Korxona tavsifi Maxsulot va xizmatlar
Download 24,26 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.REZYUME
REJA: Titul varaq Mundarija Rezyume Korxona tavsifi Maxsulot va xizmatlar Bozor va raqobatchilar tahlili Marketing rejasi Ishlab chiqarish rejasi Tashkiliy tuzilma va xodimlar Moliyaviy reja Ilovalar 1.REZYUME Hozirgi kunda IT sohasi eng daromadli hamda eng zamonaviy kasblardan biri hisoblanib kelinayotgani va yoshlar o’rtasida ushbu kasbni o’rganishga bo’lgan e’tiborning kuchliligini hisobga olib “ALLEIN IT CENTR” tuzildi va ushbu o’quv markazining asosiy maqsadi yoshlarni zamonaviy kasbni egallashlariga ko’maklashish hamda ularni real loyihalar asosida keyinchalik yangi tashkil etilayotgan va tashkil etilgan kompaniyalarga jalb etish va bu orqali mamlakatimizning zamonaviy hayotdagi innovatsion rivojlangan postindustiral davlatlardan biriga aylantirishdan iborat. 2020-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis oldida nutq soʻzlab, unda 2020-yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi. Prezidentimiz oʻz murojaatida erishilgan natijalar haqida gapirib oʻtdi va kelgusi 5 yil ichida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Parlamentining vazifalarini ham belgilab berdi. Oʻz nutqida u axborot texnologiyalari sohasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi: “Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda. 2019-yilda “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” boʻyicha mamlakatimiz 8 pogʻonaga koʻtarilganiga qaramay, biz hali ham bu sohada juda orqada qolmoqdamiz. Aksariyat vazirliklarimiz va idoralarimizda, koʻpchilik korxonalarimizda hali ham raqamli texnologiyalar toʻlaqonli joriy etilmagan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, katta mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Ammo, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz bu ishni bugun boshlashimiz kerak, aks holda ertaga juda kech boʻladi. Shu sababli raqamli iqtisodiyotga jadal oʻtish kelgusi besh yil uchun eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi. “ALLEIN IT CENTR” tashkiliy huquqiy shakliga ko’ra mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) hisoblanib, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahri, Tadbirkorlik ko’chasi, X-uyda joylashgan. UShbu loyihaning asosiy mazmuni dasturchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashdan iborat hamda ularni ishga joylashishlariga yordamlashishdan iborat. Ushbu loyihaning moliyaviy manbasi (“ALLEIN IT CENTR”) jamoasining shaxsiy manbasi hisobidan amalga oshiriladi hamda ushbu loyihaning umumiy qiymati 500 mln (besh yuz million so’mni ) tashkil etadi. Download 24,26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling