Korxonada Xodimlarni tibbiy ko‘riklardan o’tkazishni tashkil qilish tartibi Anatatsya


Download 29.96 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi29.96 Kb.
#1774153
Bog'liq
Fargʻona politexnika instituti kimyo texnologiya fakulteti 98-20guruh talabasi G\'aniyev Asadbek


Fargʻona politexnika instituti kimyo texnologiya fakulteti ,
MMTX 98-20 guruh talabasi G’aniyev Asadbek 33-991-10-71


Korxonada Xodimlarni tibbiy ko‘riklardan o’tkazishni tashkil qilish tartibi


Anatatsya
Ishga qabul qilishda dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tkazishdan maqsad xodimlarning ularga topshiriladigan ishga muvofiqligi (yaroqliligini)ni aniqlash, baxtsiz hodisalar, umumiy va aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar xastaliklarni tarqalishiga yo`l qo`ymaslikdir.
Davriy tibbiy ko`riklar o`tkazilishi kasbga aloqador zararli omillar va noxush mehnat sharoitlarida ishlovchilar salomatligini muntazam kuzatib borishni, kasb kasalliklarining ilk belgilarini o`z vaqtida aniqlash va ularni muhofaza qilish hamda zararli sharoitlarda ishni davom еttirishga halaqit beradigan umumiy xastaliklarni aniqlash, shuningdek baxtsiz hodisalarga yo`l qo`ymaslik va ishlash xavfsizligini ta’minlash, aholi sog`lig`ini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadidagi tadbirlarni aniqlashni ta’minlaydi.
Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va
davriy tibbiy ko`riklarni tashkil еtish
1. Bu ko`riklar tibbiy-sanitariya qismlari (idoralarga qarashli poliklinikalar) tomonidan o`tkaziladi, ular bo`lmagan taqdirda - hududiy davolash-muhofaza muassasalari tomonidan uyushtiriladi. Bu muassasalar faoliyat ko`rsatgan joylarda tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo`jaliklari (keyinchalik korxona deb ataladi) bo`ladi. Ayni paytda bu birikuv yuqori sog`liqni saqlash idorasi, asosan bosh korxonaga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Davriy tibbiy ko`riklar yoki tekshiruvlar xodimlarning statsionarda yotgan davrida, ambulatoriya-poliklinika muassasasida (bo`linmada) ham o`tkazilishi mumkin, bunda xodimga o`tkazilgan tekshiruv yoki tibbiy yordam so`ragan davrdagi ko`chirma nusxasi topshiriladi.
Vaxta usulida ishlashga yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tkazish xodim turar joyidagi davolash-muhofaza muassasalarida amalga oshirilishi mumkin, bunda tekshiriluvchiga albatta xulosa yozilgan xujjat beriladi. U tekshiriluvchi doimiy ro`yxatdan o`tgan joyi bo`yicha ruhiy-asab dispanseri (bo`linma, kabinetlardagina) psixiatr tomonidan ko`zdan kechiriladi.
Vaxta usulida ishlovchi xodimlar istisno tariqasida davriy tibbiy ko`riklardan vaxta joylashgan yordam davolash-muhofaza muassasalari tomonidan mahalliy sog`liqni saqlash idoralari bilan kelishilgan holda o`tishlari mumkin.
2. 2-chi ilovadagi 13.1-bandga binoan tibbiy tekshiruvdan o`tishlari ko`rsatilgan yakka mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxslar turar joy (ro`yxatga olingan) sanitariya-еpidemiologiya stansiyasi tomonidan yo`llanma oladilar.
O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (O`zR KUFK) bilan kelishilgan holda O`zR SSV tasdiqlangan ro`yxatda ko`zda tutilgan zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari bilan ishga yangidan kiradigan shaxslar, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalarining xodimlari dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tadilar.
Xodimlar muayyan zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari mavjud bo`lgan ishlarga birinchi marta qabul qilinganlarida (o`tkazilganlarida) dastlabki tibbiy ko`riklardan o`tkaziladi.
Ixtisoslik (hunar) bo`yicha xuddi shunday ishga o`tish, ishlash sharoitlari zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari xuddi shunday bo`lganda ish faoliyati uzluksiz hisoblanadi. Bu hollarda darviy tibbiy ko`riklar belgilangan muddatlarda o`tkaziladi. Ular tibbiy hujjatlar bo`yicha (ambulatoriya bemorning tibbiy varaqasi) rasmiylashtiriladi.
Zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari bilan ishlovchi xodimlar, shuningdek umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat sanoati, maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari xodimlari, ilgari dastlabki tibbiy ko`riklardan o`tganlar davriy tibbiy ko`riklardan o`tishlari lozim; ko`riklar davriyligi ana shu buyruqqa oid 1, 2-chi ilovalarda 4-bo`limda belgilangan.
Dastlabki va davriy tibbiy ko`riklarni vrach-mutaxassislar o`tkazadilar, bunda laboratorik va funksional tekshiruvlar, O`zKUFK bilan kelishilgan holda O`zR SSV tasdiqlagan ro`yxatlar bo`yicha o`tkaziladi (ushbu buyruqdagi 1, 2-chi ilovalarning 5-6 bo`limida).
Dastlabki va davriy tibbiy ko`riklar mehnat jamoasi qarori bilan belgilangan vaqtda o`tkaziladi; tibbiy-sanitariya qismi (poliklinika)ning ish rejasi ishlovchilar uchun qulay vaqtda tibbiy yordam qulay bo`lishini ta’minlash uchun korxonaning ishlash tartibini hisobga olgan holda tuziladi.
Sanitariya-еpidemiologiya muassasalari, korxonalar, Davlat avtonazorati va davolash-muhofaza muassasalari xodimlarini vaqtdan oldin еkspertiza tartibda tibbiy ko`rikka yuborishlari mumkin (og`ir kasalliklar, shikastlanishlar va boshqalarni boshdan kechirganda). Yo`llanmada vaqtdan oldin ko`rik o`tkazilishi sababi ko`rsatilishi kerak.
Dastlabki va davriy tibbiy ko`riklardan o`tuvchi shaxslarni sanitariya-еpidemiologiya stansiyalari korxonaning administratsiyasi va kasaba uyushmasi vakillari bilan birgalikda (sexlar, kasblar noqulay omillar bo`yicha) joriy yilning 1 dekabrdan kechikmasdan aniqlanishi kerak.
Sanitariya-еpidemioloiya stansiyalari, shuningdek dastlabki va davriy tibbiy ko`riklarning to`liq va o`z vaqtida o`tkazilishi ustidan nazorat qiladilar.
Sanitariya-еpidemiologiya xizmati muassasalari, korxona ma’muriyati ana shu ko`riklarni o`tkazayotgan davolash-muhofaza muassasasiga yo`llanmasida tekshiriluvchining ismi-sharifini, tug`ilgan yili, kasbi, ishlash joyidagi zaharli omillar va noxush ishlash sharoitlarini transport vositalarining turlarini (mazkur buyruqning 1, 2-chi ilovalariga muvofiq to`liq ko`rsatishi lozim).
Ma’muriyat dastlabki tibbiy ko`riklarga yuborilgan shaxslarni yo`llanma blankalari bilan ta’minlash masalasini hal еtadi. Tekshiriluvchi pasport yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa hujjat va harbiy biletni taqdim еtadi.
Xulosa
Hozirgi kunda respublikamizda sanitar-gigiyenik, epidemiologik va radiatsion xavfsizlik barqaror bo’lib boshqa davlatlardan o’ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga yo’l qo’yilmayapti hamda O’zbekistonda istiqomat qilib kelayotgan 34,5 milliondan ortiq aholining sanitar-gigiyenik va epidemiologik barqarorligini yuqori darajada ta’minlangan. Qo’lingizdagi o’quv adabiyoti bo’lajak shifokorlarda gigiyenaga doir dastlabki bilimlarga asoslangan holda aholi o’rtasida sanitar bilimdonlikni oshirish bo’yicha tadbirlarni bajarish, atrof muhit omillarini inobatga olib, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi tushunchalarini shakllantirishga hamda kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga doir tushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Mualliflar o’quv adabiyoti bo’yicha bildirilgan barcha fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi
Foydalanilgan adabiyotlar
O 'zbekiston Respublikasining m ehnat qonunlari kodeksi //Т.: “A dolat” nashriyoti 1994 y.
. M ehnatni m uhofaza qilish. O lmasov A. Qudratov., A T:. “M ehnat” nashriyoti 2001 y. “M ehnatni m uhofaza qilish"
H. Rahim ov, A. Azamov, T.Tursunov., //T:. “O 'zbekiston” nashriyoti 2003 y.
“Hayotiy faoliyat xavfsizligi” O.Qudratov, T .G 'aniyev.,
. “M ehnat” - 2004 у 6. “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro m uhofazasi” О Qudratov, T .G 'aniyev., /ГГ.: “Yangi asr avlodi” - 2005 у
Download 29.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling