Korxona faoliyati. Davr xarajatlari. Moliyaviy natijalar


Download 118.37 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi118.37 Kb.
#253653
  1   2
Bog'liq
buxgal mustaqil 7


Korxona xarajatlari


Reja:


  1. Korxona faoliyati.

  2. Davr xarajatlari.

  3. Moliyaviy natijalar.

Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar toʻgʻri taqsimlanishi lozim. Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga boʻlinishi zarur. Davr xarajatlari, soliq toʻlaguncha boʻlgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat boʻyicha xarajatlar ham alohida koʻrsatiladi

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda daromadlar olish bilan bogʻliq xarajatlarni quyidagi guruhlar boʻyicha koʻrsatish mumkin:



10-rasm. Xarajat guruhlari


Molyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuni shundan iboratki, unda korxona xoʻjalik faoliyatining yakuniy va oraliq moliyaviy natijalarini ularning alohida daromad (foyda) xarajat (zarar) koʻrsatkichlarini taqqoslash va qoʻshish orqali aniqlanadi.

Davr xarajatlari deyilganda — bevosita ishlab chidarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xujalik sarflari kiritiladi. Ularni yuzaga chitsish shakli va oʻrniga karab quyidagilarga ajratish mumkin:

- sotish xarajatlari

- maʼmuriy xarajatlar

-boshqa umumxujalik xarajatlari.

Sotish xarajatlari — mahsulot (ish bajarish, xizmat kursatish) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi tugʻrisidagi Nizomga muvofiq yagona tartiblashni va toʻgʻridan-toʻgʻri korxona faoliyat natijaviyligi bogʻlanishi tartiblangan. Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib joʻnatish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.

Sotish xarajatlarini ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, material xarajatlari, asosiy vositalar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari bo’yicha tarkiblash va taxlil etish mumkin. Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob foydasidan amalga oshiriladi. Maʼmuriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi salmogʻi sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqaruv apparatining xizmati xarajatlaridir. Boshqa umumxujalik xarajatlari qatoriga yuqoridagi tarkibga kiritilmagan xarajatlar ishlab chiqarishni takomillashtirish, uzaytirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiritiladi.

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

9100 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”


  • 9111 “Eksport uchun tayyor mahsulot tannarxi ”


  • 9112 “Mahalliylashtirish yoʻli bilan tayyor mahsulotni tannarxi”


  • 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”


  • 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”


  • 9131 “bajarilgan ishlar va eksport xizmatlarining qiymati”


  • 9132 “bajarilgan ishlar va mahalliylashtirish xizmatlari”


  • 9134 “Qurilish ishlari va xizmatlarning qiymati”


  • 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish”


  • 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar”.


Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”,

9110 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettriladi.

Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.

Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qoʻllaniladigan tovar moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni tovar moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʻliq.

Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʻllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda toʻplanadi.

Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotida yigʻiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat

TMZ inventarizatsiya qilingandan soʻng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot.

Koʻrsatilgan schyotning debeti boʻyicha TMZning kamayishi, krediti boʻyicha TMZning oʻsishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.

11-jadval

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi 9100 schyotning bogʻlanishi


Xoʻjalik muomalalarining mazmuni


Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar


354 192 777,06


9100

2100

2.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar


1 661 434 705,55


9100

2300

3.Tayyor maxsulotlarni xisobga oluvchi schyotlar


132 728 679 354,68


9100

2800


“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
  • 9400 “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9410 “Sotish xarajatlari”


  • 9420 “Maʼmuriy xarajatlar”


  • 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”


  • 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar ”


Davr xarajatlarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y. 2-son, 9-modda) bilan tartibga solinadi.

9410 “Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni, mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʻullanuvchi xodimlar va boʻlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi.

Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.

9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotida korxonani boshqarish boʻyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʻlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.

Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.

12 -jadval

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda davr xarajatlarini hisobga oluvchi

9400 schyotning bogʻlanishi

Xoʻjalik muomalalarining mazmuni


Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar


250 529 617,50


9400

0200

2.Kapital qoʻyilmalarni xisobga oluvchi schyotlar


63 073 082,28


9400

0800

3.Materiallarni xisobga oluvchi schyotlar


420 704 468,69


9400

1000

4.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar


1 543 872 394,07


9400

2300

5.Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar


1 666 305 627,45


9400

2700

6.Kelgusi davr xarajatlarini xisobga oluvchi schyotlar


6 463 488,00


9400

3100


9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʻbatlantirish ahamiyatiga molik toʻlovlar.

Bank va depozitariy xizmatlarining toʻlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa opersion faoliyat jaryonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.

Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa opersion xarajatlar” schyoti

9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.

13 -jadval

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning olinadigan schyotlar bilan bogʻlanishi


Xoʻjalik muomalalarining mazmuni


Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Olinadigan schyotlar


17 915 657,20


9400

4000

2.Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar


14 992 960,00


9400

4010

3.Xaridorlar va eksport qiluvchilardan olinadigan schyotlar


2 922 960,00


9400

4011

4.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyot


12 033 643,20


9400

4100

5.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni xisobga oluvchi schyotlar


24 888 975,03


9400

4300

6.Byudjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar


174 762 427,31


9400

4400


14-jadval

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlanishi


Xoʻjalik muomalalarining mazmuni


Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Milliy valyutadagi pul mablagʻlari


21 897 200


9400

5010

2.Hisob-kitob schyoti


401 352 876,77


9400

5110

3.Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari


460 765,77


9400

5210

4.Naqd pul ekvivalenti - sayohat kartalari


5 817 600


9400

5613

15-jadval

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning joriy majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlanishi

Xoʻjalik muomalalarining mazmuni


Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar


316 136 161,43


9400

6000

2.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan toʻlanadigan schyotlar


129 070 002,65


9400

6100

3.Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni xisobga oluvchi schyotlar


3 249 943 067,64


9400

6400

4.Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar


6 376 546 493


9400

6500

5.Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni xisobga oluvchi schyotlar


4 964 770 954,87


9400

6700

6.Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar


765 161 457,77


9400

6900


Xarajat schyotlarini yopish uchun 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti debetlanadi va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar kreditlanadi

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


  • 9600 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”


  • 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”


  • 9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar”


  • 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar”.


Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara boʻyicha foizlar va boshqa foiz toʻlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʻyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq

9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar

9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.

9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.

Korxonalar faoliyatida sarflanadigan xarajatlarni moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritish uchun ularni hisobga oluvchi schyotlarni yopish bilan bogʻliq boʻlgan hisob ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi schyotlarni yopish talab qilinadi:


  • 9100 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9400 “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9600 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9720 “Favqulodda zararlar” schyoti


  • 9800 “Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar”


9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.

Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi.

9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʻrsatadi.

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishdan oldin yana bir bor daromad va xarajat schyotlaridagi summalar tekshirib chiqiladi va shundan soʻng hisobotni tuzishga kirishiladi.

Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti boʻyicha aylanmalar yigʻiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot boʻyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.

Yakuniy moliyaviy natijani shakllantirishda quyidagi buxgalteriya provodkalari orqali amalga oshiriladi:


Download 118.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling