Korxonada marketingning funksiyalarining mazmun mohiyatiga ilmiy sharh
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ZDIT17038
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya strategiyasini ishlab chiqish, yangi mahsulotga narx oʻrnatish, muvofaqqiyatlar boʻyicha imkoniyatlarni aniqlab yangi mahsulotni bozorga chiqarish deb eʼtirof etgan. Marketing va innovatsiya tushunchalari hozir kunning yangiligi emaski, bu tushunchalarni oʻtgan asrda ham tadbirkorlar va siyosatchilar oʻz faoliyatlarida qoʻllab kelib, dolzarbligini taʼkidlab oʻtganlar. Oʻsha vaqtda bu boʻyicha umumiy tushunchalar boʻlsada, “innovatsion marketing” nima yoki innovatsiya haqida soʻz ketganda yangi koʻrinishdagi oziq-ovqat va isteʼmol tovarlari, texnika va texnologiyalarga oid, shu gʻoyalarni ijtimoiy koʻrinishda boʻlishi, maxsulot yoki xizmatlarni oson va samarali tijoratlashtirish degan fikrlar olgʻa surilgan. XXI-asr, yaʼni axborot asriga kelib butun dunyo olimlari-yu hamda tadbirkorlari marketing va innovatsiyani biri-biriga yaqin aloqador deb toʻlaqonli tan olinganligi hamda zamonaviy korxonalar faoliyatida innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi hammamizga maʼlum. Bozordagi murosasiz raqobat sharoitida mahsulot yoki korxonani davomiyligini taʼminlash uchun innovatsion marketing faoliyatining quyidagi koʻrinishlari vujudga kelgan; boshlangʻich innovatsion gʻoyalarni qidirish va innovatsion salohiyatni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, yangi maxsulot realizatsiyasi va yangi faoliyat (xizmat) turini yaratish yoki barcha innovatsion jarayonlarni boshqarish boʻyicha yangi metodlar ishlab chiqish, sotishni muvofiqlashtirish uchun yangi sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarini kiritish lozimligini aytib oʻtishimiz mumkin. Bugungi kunda “Innovatsion marketing” - marketing faoliyatida yangi paydo boʻlgan yoʻnalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish hamda ushbu innovatsion gʻoyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi. U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan usul va vositalar majumidan foydalanadi. Innovatsion marketing texnologiyalarini oʻz vaqtida qoʻllash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bogʻliq risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash, maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarni davom ettirish kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi degan savollarga javob berishga imkoniyat yaratadi. Xizmat koʻrsatishda esa “innovatsion marketing”, ayirboshlash natijasida yangiliklarga boʻlgan extiyojni qondirish orqali foyda olishga yoʻnaltirilgan inson faoliyati majmuini hisoblanadi. Bu faoliyat yangiliklarga extiyojni aniqlashdan tortib yangi innovatsion xizmatlarni yaratish, bozorga kirib borish, xizmatlarning xayotiylik davri, amaliyotda qoʻllash, innovatsion xizmatlarni sotib olish uchun xaridorlarni qiziqishini orttirish, yangiliklarga boʻlgan talabni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling