Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti reja


Download 41.1 Kb.
bet3/4
Sana29.03.2023
Hajmi41.1 Kb.
#1305396
1   2   3   4
Bog'liq
Transport iqtisodiyoti Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti

Xususiy korxona deb, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot e’tirof etiladi2. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki etarli bo’lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk bilan javobgar bo’ladi.
Xususiy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo’lishga haqli. Xususiy korxonaning to’liq firma nomi uning to’liq nomini va "xususiy korxona" degan co’zlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va "xususiy korxona" degan so’zlarni yoki "XK" abbreviaturasini o’z ichiga olishi kerak.
Xususiy korxona o’zining to’liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan eri ko’rsatilgan muhrga ega bo’lishi kerak. Muhrda ayni paytning o’zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko’rsatilishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan olinadi3. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo’lishga haqlidir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va "mas’uliyati cheklangan jamiyat" so’zlarini o’z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to’liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan so’zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o’z ichiga olishi kerak.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat sifatida bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan olinadi va uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’z mol-mulklari bilan qo’shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo’lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo’lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo’lmasa, boshqa ishtirokchilar o’rtasida ularning qo’shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va "qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so’zlarni o’z ichiga olishi kerak. qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to’liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so’zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o’z ichiga olishi kerak.

Download 41.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling