Korxona va tashkilotlar moliyasi Korxona moliyasi. Bu korxona daromadlari va xarajatlarining yaxlitligidir. Firmalar, odatda, kommersiya asosida ishlab


a’zolikka kirish pulidan, muntazam to‘lanadigan badal pulidan


Download 18.43 Kb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi18.43 Kb.
#1022943
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Statistika mustaqil ish

a’zolikka kirish pulidan, muntazam to‘lanadigan badal pulidan,
noshirlik qilish, reklama, turli tadbirlar o‘tkazishdan kelgan daromad
hisobidan shakllanadi. Bu pul tashkilot a’zolarining manfaati yo‘lida,
ular nizomida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarish uchun sarflanadi.
Xonadon moliyasi. Bu xonadon pul kirimi va chiqimini bildiradi,
bu oila budjeti deb ham yuritiladi. Xonadonga pul ish haqi, pensiya,
nafaqa, stipendiya, dividend, ijara haqi, tadbirkorlik foydasi, zayom
va lotereya pul yutug‘i, bank beradigan foiz, tomorqadan keladigan
pul shaklida kelib tushadi. Bu puldan soliqlar va ixtiyoriy to‘lovlar
chegirilgandan so‘ng qolgan qism qo‘lga tekkan daromadni hosil etadi.
Bu pul 2 ta fondga ajratiladi:
1. Тovar va xizmatlarni xarid etish yoki iste’mol fondi.
2. Jamg‘arish fondi.
Xarid fondi darhol sarflansa, jamg‘arish fondi to‘planib boradi.
Moliya munosabatining ishtirokchilari fond bozorida qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdisida qatnashadilar, bundan maqsad aksiya va
obligatsiyalarni arzon olib, qimmatiga sotish yo‘li bilan pul topishdir.
Bu ishda faqat korxona va tashkilotlardan tashqari aholi ham
qatnashadi, ular bunga o‘zining jamg‘arma fondidagi pulini sarflaydilar.
10.3. Davlat moliyasi
Davlat moliyasi o‘zagini davlat budjeti tashkil etadi (budjet ingl.
budjet — «puli bor qop» degani), ammo budjetdan tashqari davlat
pul fondlari ham bo‘ladi. Ular birgalikda davlatning joriy yildagi
xazinasini tashkil etadi.
Davlat budjeti — bu muayyan davlatning bir yillik daromadlar
va xarajatlarining balansi, ya’ni yig‘indisidir.
Davlat budjetidagi pul uning daromadi bo‘lib, butun jamiyatning
ehtiyojini qondirish uchun ketadi. Budjetda katta pul to‘planadi,

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling