- Kadrlarni boshqarish xizmati funktsiyalari
- Har bir korxona faoliyatiga bog’liq. Shunday bo’lsa-da, odatda ularning funktsiyali tuzilmasi quyidagicha bo’ladi: Bu tuzilmada kadrlar bo’limi: personalni yollash va tanlash, shu jumladan, ularni test sinovidan o’tkazish; yangi xodimlarni xizmat vazifasiga joylashtirish; xizmatni o’tash va xizmat vazifasida ko’tarilishini rejalash; faoliyatni baxrlash; kasbga yo’naltirish; ishdan bo’shayotganlar bilan suhbat o’tkazish funktsiyalarini bajaradi.
- Ish haqi bo’limi: xizmat vazifalarini tahlil etish; ishlar tasnifi va ularni tariflash; haqto’lash va mukofotlash tizimini ishlab chiqish; tarif stavkalari va shaxsiy haq to’lash me’yorlarini qayta ko’rib chiqish bilan shug’ullanadi. Mehnat munosabatlari bo’limi: jamoa shartnomalarida ishtirok etadi va kelishilgan siyosatni faol o’tkazadi; mehnat shartnomalarida belgilangan asosda shikoyatlar bilan ishlaydi, barcha bahslarni hal etadi; firma ma’muriyati va xodimlar o’rtasida shaxsiy va guruhiy aloqalar va munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashadi;
Transmilliy kompaniya va firmalarning menejerlari, masalan, Fransiyada kadr qattiq nazoratning har qanday ko’rinishlariga juda faol qarshilik ko’rsatishlarini bilishlari shart. Kadrlarni boshqarishning Gollandiya modeli esa ko’p jihatdan murosasozlik tamoyiliga asoslangan. Ushbu tamoyil birgaliqdagi faoliyat davomida jamoa bo’lib bir qarorga kelishga ko’maklashadigan ko’pdan-ko’p tarkibiy tuzilmalar orqali amalga oshiriladi. - Transmilliy kompaniya va firmalarning menejerlari, masalan, Fransiyada kadr qattiq nazoratning har qanday ko’rinishlariga juda faol qarshilik ko’rsatishlarini bilishlari shart. Kadrlarni boshqarishning Gollandiya modeli esa ko’p jihatdan murosasozlik tamoyiliga asoslangan. Ushbu tamoyil birgaliqdagi faoliyat davomida jamoa bo’lib bir qarorga kelishga ko’maklashadigan ko’pdan-ko’p tarkibiy tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |