Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti reja


Download 41.1 Kb.
bet4/4
Sana29.03.2023
Hajmi41.1 Kb.
#1305396
1   2   3   4
Bog'liq
Transport iqtisodiyoti Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti

Qaram xo’jalik jamiyati. Xo’jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo’jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aktsiyalarning yigirma foizidan ko’prog’iga ega bo’lsa, bunday xo’jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi. Qaram xo’jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Aktsiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadi4.
Unitar korxona. O’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo’linmasdir va u qo’shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo’yicha, shu jumladan korxona xodimlari o’rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning ustavida faoliyatining sohasi va maqsadlari to’g’risidagi, uni tashkil etish tartibi va manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona. Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta’sis hujjati uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir.
Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o’z mol-mulkining bir qismini xo’jalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yo’li bilan yuridik shaxs bo’lgan boshqa unitar korxona (sho’’ba korxona) tashkil etishi mumkin. Muassis sho’’ba korxonaning ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi.
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki bo’lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.
Davlat korxonasining ta’sis hujjati uning ustavidir. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini ko’rsatishi kerak. Davlat korxonasining mol-mulki etarli bo’lmaganida davlat uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar javobgar bo’ladi. Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo’ladi.


Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks ettiradi.
Asosiy tsexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar tsexi).
Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model tsexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko’rsatuvchi tsex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv tsexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir tsex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor tsexi, shassi tsexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:

  • texnika va texnologiyaning xususiyatlari;

  • ishlab chiqarish hajmi;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;

  • mulk shakli;

  • raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.

Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.


Xulosa


O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyoti ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida yuzaga kelgan hamda umumiqtisodiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda iqtisodiyotimiz bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lidan bormoqda. Prezidentimizning beshta tamoyili asos qilib olingan bu model hozirda jahon mamlakatlari tomonidan ham tan olindi.


O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining muhim sub’ekti korxona - iqtisodiyotning birlamchi bo’g’ini bo’lib, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashadi.
Har bir korxona ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, ularni iste’mol uchun tayyor mahsulot (ish, xizmat) holiga keltirish yo’li bilan mamlakat iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shadi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitlarida mulkdorlar sinfining vujudga kelishi va korxonalarning yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini tashkil qilish imkonini beruvchi huquqiy hujjatlar yaratildi.
Korxonalarning har biri boshqasidan o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Shu sababli ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish hamda ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish uchun korxonalar tasnifini bilish zarur.
Istalgan bir sanoat korxonasi ko’plab bo’g’inlardan iborat bo’lib, ularning tarkibi va tuzilishi hamda o’zaro munosabatlarini tuzilma sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxonalar tuzilmasini o’rganish ularning sanoat majmuasida tutgan o’rni, roli va ahamiyatini aniqlash imkonini beradi.
O’z navbatida ishlab chiqarish tuzilmasini loyihalashtirishda uning shaklanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni inobatga olish muhimdir. Korxona tuzilmasini belgilab beruvchi omillar tahlili ularni mukammallashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini yaratadi.


Foydalanilgan Adabiyotlar

  1. Xo’jayev B.A “Avtomobil transport iqtisodiyoti”. T.: <>1992

  2. Xo’jayev B.A “Avtomobillarda yuk va passajirlarni tashish asoslari”.

  3. www.edu,uz

  4. https://arxiv.uz/uz/

  5. https://fayllar.org



1


2


3


4


Download 41.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling