Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test


Download 37.54 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi37.54 Kb.
#1304960
1   2   3
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test

Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga bo’ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi.

  1. Savol: Boshqaruv funksiyalariga mos ta`rifni belgilang.

Javob: Boshqaruv funksiyalari ob’ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xatti-harakatlar majmuasi bo’lib, mazmuni va yo’nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi.

  1. Savol: *** - kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo`naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo`naltirish.

Javob: Tashkillashtirish

  1. Savol: *** - ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish.

Javob: Rejalashtirish

  1. Savol: *** - joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko`ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish.

Javob: Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish)

  1. Savol: *** - ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko`rsatkichlardan chetga og`ishlarni to`g`rilab borish.

Javob: Tartibga solish

  1. Savol: *** - joriy ko`rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash.

Javob: Nazorat

  1. Savol: *** - korxonaning ma`lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash.

Javob: Hisobga olish

  1. Savol: *** - ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish.

Javob: Tahlil

  1. Savol: Xo`jalik shirkati qanday faoliyatlarni amalga oshirishi mumkin?

Javob: Xo’jalik shirkati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

  1. Savol: Aksiyadorlik jamiyatni tuzish quyidagi qaysi usullarni o`z ichiga oladi?

Javob: jamiyat yangidan ta’sis etish yoki mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo’li bilan tuzish usullarini oladi.

  1. Savol: Ta`sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda qaysi hujjat uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo`ladi?

Javob: jamiyat ustavi qoidalari

  1. Savol: Mas`uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlarning ta`sis shartnomasida **** jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Yulduzchalar o`rniga mos javobni belgilang.

Javob: jamiyatning muassislari

  1. Savol: Aksiyadorlik jamiyatining ta`sis hujjati sifatida qaysi hujjat qabul qilinadi?

Javob: ta’sis yig’ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav

  1. Savol: Korxonani qayta tashkil qilish – bu

Javob: uning birlashib ketishi, qo’shilishi, bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o’zgartirishi degani.

  1. Savol: Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag`lari etarli bo`lmagan taqdirda qanday ishlar amalga oshiriladi?

Javob: tugatuvchi tomonidan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun mustaqil baholovchi jalb etiladi va korxona mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.

  1. Savol: Kreditorlarning talablarini to`liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda qanday ishlar amalga oshiriladi?

Javob: tugatuvchi korxonani to’lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat qilishi shart.

  1. Savol: "Moliya-xo`jalik faoliyati" atamasi ostida qanday faoliyati tushuniladi?

Javob: korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatish faoliyati tushuniladi.

  1. Savol: Korxonani turli belgilariga kora tavsiflash mumkin, jumladan ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu

Javob: bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

  1. Savol: Korxonani turli belgilariga kora tavsiflash mumkin, jumladan ijtimoiy munosabatlarda korxona bu –

Javob: bu, turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;

  1. Savol: Korxonani turli belgilariga kora tavsiflash mumkin, jumladan tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona bu –

Javob: korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

  1. Savol: Korxonani turli belgilariga kora tavsiflash mumkin, jumladan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona bu –

Javob: bu, tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.

  1. Savol: **** deb - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot etirof etiladi. Yulduzchalari orniga togri javobni belgilang.

Javob: Xususiy korxona

  1. Savol: Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kora korxonalar qanday sohalarga ajratilishi mumkin?

Javob: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko’mir qazib chiqarish, sug’urta va hokazo) sohalariga mansub bo’lishi mumkin.

  1. Savol: Ishlovchilar soniga kora korxonalar qanday guruhlarga bolinadi?

Javob: yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
Download 37.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling