Korxona iqtisodiyoti


Download 213.68 Kb.
bet6/20
Sana02.06.2024
Hajmi213.68 Kb.
#1834392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

xarakteri bo‘yicha - operativ-taqsimlovchi, xo‘jalik-rahbarlik va me'yoriy boshqaruv qarorlari;










  • ta'sir ko‘rsatish miqyosi bo‘yicha- xususiy va umumiy (majmuaviy);




  • ta'sir ko‘rsatish davri bo‘yicha- bir martalik va ko‘p martalik.



Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil bo‘lim, xizmat va bo‘linmalar tarkibi, o‘zaro munosabatlari va bir-biriga bo‘ysunishini tushunish lozim.

Boshqaruv elementlari va bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy bo‘linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo‘ysinuvchanligiga ko‘ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:



  • chiziqli;

  • funksional;

  • aralash (chiziqli-funksional);




  • matritsali.



Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, unga ko‘ra boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo‘ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi.


Boshqaruvning funksional tuzilmasi uchun boshqaruv va obyekt funksiyalari bo‘yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilish ish art bo‘lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog‘onasiga yoki bevosita ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga yetkazib beradi.

Boshqaruvning funksional tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o‘tadi. Bunday sintez chiziqli yoki funksional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli-funksional tuzilmasini samaraliroq bo‘lishi va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu holda boshqaruv ham chiziqli, ham funksional rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi.





Download 213.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling