Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test
Download 37.54 Kb.
|
Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test
KORXONALAR IQTISODIYOTI FANIDAN TEST Savol: Kadrlar salohiyati nima? Javob: Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Savol: Konsern nima? Javob: Bu ishlab chiqarish diversifikasiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporasiya. Savol: Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining necha xil turi mavjud? Javob: 3 turi mavjud Savol: Ichki xarajatlarga nimalar kiradi? Javob: Asosiy kapital amortizatsiyasi, ijara xaqi, qarz pul mablag‘lari va foizlari. Savol: Xo‘jalik assosiasiyasiga mos ta’rifni belgilang. Javob: Jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o’zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko’ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi sub’ektlar o’z mustaqilligini saqlab qoladilar. Savol: Mehnat unumdorligi nima bilan bedgilanadi.? Javob: Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Savol: Konsalting korxonaga mos ta’rifni belgilang muxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi Javob: Bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatdir. Savol: Litsenziya nima? Javob: Litsenziya - iqgisodiyotning ayrim sohalari yoki tarmoqdarida jiddiy davlat ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar, tarmoqlar, korxonalarga ayrim mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish sotish, tashish, saqlash va ta’mirlash kabi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi hujjat. Savol: Konsorsium nima? Javob: Bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladigan muvaqqat birlashmasidir. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Savol: Universal korxonalar qatoriga qanday korxonalar kiradi? Javob: Turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar Savol: O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat turlari qaysilar? Javob: Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo Savol: Texnologik umumiyligiga ko‘ra korxonalar qanday turlarga bo‘linadi? Javob: Korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo’linadi. Savol: Sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICh.P) kimlar? Javob: Sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICh.P) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari; Savol: Xususiy korxona qancha muddatga tuziladi? Javob: Agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Savol: Lizing firmasi nima bilan shug‘ullandi? Javob: Lizing to’lovlari bilan shug’ullanadi. Savol: Xizmatchilar kimlar? Javob: Hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo’jalik xizmati xodimlari (agentlar, g’aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo). Savol: Xususiy korxonaning huquqlari keltirilgan javobni belgilang. Javob: Barchasi Savol: Aylanma ishlab chiqarish fondlari nima? Javob: Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Savol: Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tuzish kimning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi? Javob: Muassislarning (muassisning) Savol: Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining qanday turlari mavjud? Javob: Uch xil turi majud: Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling