Korxona iqtisodiyoti fanidan


«Korxona iqtisodiyoti» fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 139.76 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi139.76 Kb.
#1510260
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti fanidan

«Korxona iqtisodiyoti» fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va boshqa fanlar bilan aloqasi
«Korxona iqtisodiyoti» xuddi boshqa fanlar kabi birinchi o’rinda o’rganish funktsiyasini bajaradi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy-texnika resurslarini sarf qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to’lash va rag’batlantirishning boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar miqdori va bahoni shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va jarayonlarni o’rganishi va izohlashi mo’ljallangan.
Bunda gap qandaydir omillarni oddiy tarzda konstatatsiya qilish haqidagina emas, balki korxonalar iqtisodiy hayotining mohiyatini anglash, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo’llarini tanlash, baholash va tahlil qilish, eng muhim iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va modellashtirish haqida ham boradi. Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti - bu kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’lib, ular turli mulk shakliga ega bo’ladi hamda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida tashkil qilinadi.
Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og’irligi aynan korxonalar “elkasi” ga yuklatilmoqda. Korxona iqtisodiyotning bir bo’g’ini bo’lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menedjment qo’llanib, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko’rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad(foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Fanning predmeti bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishini, shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati samaradorligini reurslardan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo’llarini aniqlash bilan ifodalanadi.
Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
* bozor munosabatlarida korxonaning roli, o’rni va xatti-harakatlari hamda davlat idoralari bilan o’zaro aloqalari;
* korxonaning tashkiliy strukturasi va boshqaruv mexanizmi;
* ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish;
* korxonaning innovatsion va investitsion faoliyati;
* resurs korxonaning salohiyati va resurslardan foydalanish;
* ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash va tahlil qilish;
* korxonaning tijorat sirlari va iqtisodiy xavfsizligi.
Yuqoridagi va boshqa savollar o’zgaruvchanlik dinamika asosida o’rganilib, zamonaviy korxonalarni boshqarishning turli shakl va usullari vujudga kelishi va yo’qolib ketishining tarixiy sabablari aniqlanadi. Bunday muayyan tarixiy yondashuv ushbu fanni o’rganishning muhim metodologik holatlaridan biri hisoblanadi.
Fanning maqsadi ta’lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o’rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari (masalalari) bo’yicha qaror qabul qilish ko’nikmalarini singdirishdadir. Yanayam aniqroq aytadigan bo’lsak, gap bo’lajak mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonaning xarajat va daromadlari qanday yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud bo’lgan yo’llarni topish haqida bormoqda.
Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, istalgan bilimlar doimo to’ldirib va mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda korxonalar hayotida vujudga keluvchi turli xil vazifalarni hal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap shundaki, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo’shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishlarini talab qiladi. Shu sababli olingan axborotlar, o’rganilgan formula, atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to’ldirib, fan va xo’jalik amaliyotining so’nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar faqat shu asosdagina amaliyotda qo’llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi mumkin.
«Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makroiqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti», «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Logistika» bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o’rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to’lashning asoslari ishlab chiqiladi.
«Korxona iqtisodiyoti» korxonalar faoliyati va butun xalq xo’jaligi rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan ajralmagan holda o’rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan «Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog’liq.
Gap shundaki, korxonalar hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o’rganishning iloji yo’q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o’zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o’rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas.
Mazkur fanning “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro aloqasini alohida ko’rsatib o’tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko’pchiligi ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o’z sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo’lmoqda.
Shu sababli korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishning o’zi kamlik qilib, bo’lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va uning xalq xo’jaligida o’z o’rnini topishini shakllantiruvchi boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi.
Iqtisоdiyot fаnlаri vа аmаliyot хo’jаlikni оqilоnа sаmаrаli bоshqаrish uchun ungа mоs хo’jаlik yuritish mехаnizmini ishlаb chiqqаn. Ungа mоs iqtisоdiy dаstаklаr (bаhо, sоliq, fоydа, krеdit, ish hаkd kаbilаr), kategoriyalаr, ko’rsаtkichlаr, usullаrni (iqtisоdiy yoki mа’muriy usullаr, rеjаlаr, nоrmаllаshtirish kаbilаr) хo’jаlik yurituvchilаr o’z mаqsаdlаrigа muvоfiq bоshqаruv jаrаyonlаridа ishlаtаdilаr.
Kоrхоnа iqtisоdiyoti fаni Yuqorida kеltirilgаnlаrni mаzmuni vа mohiyatini оchib bеrаdi, ulаrni хo’jаlikni bоshqаrish uchun ishlаtish shаkl vа usullаrini o’rgаtаdi. Kоrхоnа faoliyatidа jamiyatning rivоjlаnish iqtisоdiy qоnunlаrini ko’rinshi shаkllаri o’z аksini tоpаdi. “Hаmmаmiz yaxshi bilаmizki, bizgа sоbiq sоvеt tizimidаn bir tоmоnlаmа rivоjlаngаn, fаqаt хоmаshyo еtishtirishgа yunаltirilgаn, pахtа yakkahоkimligi hаlоkаtli dаrаjаdа аvjigа chiqqаn, ishlаb chiqаrish vа sоtsiаl infrаtuzilmаsi o’tа qоlоq, аhоli jоn bоshigа isе’mоl ko’rsаtkichi eng pаst bo’lgаn iqtisоdiyot mеrоs bo’lib qоlgаn edi.”
Nisbatan barqaror va bozor kon'yunkturasi o’zgarishlariga tеz moslashuvchan, yangi ish o’rinlari yaratish imkonini bеradigan kichik biznеsni jadal rivojlantirish masalasini hal etish bizning sharoitimizda hamon muhim ahamiyatga molik masala bo’lib qolmoqda.
Shunday ekаn kоrхоnаni bоshqаrish аsоsidа iqtisоdiy qоnunlаr tаlаblаri sub’еktiv hоldа ko’rа bilish va ungа аsоsаn qаrоrlаr qаbul qilish zаrur bo’lаdi. Mаsаlаn: iqtisоdiy qоnunlаrdаn biri mеhnаt unumdоrligini ish hаkdgа nisbаtаn tеzrоq o’sishidir. Bu qоnunning tаlаbi buzilsа pul muоmаlаsini muvоzаnаti buzilishigа оlib kеlishi, оrtiqchа pul vujudgа kеlishi, tоvаrlаr dеfitsiti pаydо bo’lishi kаbi hоdisаlаr vujudgа kelishi muqаrrаrdir.
«Kоrхоnа iqtisоdiyoti» - аhоli vа хаlq хo’jаligi uchun zаrur bo’lgаn mаhsulоt ishlаb chiqаrish, ish bаjаrish vа хizmаt ko’rsаtishning ijtimоiyiqtisоdiy vа mа’muriy-хo’jаlik mехаnizmlаrini o’rgаnuvchi vа оchib bеruvchi fаndir. U tаbiаt vа jamiyatning muayyan ishlаb chiqаrish shаrоitlаridа rivоjlаnishining оb’еktiv qоnunlаri nаmоyon bo’lishi vа аmаl qilishigа, Shuningdek, kоrхоnаlаr faoliyatigа bеvоsitа vа bilvоsitа tа’sir ko’rsаtuvchi dаvlаt miqyosidа qаbul qilinuvchi qоidа, nоrmаtiv vа qоnun hujjаtlаrigа tayanadi. Iqtisоdiyot – bu оdаmlаr jamiyati, muayyan, chеklаngаn rеsurslаrdаn fоydаlаnib, kеrаkli mаhsulоt yoki хizmаtlаrni ishlаb chiqish, оdаmlаr guruhlаri o’rtаsidа tаqsimоtigа аytilаdi.
Kоrхоnа iqtisоdiyoti - qаndаy yuqorida kеltirilgаn vаzifа аyrim kоrхоnа chеgаrisidа hаl etilishi hаqidаgi fаn. «Kоrхоnа iqtisоdiyoti» «Iqtisоdiyot» fаnining tаrkibiy qismi bo’lsаdа, mustаqil bilimlаr sоhаsi hisоblаnаdi.

Download 139.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling