Korxona faoliyati. Davr xarajatlari. Moliyaviy natijalar
Download 118.37 Kb.
|
buxgal mustaqil 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- D 9900 K D 8710 K 2 589 065 2 589 065 III Bob Korxona sof foyadasining shakllanishi va unga taʼsir etuvchi omillar tahlili
9910
D 9100 K D 9000 K 34 744 307 154 902 869 D 9400 K D 9300 K 20 542 274 2 706 400 D 9600 K D 9500 K 6 427 272 804 155 293 008 157 882 Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasining hisobot yili sof foydasi. D 9900 K D 8710 K 2 589 065 2 589 065 III Bob Korxona sof foyadasining shakllanishi va unga taʼsir etuvchi omillar tahlili 3.1. Korxona moliyaviy natijalarining shakllanishiga taʼsir etuvchi omilar tahlili Xar bir xoʻjalik yurituvchi subyektning oldiga qoʻygan asosiy maqsadi bu foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida oʻzining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida koʻtariladi. Foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo’jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo’jalik hisobining obyektiv talabidir. Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning doimo kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim. Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda deyilganda koʻpincha biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori oʻzgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi oʻzgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foydani oʻlchashga daxldor bo’lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, yaʼni foydani aniqlash va oʻlchash korxona o’z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bogʻliq boʻladi. Daromadlar va xarajatlar elementlari quyidagicha aniklanadi. Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o’zaro farqdanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari boʻyicha oʻzgarishlari oʻrganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi. Respublikamizda amaldagi huquqiy meʼyorlarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarining shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi: 10 -rasm. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot shaklining asosiy koʻrsatkichlari Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yoʻlga qoʻyishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko'rsatkichi va uning omilli tahlili oʻtkaziladi. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni oʻqishda uning satrlar boʻyicha koʻrsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va oʻtgan yilning shu davri boʻyicha maʼlumotlarga umumiy izoh beriladi. Nizomga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʻrsatkichlari bilan tasniflanadi: -mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi: YAF= SST-IT bunda, YAF - yalpi foyda SST - sotishdan olingan sof tushum MT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi -asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʻrtasidagi tavofut va plus asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: AFF = YAF-DX+BD-BZ bunda, AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda DX – davr xarajatlari BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar BZ – asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa zararlar -xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF = AFF+MD-MX bunda,
UF – umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari -soliq toʻlagungacha olingan foyda, u umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda plus favqulodda (koʻzda tutilmagan) vaziyatlarda koʻrilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF = UF+FP-FZ
STF - soliq toʻlagungacha olingan foyda FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda FZ - favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zarar - yilning sof foydasi, u soliq toʻlangandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, oʻzida daromad (foyda)dan, toʻlanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar toʻlangunga qadar olingan foydani ifodalaydi: SF = STF-DS-BS bunda, SF – sof foyda DS – daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq BS – boshqa soliqlar va toʻlovlar. Respublikamizdagi barcha korxonalar mulkchilik shakllari va qaysi tarmoqqa tegishliligidan qaʼtiy nazar moliyaviy natijalarni aniqlashda ushbu tartib qoʻllaniladi. Moliaviy natijalar tahlili moliyaviy tahlilining tarkibiy qismi hisoblanadi. Koʻrsatkichlarni tahlil qilishda bevosita korxonaning oxirgi natijasi, yaʼni foyda va rentabellikni ifodalovchi koʻrsatkichlari oʻrganiladi. Moliyaviy natijalarni tahlil qilish, eng avvalo, sotilgan maxsulotni oʻrganishdan boshlanadi. Barcha xarajatlarni qoplab daromad olishini taʼminlaydigan koʻrsatkich bu sotilgan mahsulot uchun tushgan pul tushumidir. Demak, moliyaviy natijalarning asosiy manbasi, bu sotishdan tushgan tushumdir. Shu tufayli ushbu koʻrsatkich moliyaviy natijalar oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omil sifatida qaralashi lozim. Navbatdagi bajariladigan amal sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natijani aniqlashdan iboratdir. Buning uchun sotishdan olingan sof tushumdan uning ishlab chiqarish tannarxini ayirish kifoya. Demak, moliyaviy natijalar tarkibida maxsulotni (ish, xizmatni) ishlab chiqarish xarajatlari ham ifodalanadi. Lekin ushbu koʻrsatkich tahlilda moliyaviy natijalarga taʼsir qiluvchi omillar sifatida qaraladi. Korxona moliyaviy natijalarini ifodalovchi koʻrsatkichlar tarkibida sotish xarajatlari, maʼmuriy xarajatlar va asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olinadigan daromadlari va qilinadigan xarajatlarini ifodalovchi koʻrsatkichlari ham mavjud. Ushbu xarajat (daromad)lar sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natijadan chegirilib asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasini keltirib chiqarish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning moliyaviy natijasi bevosita uning moliyaviy faoliyatiga ham bogʻliq qolmoqda. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi koʻrsatkichlarning bir-biriga bogʻliqligi quyuidagicha ifodalanadi. 11-rasm. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi koʻrsatkichlar Tahlil jarayonida ushbu bogʻliqlikning hamma tizimi oʻrganiladi. Bunda uning vazifasini toʻgʻri belgilab olishni taqozo qiladi. 12-rasm. Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi koʻrsatkichlar
Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyat moliyaviy natijalar qatoriga korxonaning mahsulot sotishdan oladigan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan oladigan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan oladigan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarajatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar qatoriga korxonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy munosabatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiriladigan valyuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqddigan turli xarajatlar kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmogʻi soʻnggi yillarda tobora oshib bormokda. Favqulodda kutilmagan holatlardan daromadlar va xarajatlar qatoriga korxonaning asosiy va moliyaviy faoliyatidan tashqari, tasodifiy holatlar boʻyicha oladigan daromad va xarajatlari kiritiladi. Quyida keltirilgan 16-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining yalpi foydasi va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar dinamikasi keltirilgan.
16-jadval “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning yalpi foydasi va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillarning taxlili ,mln soʻm*
* Manba: “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yil. Yuqorida keltirilgan 16-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, mahsulot sotishdan kelgan yalpi foyda 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 5 002 078 mln soʻm ya’ni 36 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 1 450 464 mln soʻm ya’ni 8 %ga koʻpaygan. Bunga esa oʻz navbatida quyidagi omillar taʼsir oʻtkazgan. Mahsulot sotishdan olingn sof tushum 2017-yilda 2016-yilga nisbtan 40 028 123 mln soʻm ya’ni 50 %ga koʻpaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 35 165 852 mln soʻm ya’ni 29 % ga koʻpayishi. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxining 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 35 026 045 mln soʻm ya’ni 53 % ga koʻpayishi, shuningdek, 2018-yilda 2017-yilga nisbatn 33 715 388 mln soʻm ya’ni 33 % ga koʻpayishi yalpi foydaning 2018-yilda 8 % ga koʻpayishiga olib kelg 13-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning yalpi foydasi va uning dinamikasi “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda mahsulot sotishdan kelgan yalpi foyda 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 5 002 078 mln soʻm ya’ni 36 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 1 450 464 mln soʻm ya’ni 8 %ga koʻpaygan. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda qatoriga korxonaing asosiy ishlab chiqarish faoliyatining maxsulot ishlab chiqarish va sotishdan tashqari faoliyatidan olinadigan foydasi kiritiladi. Ular boʻyicha xarajatlar va daromadlar qatori aloxida tarkiblangan holda umumiy summada moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga tushurilishi belgilanadi. Bunda operatsion jarayonlardan olingan daromadlar ular boʻyicha xarajatlar olingan daromadlar ular boʻyicha xarajatlar qiymatiga farqlangan holda hisobotga foyda yoki zarar qatoriga tushuriladi. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va xarajatlar taxlilida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tashqari, faoliyatlardan olingan daromad va yoʻqotishlarni taxlil etiladi. Quyida keltirilgan 17-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining yalpi foydasi va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar dinamikasi keltirilgan.
17-jadval “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda (operatsion foyda) hajmining tahlili ,mln soʻm*
*Manba:“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yillar Yuqorida keltirilgan 17-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, korxonaning asosiy faoliyatidan foydasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 283 205 mln soʻm ya’ni 41.5 % ga koʻpaygan, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 1357 554 mln soʻm ya’ni 2.4 barobarga oshgan. Bunga esa oʻz navbatida tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foydaning 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 5 002 078 mln soʻm ya’ni 36.4 % ga koʻpayganligi, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 1 450 464 mln soʻm ya’ni 7.7 % ga koʻpayganligi oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Davr xarajatlarining 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 4 931 518 mln soʻm ya’ni 35.2 %ga koʻpaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 1 605 921 mln soʻm ya’ni 8.4% ga oshgan. Asosiy faoliyatning boshqa operatsion daromadlari 2017-yilda 2016-yilga nisbatn 21.6% ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 2.2 barobarga oshganligi asosiy faoliyatidan foydaning oshishiga taʼsir oʻtkazgan. 14-rasm. «Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir» UKning asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda (operatsion foyda) hajmining tahlili. Download 118.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling