Korxona iqtisodiyoti


 Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar


Download 205.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.10.2023
Hajmi205.63 Kb.
#1690838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni

2. Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar. 
2023-yil 30-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining IX bob 41-moddasida har bir shaxs mulkdor 
bo‘lishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. XII bobning 65-moddasida esa “Fuqarolar 
farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol 
raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini 
hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini 
kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi 
va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. 
Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari 
hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas” – deb 
ta’kidlangan. Ushbu bobning 66-moddasida mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik 
qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari 
ushbu moddada mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, 
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi ta’kidlab o‘tilgan.


1991-yil 
15-fevraldagi 
O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar 
to‘g‘risida”gi qonuni binoan mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni 
barpo etish, ularning faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning umumiy va 
huquqiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari belgilab berilgan edi.
Qonun korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning 
huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat 
hokimiyati, boshqaruv idoralari bilan olib boradigan munosabatlarini tartibga soladi. 
Shuningdek, qonunda korxona ta’rifi, turlari, vazifalari, korxonani barpo etish va uni 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, korxonani boshqarish, korxona xo‘jalik faoliyatining 
asoslari, korxonaning ijtimoiy kafolatlari, korxona huquqlari, korxonani tugatish va 
qayta tashkil etish shartlari belgilab berilgan edi. 
Ushbu qonun 2000-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini 
o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra 2001-yil 20-
yanvardan o‘z kuchuni yo‘qotgan. 
Korxonalar faoliyatining ayrim masalalarini tartibga soluvchi ko‘p sonli 
me’yoriy hujjatlar mavjud. Ularni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 
• birinchi guruh ichki munosabatlarni tartibga soladi, tadbirkorlik subyekti 
institutlari, boshqaruv, mehnatni tashkil etish; 
• ikkinchi guruh vertikal munosabatlarni tartibga soladi - tadbirkorlik subyektlari 
davlat va mahalliy boshqaruv organlari bilan, shu jumladan qonun chiqaruvchi 
(vakillik) va ijro etuvchi subyektlarining davlat organlari; 
• uchinchi guruh diagonal - subyektlar bo‘ylab munosabatlarni aniqlaydi, banklar va 
boshqa kredit tashkilotlari; 
• to‘rtinchi guruh munosabatlarni gorizontal tartibga soladi – xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar iqtisodiy faoliyatdagi sheriklari bilan, shu jumladan yetkazib beruvchilar, 
xaridorlar, tashuvchilar va boshqalar. 
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan eng 
asosiysi – korxona Nizomidir. Qonunda ta’qiqlanmagan faoliyat turi bilan 
shug‘ullanuvchi har qanday korxona Nizom asosida ish olib boradi. Nizom 
korxonaning ta’sis etuvchilari tomonidan ta’sis yig‘ilishida muhokama qilinadi va 
tasdiqlanadi. Korxona Nizomida korxonaning nomi, manzili, ta’sischilari, faoliyati, 
uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini 
tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil qilish va uning 
faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilab qo‘yiladi. Korxonaning Nizomi tarkibi 1- 
chizmada keltirilgan: 



Download 205.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling