratning vujudga kelishi. O‘zbekiston Respublikasida sportchilar uchun tashkil qilingan dispanserlar, stasionarlar (maxsus shifoxonalar), reablitatsiya (tiklanish) markazlari va
8 sanatorilar haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 9-modul. Sport patologiyasi asoslari, shifokor nazorati, o‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullantirish 1-mavzu. Umumiy sport patologiyasi asoslari Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha. Sportchilarda patologik holatni o‘ziga xosligi. Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar (charchash, zo’riqish). Patologik holatni olidini olishda takroriy nazorat qilish va sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Salomatlik haqida tushuncha. Stress (bosim-kuchlanish) organizmning umumiy tanglik holati. Kasallik sabablari. Reaktivlik (qarshi ta’sir). Irsiyat va uning kasallik paydo bo‘lishidagi ahamiyati. Sportchilar jarohatlanishi va uning sabablari. Sportchilar jarohatlanishi va oldini olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Tibbiy pedagogik nazorat (TPN). Tibbiy pedagogik nazoratning asosiy vazifalari. Tibbiy pedagogik nazoratni tashkil qilish shakllari. Tibbiy-pedagogik nazorat o‘tkazishda qo‘llaniladigan uslublar. Tibbiy pedagogik nazorat o‘tkazishda qo‘llaniladigan funktsional sinamalar haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
shifokor nazorati Birlamchi shifokor nazoratini tashkil qilish va uning vazifasi, maqsadi. Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan usullar. Funktsional tizim va ularni baholash. Shifokor nazoratining xulosa qilishi, tibbiy guruhlar va uning bayonnomasi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Qayta tiklash vositalarini tasnifi: a) pedagogik, b) psixologik, v) tibbiy vositalar. Sportda qo‘llaniladigan qayta tiklash vositalari. Oqsil moddalar. Farmakologik va fizikaviy tiklash vositalari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
10-modul. Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyati 1-mavzu. Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari Davolash jismoniy tarbiyaning organizmga ta`siri. Davolash jismoniy mashqlar asosiy turlari. Shifobaxsh davolash jismoniy mashqlar. Suzish, gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari davolash jismoniy vosita sifatida 9 qo‘llanilishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 2-mavzu. O‘quvchilarning jarohatlanishi (shikastlanishi) O‘quvchilar, sport bilan shug‘ullanuvchilarning shikastlanishi. O‘quvchilar, sport bilan shug‘ullanuvchilarning shikastlanishlari sabablari. Zo‘riqish. O‘ta zo‘riqish. O‘tkir va surunkali o‘ta zo‘riqish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Yurak qon-tomir tizimining funktsional holati. Sportchilar yuragining tuzilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Sportchilar yuragining funktsional xususiyatlari (deiatatsiysi, gipertrafiysi). Shifokor tibbiy pedagogik nazoratning Yurak qon-tomir tizimini dinamik kuzatuvi va uning ahamiyati (pulsometriy, arterial qon bosimni o’zgarishi). Yurak aritmiyalari. Yurak poroklari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Nafas olish organlari tizimining funktsional holati. Sportchilarda nafas olish organlari xususiyatlari. Sportchilarda modda almashinuvi va uning buzilishi. Sportchilarda varikoz va tromboflebit kasalligi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Jarohatlar turiga va jarohat bosqichiga qarab davolash jismoniy tarbiya qo‘llanishi. Asab kasalligi turiga qarab davolash jismoniy tarbiyasi qo‘llanishi. Tayanch-harakat apparati kasalliklarida (osteoxondroz, deformiryushiy osteartroz, radikulit, ishaz) davolash jismoniy tarbiyasi qo‘llanishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 11-modul. O‘quvchi-yoshlar salomatligini tibbiy nazorati
Tibbiy nazoratning dastlabki, takroriy, qo‘shimcha turlari. Disponserizatsiya-tibbiy nazoratdagi tutgan o‘rni. Shifokor va trenerning birgalikda sportchilarni nazoratini ahamiyati. Sanitariya-gigiyenik nazorat o‘tkazishning tibbiy nazoratdagi ahamiyati. Sport musobaqalarida tibbiy xizmatni tashkil etish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Tibbiy guruhga ajratish nimaga asoslanishi haqida. Tibbiy guruhlar ajratishda anamnez (sorab surishtrish), samotoskopiya (ko’rib, kuzatib) antropometriya (o’lchab), fiziometriya (aparatlar orqali) tekshiruvlari. Organizmning funktsional tizimlari. Asosiy, qo‘shimcha va maxsus guruhlar
10
haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling