Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test
texnologik, predmetli va aralash
Download 37.54 Kb.
|
Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test
texnologik, predmetli va aralash.
Savol: Tayyor mahsulotning maqsadlariga koʻra korxonalar qanday turlarga boʻlinadi? Javob: Barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar. Savol: Noishlab chiqarish personali kimlar? Javob: Noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xoʻjaliklarda, sogʻliqni saqlash, profilaktika va taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar. Savol: Doimiy xarajatlarga nimalar kiradi? Javob: korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara xaqi qoʻriqlash xizmati xarajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va va x.k. Savol: Korporatsiyaga mos taʼrifni belgilang. Javob: Barchasi Savol: Yil davomida ishlash muddatiga koʻra korxonalar qanday turlarga boʻlinadi? Javob: Korxonalar mavsumiy va yil boʻyi faoliyat yurituvchilarga boʻlinadi. Savol: Maʼnaviy eskirish nima? Javob: Asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotilishidir. Savol: Ixtisoslashuv darajasiga koʻra, korxonalar qanday turlarga boʻlinadi? Javob: Ixtisoslashgan, universal va aralash. Savol: Asosiy fondlar nima? Javob: Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi. Savol: Tashqi xarajatlarga nimalar kiradi? Javob: Xom ashyo xarajatlari, yonilg‘i-energiya xarajatlari, transport-aloqa xizmati xarajatlari, bank xizmati xarajatlari. Savol: Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga qanday korxonalar kiradi? Javob: Nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar Savol: Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra korxonalar qanday turlarga bo‘linadi? Javob: Sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. Savol: Mikrofirmalarga mos javobni belgilang. Javob: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar. Savol: Korxonada boshqaruvning ta`siri nimaga yo`naltirilgan bo`ladi? Javob: boshqaruv ob’ektiga Savol: *** - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko`rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Yulduzchalar o`rniga mos javobni belgilang. Javob: Boshqaruv faoliyati Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini amalga oshirish muddatiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin? Javob: joriy va istiqbolli Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini ahamiyat darajasiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin? Javob: asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik); Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini boshqaruv ob`ektiga munosabatiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin? Javob: xususiy va umumiy; Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini natijaga erishish darajasiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin? Javob: yakuniy va oraliq yoki bosqichli Savol: Boshqaruv qarorlari kompetentlik va mas`uliyat bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari; Savol: Boshqaruv qarorlari mazmuni bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari; Savol: Boshqaruv qarorlari xarakteri bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: operativ-taqsimlovchi, xo’jalik-raxbarlik va me’yoriy boshqaruv qarorlari; Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish darajasi bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: bir va ko’p darajali boshqaruv qarorlari; Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish yo`nalishi bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: ichki va tashqi; Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish miqyosi bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: xususiy va umumiy (majmuaviy); Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish davri bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi? Javob: bir martalik va ko’p martalik. Savol: Tashkiliy tuzilma nima? Javob: Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling