O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
TАSDIQLAYMAN”
O`quv ishlаri bo`yichа prоrеktоr
________________ R.Shukurov
“30” аvgust 2022-yil
IQTISODIYOT NAZARIYASI
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
Ta’lim sohasi: 310000 – Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
Farg‘ona - 2022
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga jahon miqyosida to`plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarni taraqqiyotning turli bosqichlarida va turli mamlakatlarida tarkib topib shakllangan nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo`lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko`maklashish; talabalar ongiga iqtisodiy taraqqiyotda erishilgan yutuqlar asosida milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizasiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to`g’risida milliy ko`nikmalarni hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |