Korxonada kuzatuv tamoyili
tirik mehnat xarajati normalari
Download 21.9 Kb.
|
KORXONADA KUZATUV TAMOYILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komplekslilik
tirik mehnat xarajati normalari (mahsulot biriligiga sarflanuvchi ish vaqti normasi, vaqt biriligida ishlab chiqarish normasi, xizmat ko’rsatish normasi, miqdor normativi);
moddiy xarajat normalari (xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya, butlovchi qismlar); ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish zahiralari va hokazo); mehnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar); korxona, tsex, asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti normalari. Ko’rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lib, korxona faoliyatining resurslar xarajatini normalashtirishdan to mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishgacha barcha ko’rsatkichlarini inobatga oladi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar: maqsadni belgilash; korxona faoliyatining turli xil yo’nalishlari, ayniqsa, xalq xo’jaligi va aholi uchun zarur bo’lgan masulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish; zaruriy moddiy-texnika asossini shakllantirish; moliyalashtirish manbalarini aniqlash; yakuniy natijalarning ijobiy bo’lishiga erishish. Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo’lsa, asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tsexlardan iborat bo’lib, ularning har biri faqat o’ziga xos bo’lgan vazifani bajaradi va shunga mos holda faoliyatni rejalashtirish va tartibga solishning o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda etakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatishrejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajarilishini ta’minlovchi bo’linmasini rivojlantirishga ko’proq e’tibor qaratiladi. Masalan, bunday bo’g’in sifatida mashinasozlik zavodida yig’uv tsexi, to’qimachilik kombinatida yigiruv va to’quv tsexlari, qandolatchilik fabrikasida tayyor masulot tsexini ko’rsatish mumkin. Etakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish korxonaning barcha bo’linmalarini birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko’zda tutadi. Chunki busiz rejalashtirish bir tomonlama bo’lib qolishi hamda ishlab chiqarishni tashkil etishda “tor joylar” va disproportsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlari va bo’limlarining o’zaro aloqada bo’lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda ham rejalashtirishning balans usuli katta ahamiyatga ega. Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo’lib, u avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va mahsulotga aylangan mehnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko’maklashadi. Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta’minlashda, to’rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo’qotish chora-tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy va ma’naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo’ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko’zda tutadi. Download 21.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling