Korxona iqtisodiyoti


-Mavzu: KORXONANI BOSHQARISH


Download 213.68 Kb.
bet5/20
Sana02.06.2024
Hajmi213.68 Kb.
#1834392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

4-Mavzu: KORXONANI BOSHQARISH

Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko‘rsatkichi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi.


Bundan kelib chiqqan holda boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining obyektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda ta'sir o‘tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne'matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste'mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi.


Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo‘lib tasniflashimiz mumkin:





  • amalga oshirish muddatiga ko‘ra - joriy va istiqbolli;

  • ahamiyat darajasiga ko‘ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);

  • boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra - xususiy va umumiy;




  • natijaga erishish darajasiga ko‘ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.



Boshqaruv qarori - boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘g‘indir. Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko‘p jihatdan qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir.

Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi:





  • kompetentlik va mas'uliyat bo‘yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari;






1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling