Korxonada kuzatuv tamoyili


Download 21.9 Kb.
bet12/12
Sana08.01.2022
Hajmi21.9 Kb.
#246196
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KORXONADA KUZATUV TAMOYILI

Miqdor ko’rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatini hajm o’lchamida izohlaydi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ishlayotgan xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi, mashina va asbob-uskunalar parki, ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan materiallar miqdori, tsex hamda ish joylari soni va hokazolarni kiritish mumkin.

Sifat ko’rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi o’zgarishlarni nisbiy kattaliklar: mehnat mahsuldorligining o’sishi, mahsulot tannarxining bazis davrga (yoki reja hisobotiga) nisbatan foizlarda kamayishi, mahsulotning to’liq tannarxiga nisbatan foizlarda daromad hajmi, korxona rentabellik darajasining o’sishi va shu kabilar yordamida tavsiflaydi.

Sifat ko’rsatkichlari aksari hollarda pul qiymatida ifodalanishi sababli, korxonalarning xo’jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilish amaliyotida asosiy va aylanma fondlar, asbob-uskunalar, sarflanayotgan yoqilg’i, energiya va boshqa materiallar kabi qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Qiymat ko’rsatkichlari korxona faoliyatida qo’llaniluvchi turli xildagi vositalarni statika va dinamikada taqqoslash imkonini beradi. Bundan tashqari, soliqlar va turli xil to’lovlar hamda korxona daromadi foizlardan tashqari pul ko’rinishida ham o’lchanadi.



Korxona faoliyatini rejalashtirish korxona va uning bo’linmalari faoliyatini tahlil qilishdan boshlanishini aytib o’tish muhim. Mazkur tahlil davomida rejaning sifat, miqdor va qiymat ko’rsatkichlari bo’yicha bajarilishiga baho beriladi hamda talofat va yo’qotishlar aniqlanib, korxona faoliyatini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Aynan shu chora-tadbirlar va yangi maqsadlardan kelib chiqqan holda joriy rejalashtirish amalga oshiriladi hamda yangi reja davriga korxona faoliyati rejalari ishlab chiqiladi.
Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling