korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi
REJA:
Personalni boshqarish xizmatida ish yuritish
Korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi
Boshqaruv faoliyatida axborot tеxnologiyalari.
Tеxnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish
Tadqiqot va loyihalashda axborot tеxnologiyalari.
Personalni boshqarish samaradorligi bu — tizimda hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etishga ham ko’p jihatdan bog’likdir.
Ish yuritish atamasi ilmiy muomalaga vama’muriy amaliyotga XVIII asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan bo’lib, qaror qabul qilish yoki „ish yuritish” bilan bog’liqfaoliyatni anglatadi. Hozirgi vaqtda ish yuritish korxona, tashkilot, muassasa ma’muriy boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanib, hujjatlashtirish hamda rasmiy hujjatlar bilan ishlashni, hujjat-axborot bazasini tashkil etishni anglatadi.
Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash — ish yuritishning hozirgi davridagi axborot-texnologik xususiyatini ko’rsatuvchi hujjatlarni yaratish, ular bilan ishlash, saqlashdan iborat texnologik jarayon hisoblanadi.
Hujjatning hukuqiy kuchi rasmiy hujjat xususiyati hisoblanib, u amaldagi qonunchilik, mazkur hujjatni chiqargan organ vakolati hamda hujjatning belgilangan tartibda rasmiylash-tirilishi orqali ta’minlanadi.
1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu tizim tarkibida quyidagilar mavjuddir:
tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo’riqnomalar);
farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish);
Reja hujjatlari (kadrlar masalalari bo’yicha reja topshiriqlari yoki mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular mehnatiga haq to’lash, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha rejalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |