Korxona iqtisodiyoti 4-g guruh talabalari: Alimboyev Jahongir Olimov Zafar Olloyorova Kumushoy


Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir


Download 1.44 Mb.
bet2/3
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693588
1   2   3
Bog'liq
krxn qtsdyt

Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi
holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs
maqomidagi sho‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va
boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga
asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik
idorasi, mehnat jamoasi yoki ta’sischilar guruhining qarori bo‘yicha
belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan
vakillik idorasining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona
tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy bo‘linmalarni, ushbu
bo‘linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish
natijasida ham tashkil topishi mumkin.

Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar

Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar

ko‘zlanadi:


. • ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va
shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
• ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslarni jalb qilish;
• iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
• fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
• yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik
korxona (o‘rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki
shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi
asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga
asosan faoliyat yuritish hollari mavjud.
Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy
maqomini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Nizomda shuningdek,
• korxona faoliyat ko‘rsatuvchi soha va tarmoq;
• atrof-muhit va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish kafolati;
• boshqaruv shakli;
• hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim.
Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bo‘lib, unda:
• korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
• nomi va manzilgohi;
• Nizom jamg‘armasining miqdori;
• daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona
fondlarini tashkil qilish tartibi;
• korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko‘rsatilishi shart.
Korxonaning (huquqiy shaxsning)
ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa ta’sischi
(ta’sischilar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan
huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida
faoliyat yuritadi.
Ta’sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi
faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Ta’sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va
majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil
ta’sis hujjatlari belgilab berilgan:
-korxona nizomi
-ta’sis shartnomasi
Korxona to‘g‘ri va to‘liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy
hokimiyat idoralarida ro‘yxatga olinadi, keyin esa o‘z muhriga ega
bo‘lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘z
muhri va hisob raqamiga ega bo‘lmagan korxona, huquqiy shaxs
hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.
Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda
yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U
shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to‘ldiruvchi
hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Ta’sis shartnomasida
• korxonani tashkil qilish tartibi;
• daromad va xarajatlarni qatnashchilar o‘rtasida taqsimlash
shartlari;
• ishtirokchilarni (ta’sischilar) korxona tarkibidan chiqish faoliyat
tartibi belgilab qo‘yiladi.
To‘liq o‘rtoqchilik korxonalarining
daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, ishtirokchilar o‘rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga
mos ravishda taqsimlanadi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va
Ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. “Korxonalar
to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi:
• ta’sischilarning pul va moddiy ko‘rinishdagi badallari;
• mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan
olingan daromadlar;
• qimmatbaho qog‘ozlardan olingan daromadlar;
Ta’sis shartnomasi asosida ko‘pincha kichik korxonalar, xo‘jalik
o‘rtoqliklari va shu kabi subyektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o‘rtoqlik
yoki korxonaning ta’sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha
ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko‘pchilik ovoz
bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Biroq
ta’sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi
ham ko‘rsatib o‘tilishi mumkin.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling