«korxona iqtisodiyoti va menejmenti» fani 13-ma’ruza. Boshqaruv kadrlarni tashkil qilish jarayoni. Zamonaviy menejerning portreti
Download 14.11 Kb.
|
13 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvning
«KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI» FANI 13-ma’ruza. Boshqaruv kadrlarni tashkil qilish jarayoni. Zamonaviy menejerning portreti 1
2
3
4
REJA: Замонавий, оқилона бошқарув тизимини жорий этиш – олдимизга қўйган вазифаларни бажаришнинг асосий шартидир. Биз фуқаролар билдирган фикр-мулоҳаза ва таклифларни инобатга олиб, давлат бошқарув тизимини ислоҳ қилишимиз, илғор давлат менежменти ва “ақлли” бошқарув принципларига босқичма-босқич ўтишимиз лозим. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqi. “Xalq so‘zi”, 2018 yil 28 dekbr. Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga “Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati“, - deb ta’rif bergan. Boshqaruv – bu alohida funksiya bo’lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning hududlari milliy iqtisod va uning tarmoqlari, korxona va uning bo’limlari) da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir. Boshqaruv – bu tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyoqni uyg’otish (motivasiya) va nazorat qilish bo’yicha faoliyat turi jarayonidir. Boshqaruv – bu shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq yoki to’da) samarali va aniq maqsadga yo’naltirilgan unumli (barakali) guruhga aylantiriladi. Boshqaruv – bu ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir ko’rsatishni o’zida ifoda etgan ijtimoiy faoliyatning bir turidir. Boshqaruv – bu muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq obyektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga yo’naltirilgan tadbirlar majmuasidir. Shuningdek, mashhur fransuz olimi Anri Fayol ham boshqaruvga quyidagicha ta’rif beradi: “Boshqaruv – bu korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal (eng ko’p – A.O.) foyda olgan holda uni maqsad sari yetaklash faoliyatidir“. Iqtisodiyotda boshqarishning eng muhim muammolari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
Sanoat va uning barcha tarmoqlarini boshqarishda xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalaridan keng miqyosda foydalanish. Boshqaruv ilmi (menejment)da boshqaruvning ikki xil tushunchasi mavjud bo’lib, ularning birini boshqaruvning subyekti va ikkinchisini boshqaruvning obyekti tashkil etadi. Boshqaruv subyekti – bu jismoniy yoki yuridik shaxslar bo’lib, undan amaldagi qonunlar asosida hokimiyat idoralari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq huquqiy ta’sir yuzaga keladi. Boshqaruv obyekti – bu boshqaruv subyektining huquqiy ta’siri qaratilgan narsadir. Bunga ishlab chiqarish va xo’jalik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jismoniy va yuridik shaxslar kirishi mumkin. Boshqaruv jarayoni qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar, siklli (davriy) va ayni vaqtda uzluksiz hisoblanadi. Boshqaruv davri maqsadning aniqlanishidan unga erishilgungacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Demak, uning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: maqsadni shakllantirish (belgilash); maqsadni rejalashtirish va bashorat qilish; qabul qilingan qarorlar yoki maqsadli vazifalarni muvofiqlashtirish; erishilgan natijalarni tahlil etish va baholash; yangi boshqaruvli tizimni tanlab olish va aniqlash. Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat: Kelajakni aniq ko’rmoq (istiqbolni to’g’ri bashorat qilish va unga monand bo’lgan faoliyat dasturini tuzish); Tashkillashtirmoq (sanoatning ichki, moddiy va ijtimoiy tuzilmasini barpo etish); Personalni idora qilmoq (sanoat ishlab chiqarish xodimlarini harakatga keltirish); Kelishish (harakat va tirishqoqlikni bir biri bilan uyg’unlashtirish); Nazorat qilish va kuzatish (joriy etilgan va berilgan buyruq asosida harakatning, ya’ni faoliyatning qanday tarzda bo’layotganini mushohada qilish). berilgan topshiriqlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash. boshqarishga oid qaror va qoidalarni ishlab chiqish va ularni boshqaruvchiga yetkazish; obyektning har xil holatini taxmin qilish va muayyan vaziyatdagi eng yaxshi holatini belgilash; boshqariladigan obyektning holati ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish; Boshqaruv jarayoni odatda quyidagicha amalga oshiriladi:
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: tashkiliy-ma’muriy usullar; iqtisodiy usullar; ijtimoiy-ruhiy usullar; tarbiyaviy usullar; huquqiy usullar va h.k. Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda ham bir qator umumfalsafiy usullarni qo’llash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida quyidagi usullardan ham keng foydalaniladi:
Президент, Вазирлар Махкамаси раиси Бош вазир Бош вазирнинг биринчи ыринбосари Бош вазир ыринбосарлари Президент, Вазирлар Мащкамаси раиси Ызбёкистон Республикаси-даги Марказий функционал идоралар Ызбёкистон Республикаси-даги Марказий функционал идоралар Кора калпогистон Республикаси Вазирлар Кенгаши раиси, вазирлари, давлат кумитаси раислари Ызбекистон Республикасининг
sanoat ishlab chiqarishiga rahbarlik qilishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
Bozor islohotlari bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirilishini inobatga olgan holda boshqaruv tizimini ham bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni ta’minlash. Boshqaruvning sifat jihatlari, samaradorligi juda ko’p omillarga bog’liq: davlat va nodavlat idoralarining rahbarlarini to’g’ri belgilashga; tegishli qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga; kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalashga; nazoratni tashkil etishga; idora xodimlari mehnatining texnik jihatdan qurollanishiga. Download 14.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling