Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari Re’ja
Download 43.9 Kb.
|
Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublar 3Korxonal-fayllar.org
Menejment funksiyalari
1. Marketing - bu inson ehtiyoji va talablarini ta’minlash va foyda olish maqsadida bozor bilan amalga oshadigan, tovarlar sotilishini ta’minlash, ayirboshlashni tezlashtirishga qaratilgan faoliyat. 2. Rejalashtirish - bu ijodiy loyixalashtirish istiqbolini, iqtisodiy sistemani belgilash. Rejalashtirish barcha xo’jalik sub’ektlari strategiyasida o’z aksini topadi. 3. Tashkil etish - bu texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqarish sistemalarini tartibga keltirish. Menejmentni tashkil etish, avvalo, eng maqbul tashkiliy tuzilmalar qurish, moddiy, mexnat, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, boshqarish tizimlari orasidagi munosabatlarni tartibga solish. 4. Muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o’zaro aloqa o’rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogoxlantiriladi. 5. Rag’batlantirish - bu inson omilini keng demokratik asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g’amxo’rlik qilishni boshqarish; 6. Hisob va nazorat - bu boshqariluvchi sistema holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish. Agar boshqariluvchi ob’ekt o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish Respublikamizda iqtisodiyotni tarkibini tubdan o’zgartirilishiga olib keldi. Mulk shakllari, iqtisodiyotni tarkibi tubdan o’zgardi. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan «Xalq xo’jaligi balansi» hisobot va statistika ko’rsatkichlar tizimi talabga javob bermay qoldi. Shu sababli, 1993 yil 28 sentabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIII-sessiyasida «Davlat statistikasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda respublika statistika organlarini huquqlari, vazifalari, mas’uliyatlari belgilangan. Ushbu qonunga binoan O’zbekiston Respublikasi jahonning 150-dan ortiq mamlakatlarida ishlatilayotgan «Milliy hisobot tizimi»ga o’tdi. «Milliy hisobot tizimi» - yaxlit jamlama iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar to’plami bo’lib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, yalpi milliy daromadni yaratish, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini o’zida mujassamlashtirgan hisobot va statistika tizimidir. Bunda ishlab chiqarish bilan bir xil uslubda xizmat ham milliy daromad yaratishda hisobga olinadi va o’lchanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining mazmun-mohiyati quyidagi mavzular orqali o’rganiladi: • fanining predmeti va vazifalari; • korxona - mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti; • korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati; • korxonaning aylanma mablag’lari va investitsion faoliyati; • korxona mehnat resurslari va mehnat haqi tizimi; • mahsulot (ish, xizmat) tannarxi, foydasi va rentabelligi; • korxonaning biznes-rejasi; • korxona xavfsizligi va tijorat siri; • menejmentning tashkiliy tuzilmalari; • menejment usullari, rahbarlik va uning madaniyati; • boshqaruv qarorini ishlab chiqish va qabul qilish bosqichlari; • strategik rejalashtirish va uni amalga oshirish; • ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish usullari; • boshqaruvda vakolat, mas’uliyat, nazorat va samaradorlik. Тayanch iboralar: Menejment, menejer, biznes, konsepsiya, tashkilot, tadbirkor, rahbar, ishbilarmon, bozor munosabatlari, jamiyat, iqtisod, fan, moddiy borliq, ob ’ekt, korxona, predmet, madaniyat, hodisa, jarayon, iqtisodiy reallik, xo’jalik mexanizmi, usul, usul, dialektika, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, kuzatish, eksperiment, tizimli tahlil, modellashtirish, ekstropolyatsiya, interpolyatsiya, axborot, ko ’rsatkich. http://fayllar.org Download 43.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling