Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari
jadval "Kishilik kapitali" omilini baholash uchun indikatorlarning Shveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi. 1989)
Download 347.56 Kb.
|
Korxona qudratini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash
jadval
"Kishilik kapitali" omilini baholash uchun indikatorlarning Shveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi. 1989)
Mutaxassislarni ta'kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida "shtik bilan" hujumga boruvchi emas, balki to'g'ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g'alaba qozonadi. Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bog'liqlikda ko'rib chiquvchi g'oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi bo'ladi. 70 - yillarning o'rtalarida "Boston konsalting grupp" marketing firmasi o'zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo'lib, hozir u har xil korxonalar va sohalarning raqobat -bardoshligini tadqiqot qilishda qo'llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko'rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo'yicha bozor sig'imining to'g'ri chiziqli ko'lamdagi o'sishi sur'atlari ko'rsatiladi. Gorizontal bo'yicha esa - tadbirkor yoki korxonaning bozordagi logarifmli ko'lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o'zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko'ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo'lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar. Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o'z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin . Matritsa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qo'llaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol bo'ladi. 3. Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko'proq menejerlarning san'ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog'liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o'zini o'zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyat-sizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko'zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya'ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni o'zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi. Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so'z yotadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya'ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me'yorlar, iste'molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an'analar va h.k. ko'rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko'rinishda quydagicha aks ettirish mumkin: Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf Pht Pa yoki Pprim shartida max bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxo na uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali bo'ladi. Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me'yoriy darajasi: Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig'ma daromadlari va resurslari; Dpo - soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to'lovlar to'langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar; Dpb - korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari; Dpf - korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari; Ra - korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me'yoridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Rprim - korxona tomonidan qo'llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya'ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me'yoridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G'arbda ular o'zlarini o'stirgan mamlakatlaring faxri bo'ladilar, ularning menejerlari esa - eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir. Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu - sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy to'lovlar to'langanidan keyin korxo na ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo'shilgan qiymat (sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to'lovlarni o'z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus - balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to'lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo'qotishlar va h.k.) ko'rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo'linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag'lar, avans qilib berilgan yoki qo'llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig'imining o'zlashtiril gan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo'li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobat-bardoshligini baho lashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko'rsatkichlar va standartlar (normative lar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo'ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g'oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda. Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini o'zgarishi - bu uning tijorat sirining o'zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Yetakchi indikatorlar ning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo'ladi. Shunga qaramasdan biznes bo'yicha g'arb adabiyotlarini ko'rib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va ko'proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajra-tish mumkin. Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsial larga bo'linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular yetarlicha ko'p yoki nisbatan kam bo'lishi mumkin. Bu o'tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog'liq dir. Bizning minimum korxona salohiyatining iqtisodiy raqobatbardoshligini baho lashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya'ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu indikatorlardan kelib chiqqan holda korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashning u yoki bu metodikasini tanlash mumkin.Ularni aniq misolda namoyish qilamiz. Misol. Indikatorlar va ularga mos ko'rsatkichlar sifatida quyida-gilarni olamiz: 1) Kdp( Pchp) va Krp (Ra) koeffitsentlari o'rtasidagi nisbat, Dpb+Dpf Rprim bu yerda PCHP - korxonaning sof foydasi, qolgan ko'rsatkichlar - oldin qabul qilingan belgilanishlarda. Bunda: K R = Kdp max; Kpn 2) korxonaning sof foydasi va korxona ish joylarining qiymati o'rtasidagi nisbat (RMp): KT = Pchp max R MP Korxona ish joyining o'rtacha yillik qiymati asosiy fondlarning o'rtacha yillik qiymati va ish joylarining o'rtacha yillik sifati nisbati sifatida belgilanadi. Korxonadagi ish joylari umumiy sonining miqdori xodimlarning o'rtacha yillik soni va ish joylarining hisoblab chiqilgan koeffitsient(ish joylarining o'rtacha yillik miqdoriga bo'lingan xodimlar soni)ning nisbati kabi belgilanadi. 3) Korxonaning balansli foydasi (Pbp) va ushbu tovar bozor sig'imining nisbati (ERp): Pbp KE = ERp max Bozorning foydali sig'imi iste'molchilarni tovarga xarid qiluvchi yig'ma pulli talabi bilan talabning tovarni ishlab chiqarish va sotishga ketadigan xarajatlarini qoplashga ketadigan qismini ajratib olingan holda belgilanadi. 4) Korxonaning bitta xodimga, shu jumladan korxona mulki egalarining ham, to'g'ri keladigan yalpi daromadi (VDrsp) va umuman xalq xo'jaligi bo'yicha faoliyatning tijorat sohasida vujudga kelgan xuddi shunday daromad (VDrenk)ning nisbati: Vdsp
5) korxonaning olingan yalpi daromadini o'lchash uchun leriod sifatida qabul qilingan vaqt (tvd) va yalpi daromadni ikki marta ko'paytirish uchun talab qilinadigan vaqt ( t2vd) o'rtasidagi nisbat: KU = tvd max t2vd B u barcha ko'rsatkichlar raqiblardagi xuddi shunday me'yoriy yoki haqiqiy ko'rsatkichlar bilan solishtiriladi. SHunday qilib, solishtirish uchun qabul qilingan indikatorlarning har biri bo'yicha korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligining shaxsiy darajasi o'lchanadi: UKP = KR; UKT + KT; UKE + KE; UKD =KD UKU = KU KRn/x KTn/x KEn/x KDn/x KUn/x; bu yerda KRn/x, KTn/x, KEn/x, KDn/x, KUn/x raqiblardagi xuddi shunday me'yoriy va haqiqiy ko'rsatkichlar. Barcha ko'rsatilgan indikatorlar (yoki ularning boshqa majmuasi) faqat majmuaviy holda quyidagi savolga javob berishga imkon beradi: korxona salohiyati qanchalik raqobatbardosh? Va baribir bunday indekslarning hatto eng mukammal majmuasiga ega bo'lish ham yetarli bo'lmaydi. Yana raqobat kurashining har xil darajalari va ularda berilgan indikatorlarning miqdorlari haqidagi axboratlar olinishi va tartibga solinishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me'yoriy ko'rsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga ko'ra bir nechta bo'lishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon yetakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo'li bilan olingan me'yoriy ko'rsatkichning o'rtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-mo'ljallar safiga kiritilganligini bildiradi); xalq xo'jaligi yetakchisi; xalq xo'jaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh bo'la olmaydi). Raqobatbardoshlik ning har bir darajasiga aniq ko'rsatkichlar ko'rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobat bardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan ko'rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval). Ushbu matritsani aniq ko'rsatkichlar bilan to'ldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud bo'lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qo'shish va o'zinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qo'shimcha o'rganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu "oltin yoqachalar": maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a'zolari va boshqalarning oddiy ishi bo'lsa ham. Bunday ishsiz obro'li va o'zini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Bunday ishning sifati va hajmi ko'proq firmaning iqtisodiy salohiyatiga bog'liq va yetarlicha oddiy shaklda bo'lishi mumkin. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori - ekspert yo'li bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga ko'ra 100 ball bo'ladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar bo'yicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi bo'yicha balli hisoblanishlarini berish mumkin. Bunda yettita ehtimol bo'lgan darajalardan tanlab olingan korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligining umumiy haqiqiy darajasini hisoblash formulasining o'zi quyidagicha ko'rinadi: UEKpf = KR8b + KT8b + KE8b + KD8b + KU8b KRub + KTub + KEub + KDub + KUub U - raqobotbardoshlikni baholash uchun tanlab olingan daraja ( U= 1, 2,...,7). Raqobatbardoshlik matritsasi unga kiritilgan axboratlar qanchalik aniq bo'lsalar, shunchalik foydali bo'ladi. Uning asosida korxona salohiyati rezervlari va yo'qotishlarining jadvalini tuzish va uning tahlilini o'tkazish maqsadga muvofiqdir (9.2- jadval). 7 va 8 qatorlarda yo'qotishlar minus belgisi bilan aks ettiriladi (ular - salohiyatdan ajratilishdir). U yoki bu indikatorning yuqoriroq ko'rsatkichi va korxonaning o'zining ko'rsatkichi miqdori o'rtasidagi farq korxona uchun rezervlar bo'ladi. Bu shuni bildiradiki, u bir vaqtning o'zida ham yo'qotishlarga va ham rezervlarga ega bo'la olmaydi. Yo unisi, yoki bunisi, Yo'qotishlar bor joyda - rezervlar yo'q (raqiblarga sof yutqazish). Rezervlar bor joyda esa yo'qotishlar yo'q (raqiblarga shartli yutqazish). Ammo baholarning butun majmuasi bo'yicha, turgan gapki, ham yo'qotishlar va ham rezervlvr bor. Xususan,... ( va h.k. har qanday turdagi rezervlar uchun). Agar... (va h.k. har qanday darajadagi barcha yo'qotishlar uchun). Jadval aniq sonlar bilan to'ldirilgan holda quyidagilarga ega bo'lamiz. Agar yo'qotishlar ustunida nol bo'lmasa, unda indikator ustunidagi barcha rezeralar nolga teng va aksincha. Yetarlicha ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lgan holda, korxo na o'z salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha ustivor tadbirlarni tanlab olishda bozorning eng muhim va barqaror talablari ("ko'rinmas qo'lini") tanlab olish va nafaqat texnologik siyosat yo'nalishini savodli tasniflash, balki ulardan eng ishonchli va birinchi navbatdagilarini tanlashga qodirdir. Tabiiyki, har qanday baholarda ham tavakkalchilik elementi saqlanib qoladi. Ammo usiz na raqobat va na bozorning o'zi bor. Raqobatbardoshlikni oshirish bo'yicha tadbirlarni qanday qilib tanlash va silliqlash mumkin? 5.4-jadvaldan olinadigan rezervlar va yo'qotishlar haqidagi aniq bilimlardan tashqari, korxona mutaxassislari ishga barcha bo'limlarni jalb qilgan holda u yoki bu indikatorning darajasini oshirish bo'yicha tadbirlar haqidagi qarorlar qabul qilishda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan investitsiyalarning hajmi (I), vaqt (t), iqtisodiy samara (Ef) ni aniqlashlari kerak. Yakuniy xulosalar uchun samaradorlikning ikkita koeffitsientlarini hisoblab chiqish darkor: 1) investitsiyalar samaradorligidan foydalanish koeffitsienti - KEI- Ef max 2) investitsiyalar va vaqtdan foydalanish samaradorligining integral koeffitsienti - Kmt = K max Download 347.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling