Korxona iqtisodiyoti
Download 205.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI Bilim sohasi
- Termiz – 2023 2-MAVZU: KORXONALAR FAOLIYATINING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
- Tayanch iboralar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN “KORXONALAR FAOLIYATINING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI Bilim sohasi: 200000 - Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi: 230000 - Iqtisod va biznes Ta’lim yo‘nalishi: 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Termiz – 2023 2-MAVZU: KORXONALAR FAOLIYATINING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI Reja: 1. O’zbekiston Respublikasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi. 2. Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar. 3. Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish yo’llari. Tayanch iboralar: me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari, qonunosti hujjatlari, korxona Nizomi. 1. O’zbekiston Respublikasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi. Korxonalar faoliyati turli xil me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu me’yoriy hujjatlar uni chiqargan hokimiyat darajasi va turiga ko'ra farqlanadi. Me’yoriy hujjatni qaysi organ qabul qilganiga qarab, uning yuridik kuchi aniqlanadi. 2021-yil 20-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuniga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasida normativ- huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat: - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; - O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; - vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; - mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha vakolatlar berilgan bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar tarzidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Download 205.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling