Korxona ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi
Download 68.67 Kb.
|
Korxonaning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy samaradorlik
- Manbalari bo‘yicha tasniflash
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy samara material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor, vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish vaqtining zoye ketishini kamaytirish, mablag‘lar oborotini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o‘stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligi U mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo‘yicha xarajatlarning o‘sishi bilan tavsiflanadi Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori. Manbalari bo‘yicha tasniflash mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi hamda kapital mablag‘ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Asosiy yo‘llari ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik - iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish; ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlash-tirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish; boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish; inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish. Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g‘ayrati, jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning kudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. Download 68.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling