Korxona pul oqimlarini boshqarish


Korxona pul oqimlarini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari


Download 116.35 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi116.35 Kb.
#1589684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu ma\'ruza

Korxona pul oqimlarini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari



1

Oʻtgan davrlar boʻyicha korxona pul oqimlari tahlil qilish

2

Korxona pul oqimlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish

3

Korxona pul oqimlarini boshqarish siyosati tipini asoslash

4

Tanlangan siyosatni amalga oshirishni ta’minlovchi pul oqimlarini optimallashtirish yoʻnalishlari va metodlarini tanlash

5

Faoliyat turlari va shakllari boʻyicha korxona pul oqimlarini rejalashtirish

6

Korxona pul oqimlarini boshqarishning tanlangan siyosatini amalga oshirishning samarali nazoratini ta’minlash



Korxonalarda pul oqimlarini boshqarishning eng muhim va murakkab bosqichlaridan biri ularni optimallashtirish hisoblanadi.
Pul oqimlarini optimalashtirish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish shart-sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda korxonada pul mablagʻlari harakatini tashkil etishning eng qulay shakllarini tanlash jarayonini oʻzida aks ettiradi.
Korxona pul oqimlarini optimallashtirishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi (5-rasm):

5-rasm. Korxona pul oqimlarini optimallashtirishning asosiy yoʻnalishlari
Pul oqimlarini optimallashtirishda korxona pul oqimlari miqdorlarini balanslashtirish yoʻnalishi musbat va manfiy pul oqimlari miqdorlarining zaruriy proporsionalligini ta’minlashga qaratiladi. Pul oqimlarini vaqt boʻyicha sinxronlashtirish yoʻnalishi esa toʻlovga qobiliyatlilikni zaruriy darajada ta’minlashga yoʻnaltiriladi. Sof pul oqimlarini maksimallashtirish bevosita oldingi ikkita yoʻnalishning natijasini oʻzida aks ettirgan holda eng muhim yoʻnalish va asosiy maqsad hisoblanadi. Chunki sof pul oqimlarining oʻsishi oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipidan kelib chiqqan holda korxona iqtisodiy rivojlanish sur’atlari oshib borishini, moliyaviy resurslarni shakllantirishning tashqi manbalariga bogʻliqlikning pasayishini, korxona bozor qiymatining muntazam oʻsib borishini ta’minlaydi. Sof pul oqimi koʻrsatkichi rivojlangan davlatlardagi kompaniyalarda moliyaviy holatni tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Oldinda turgan yil boʻyicha oylar kesimida ishlab chiqilgan pul mablagʻlari tumlari va sarflanishi rejasi korxona pul oqimlarini boshqarishda umumiy asos vazifasini bajaradi. Shu bilan birgalikda pul oqimlarining yuqori darajadagi dinamikasi, ularning qisqa muddatli ta’sir kuchiga ega boʻlgan koʻplab omillarga bogʻliqligi korxona pul mablagʻlari tushumlari va sarf-xarajatlarini kudalik boshqarish imkonini beruvchi ichki rejaviy moliyaviy hujjat ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Bunday rejaviy hujjat toʻlov kalendarlari hisoblanadi.
“Toʻlov kalendari” atamasi “kassaviy byudjet”, “pul mablagʻlari tushumlari va sarflarining joriy byudjeti” va boshqa shu kabi oʻxshash atamalar bilan ham qoʻllaniladi. Bunday atamalarning har biri oʻz xususiyatidan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin. Ya’ni ularning har biri bir oy doirasida tuziladigan operativlik xususiyatiga ega boʻlgan yaxlit korxona boʻyicha yoki alohida javobgarlik markazlari (tashkiliy birlik va boʻlinmalar) boʻyicha pul oqimlari (pul mablagʻlari tushumlari va sarflanishi) rejasi hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda belgilangan bi oy doirasidagi pul oqimlari operativ rejalarini tuzishda toʻlovlar muddatlari va miqdorlari qat’iy ravishda hisobga olinishi kerak. Shuning uchun ham bunday rejalar toʻlov kalendarlari deb ataladi.
Korxonalarda turli xil variantlarda ishlab chiqiladigan toʻlov kalendarlari pul oqimlarini tezkor boshqarishning eng samarali va ishonchli instrumenti hisoblanadi. U quyidagi asosiy masalalarni hal qilish imkonini beradi:
- bir oy doirasida korxona pul oqimlarini shakllantirish boʻyicha real vaziyatdan kelib chiqqan holda pul mablagʻlari tushumlari va sarflanishi rejasining turli xil variantlari (optimistik, realistik va pessimistik)ni ishlab chiqish;
- korxona uchun samarali boʻlgan pul aylanishini tashkil etish orqali musbat va manfiy pul oqimlarini maksimal darajada sinxronlashtirish;
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining yakuniy natijalariga ta’siridan kelib chiqqan holda eng muhim toʻlovlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
- korxona pul oqimlarining zaruriy mutlaq likvidliligini, ya’ni qisqa muddatli davrlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatlilikni ta’minlash;
- korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini operati nazorat qilish tizimida pul oqimlarini boshqarish holatini hisobga olish.
Toʻlov kalendarlarini ishlab chiqishdan asosiy maqsad pul mablagʻlari tushumlarini va toʻlovlarni aniq sanalar boʻyicha belgilash, shuningdek ularning ta’minlanishini aniq ijrochilargacha oldindan biriktirib qoʻyish hisoblanadi. Toʻlov kalendarlari bunday maqsaddan kelib chiqqan holda ba’zida “aniq sana boʻyicha toʻlovlar rejasi” sifatida ishlab chiqiladi.
Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan toʻlov kalendarlarining eng keng tarqalgan shakli quyidagi ikkita boʻlim kesimida shakllantirish hisoblanadi:
- amalga oshiriladigan majburiy toʻlovlar grafigi;
- kelib tushadigan pul mablagʻlari tushumlari grafigi.
Lekin pul oqimlarini bunday koʻrinishda rejalashtirish bir tomonlama (faqat musbat yoki faqat manfiy) xarakter kasb etadi va toʻlov kalendari bitta tegishli boʻlim shaklida ishlab chiqiladi.
Toʻlovlarning vaqt boʻyicha grafigi toʻlov kalendarida odatda har kunlik tarzida keltiriladi yoki faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda har haftalik, har dekada boʻyicha ham keltirilishi mumkin.
Shuningdek, toʻlov kalendarlarini umumiy tartibda faoliyatlar kesimida ham tuzish ham mumkin (6-rasm):


Download 116.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling