Korxona –kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasi
Download 31.82 Kb.
|
2-Mavzu Korxona –kimyo va oziq-ovqat sanoatining asosiy bo’g’in
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 1. Korxonalar va ularning vazifalari Korxona
Korxona –kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasi R E J A 2.1. Korxonalar va ularning vazifalari. 2.2. Korxonalarni ta'sis etish va ruyxatga olish tartibi. 2.3. Korxona mulki. 2.4. Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish. Adabiyotlar: 1, 4, 5, 6, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 20. Tayanch so’z va iboralar: Korxona va uning turlari. Korxonaning asosiy vazifalari. Korxonani ta'sis etish va ruyxatga olish tartibi. Korxona mulki. Korxona xo’jalik mexanizmini shakllanishi. 2. 1. Korxonalar va ularning vazifalari Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mehnat jamoasi tomonidan mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi . Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farqlanadi: fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona; jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi; davlat mulkiga asoslangan korxona. Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta'sischilar uyushmasiga asoslangan kushma korxona ham tashkil etiladi. Kushma korxona ta'sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar ham krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog’liq holda korxonalar yirik, urta va kichik bulishi mumkin. Kichik korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari qonun tomonidan belgilab quyiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari ham mavjud. Korxonalar kungilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba'zi ishlab chiqarish, xo’jalik vazifalarini markazlashgan holda bajarish topshiriladi. Korxonalar xalq xujaligining sanoat, qishloq xujaligi, kurilish, transport, aloqa, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta'minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaqtning o’zida bir necha hil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling