Korxona harajatlari ularning tarkibi va


Download 351.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana01.04.2023
Hajmi351.13 Kb.
#1318804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona harajatlari ularning tarkibi va turlari



KORXONA HARAJATLARI ULARNING TARKIBI VA 
TURLARI
 
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
2. Xarajatlarning tasniflanishi 
3. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari
4. Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va 
omillari 
 
 


1. 
Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati 
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun 
muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha 
oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 
2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) 
favqulotda zararlarni oladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda 
qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning 
sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi 
qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan 
tashkil topadi: 
Ishlab chiqarish xarajatlari: 
 – mahsulot tannarxi: 
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari: 

mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan 
materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot 
qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k); 

ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar; 

tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k); 

energiya va yoqilg’ining hamma turlari; 

materiallarning tabiiy kamayishi. 
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar: 

bajarilgan ishlar uchun to’lovlar; 

qo’shimcha to’lovlar; 



ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar. 
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: 

ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar

nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa 
ixtiyoriy to’lovlar. 
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi: 

asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. 
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar: 

ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar; 

ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash; 

asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari; 

o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar; 

ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi. 

Download 351.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling