Matlubot kooperativi (MK)- ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning a zolari tomonidan o z mulkiy (pay) badallarini qo shish yo li bilan amalga oshiriladi. MK boshqa NTTlar bilan solishtirganda alohida maqomga ega. MK o zining faoliyatini ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida olib boradilar (misol uchun, uy_x0002_joy-qurilish kooperativlari, mulkdorlar kooperativlari (shirkatlari) va b.). boshqa NTTlar esa, boshqa ijtimoiy (nomoddiy) manfaatlarga ega bo lishlik uchun tuziladi. Jamoat birlashmalari (JB) - ma naviy yoki o’zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o’z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari. Jamoat birlashmalari o’z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o’zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar. Jamoat fondlari - fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, marifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zoligi bolmagan nodavlat notijorat tashkiloti. Muassasalar - boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo’lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to’la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |