Korxonalar faoliyatini strategic rejalashtirishda zamonaviy marketing faoliyatidan samarali foydalanish yo’llari
II-BOB. KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA
Download 29.07 Kb.
|
kurs ishi mamirjon i-3
II-BOB. KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA
FAOL MARKETINGDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA ILMIY-USLUBIY ASOSLARI 2.1. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning nazariy asoslar Marketingning asosiy maqsadlari talabni shakllantirish va rag’batlantirish, sotish, bozordagi ulush va foydalarning hajmini kengaytirish maqsadida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari va korxona (firma) ish rejalarining asoslanishini ta’minlashdan iborat. Korxonani boshqarishga marketing bo’yicha yondoshishda asosiy shior: «Ishlab chiqarilganni sotish emas, balki sotiladigan narsani ishlab chiqarish»dan iborat. Bu korxona ishlab chiqarishdan avval aniq iste’molchilar ehtiyojlarini mukammal o’rganishlari kerakligini, olingan ma’lumotlarga muvofiq tovarning kam-ko’stlarini tuzatishlari va takomillashtirishlari, faqat shundan keyin ushbu tovar bozorga chiqishi kerakligini bildiradi. Marketing- bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida amaliyotda marketingni qo’llash va uning tamoyillaridan maqsadli foydalanish muammolariga O’zbekistonda ham katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, bu borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “... marketing tadqiqotlarini tashkil etishni, ... ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ... katta zarar ko’rmoqda», -deb bu tizimdan samarali foydalanish zarurligi haqida ta’kidladi. Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Mamlakatimiz Prezidenti bu borada “... kichik biznes korxonalariga... o’z mahsulotlarini sotishga ko’maklashadigan, marketing o’tkazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni ta’minlaydigan yaratish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish darkor»4, – deb ta’kidlab o’tganlar. Bu esa o’z o’rnida marketingning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati beqiyos ekanligini anglatadi. Download 29.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling