Korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi
Download 53.03 Kb.
|
4-33IQTSGuruh TalabasiKorxona vatashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiziqish (motiv)
- Ehtiyoj
- Ijtimoiy ehtiyoj
4-33 IQTS-22 Guruh Talabasi:Fayzulloyeva Nilufar Sh. Mustaqil ishi KORXONA VA TASHKILOTLARDA PERSONALNI BOSHQARISH STRATEGYASI Reja: Korxona maqsadiga erishish Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalari D. Mak-Klelland nazariyasi Korxona maqsadiga erishish - ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikni ta’minlash personal o’z xizmat vazifasini sidqidildan, tashabbuskorlik ko’rsatib bajarishiga bog’liq. Buning uchun xodimlar o’z ishlariga chinakamiga qiziqishlari kerak. Qiziqish (motiv) - bu insonni muayyan faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. Qiziqish insonga uning ehtiyojlarini qondirish uchun nima qilish va buni qanday qilish kerakligini belgilaydi. Qiziqish jarayonini to’rt bosqichga bo’lish mumkin: Ehtiyojning paydo bo’lishi. Ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash. Ehtiyojni qondirish uchun faoliyatga kirishish. Ehtiyojning qondirilishi, moddiy yoki ma’naviy rag’batlantirishga ega bo’lish. Ehtiyoj - insonning hayot kechirishi, shaxs va ijtimoiy guruhni rivojlantirish uchun ob’ektiv zarur narsalar. Biologik va ijtimoiy ehtiyoj bir-biridan farq qiladi. Biologik ehtiyoj - suv, havo, oziq-ovqatga, hayot kechirish uchun zarur boshqa narsalar - uy-joy, kiyim-kechak, ro’zg’or buyumlari, shuningdek, avlodni davom ettirishga ehtiyoj. Ijtimoiy ehtiyoj - millat, ijtimoiy guruhga mansublikka, o’z shaxsini, erishgan muvaffaqiyatlarini rivojlantirish, o’z qobiliyatini namoyon etish, boshqalartomonidan o’sish qobiliyatlari e’tirof etilishiga ehtiyojdir. Personal ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga qiziqtirishda inson, shaxs eng asosiy masaladir. Zamonaviy menejmentda inson - boshqaruvning bosh sub’ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas, balki korxona inson uchun zarurdir. Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Inson ko’pgina fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika, tarix va boshqalar) tadqiqining ob’ekti hisoblanadi. Personalni boshqarish nazariyasida inson birtomondan, ijtimoiy guruhning eng muhim yadrosi, ikkinchi tomondan esa boshqaruv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiq ob’ektidir (9.1- rasm). Shaxs - individga jamiyat a’zosi sifatida tavsif beruvchi ijtimoiy muhim xususiyatlarning barqaror tizimidir. Ayni paytda shaxs bilan birga insoniyat avlodiga mansub alohida vakil - individ hamda ushbu individni boshqalardan farqchovchi xususiyatlar yig’indisi - individuallik tushunchalari ham mavjuddir. Download 53.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling