Korxona iqtisodiyoti 4-g guruh talabalari: Alimboyev Jahongir Olimov Zafar Olloyorova Kumushoy
Download 1.44 Mb.
|
krxn qtsdyt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Thank you for your attention)
Korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha davlat idoralarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 10 kun mobaynida Moliya vazirligiga yagona davlat restriga kiritish uchun taqdim etishlari shart.Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror, korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriluvchi ro‘yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Korxonani davlat tomonidan ro‘yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim. Korxonalarni ro‘yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonani ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 1. Korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza. 2. Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror. 3. Korxona Nizomi. 4. Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan Nizom jamg‘armasining kamida 50% miqdoridagi qismi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar. 5. Davlat bojini to‘laganlik haqida guvohnoma. 6. Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini tasdiqlovchi hujjat. 7. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash qo‘mitasi yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat. Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko‘rish va to‘lov qobiliyatining yo‘qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: • ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ga bo‘lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo‘qolishi; • ishlab chiqarishning zarar keltirishi; • ishlab chiqarishning atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi; • korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi. Thank you for your attention)Thank you for your attention)Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling