Aim.uz
Korxona daromadlarini maksimallashtirish
Reja:
Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
Korxona xarajatlari va ularning turlari
Korxona daromadining qisqa muddatli xarajatlari
1.Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
Tadbirkorlik – ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning maxsus omili.
Tadbirkorlikka quyidagilar xos: Faoliyatning usul va yo‘nalishlarini tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; faoliyat yakuniga ko‘ra o‘z mulki bo‘yicha to‘liq moddiy javobgarlik; foyda – yuqori foyda olishni mo‘ljallash.
Tadbirkorlikning xususiyatlari: Tadbirkorlik ob’ektlarikorxona (firma), daromadli ish. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkor, ishlab chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar, tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
2.Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |