Korxona harajatlari ularning tarkibi va


Download 351.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana01.04.2023
Hajmi351.13 Kb.
#1318804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona harajatlari ularning tarkibi va turlari

-davr xarajatlari: 
Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar: 

tovarlarni tashish xarajatlari

savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari; 
Ma’muriy xarajatlar: 

boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari; 

ularga sug’urta ajratmalari

xizmat avtomobillarini asrash; 

boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash 
markazi va h.k. 

boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi; 

xizmat safari xarajatlari. 
Boshqa operasion xarajatlar: 



kadrlar tayyorlash; 

qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish; 

maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati 
to’lovlari va h.k. 
-moliyaviy faoliyat xarajatlari: 

banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar; 

uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar; 

valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar; 

korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish 
xarajatlari. 
-favqulodda zararlar: 

bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot 
tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar 
kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi 
hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. 
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisobla-
nadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas. 
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik 
xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik 
xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi 
ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt 
bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan 
bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. 
Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish 


omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga 
mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi 
materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan 
foydalanish 
darajasining 
oshirilishi, 
brak, 
bekor 
turishlarning 
kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi. 
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari 
oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish 
uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini 
pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon 
yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: 
1. Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi); 
2. Yordamchi va boshqa materiallar; 
3. Yoqilgi; 
4. Energiya; 
5. Asosiy va qo’shimcha ish haqi; 
6. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 
7. Asosiy fondlar amortizasiyasi; 
8. Boshqa pul xarajatlari. 
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar 
kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul 
xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal 
amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, 
xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga 
yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar). 


Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha 
klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. 
Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot 
tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan 
o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy 
xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. 
Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish bilan 
bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, 
kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi. 
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan 
va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar 
mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). 
SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab 
o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu 
xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi. 
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab 
xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar 
ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo 
yoki asosiy materiallar). 
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda 
qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional 
ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha 
xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil 


mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha 
mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan 
biri o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot 
bo’lishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr 
(bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, 
konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham lekin iste’mol xususiyati 
o’zgarmagan mahsulotlar kiradi. 

Download 351.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling