O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlig


II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi


Download 120.5 Kb.
bet2/9
Sana12.03.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1263839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI O\'QUV DASTURI

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu: 1.Biznes va tadbirkorlikda texnologik innovatsion samaradorlik . Tadbirkorlik kapitali. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda . Agrar munosabatlar : ijara xaqi va renta

Bozor iqtisodiyoti mulkchilikni turli shakllariga asoslangan tizimdan iborat bulib, u rakobatli iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Rakobatda korxona va firmalar ishtirok etadi. xuddi shuningdek rakobatda tadbirkorlar ham ishtirok etadi. tadbirkorlik faoliyati uz mulki xisobidan daromad oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy resurslar xisoblanib, inson resurslarining tarkibiy kismini tashkil kiladi. Biz ushbu mavzuda tadbirkorlik faoliyatining moxiyati, maksadi va uning turli shakllarda nomoyon bulishini tushuntiramiz, shuning bilan birga tadbirkorlik kapitali va uning xarakat kilish boskichlari va undagi jarayonlarni kurib utamiz. Tadbirkorlik faoliyati juda uzok davrlarni uz ichiga oladi va iqtisodiy faoliyatning tarkibiy kismidir. Tadbirkorlikning asosiy tushunchasi XVIII asrda paydo bulgan va “Mulkdor” tushunchasini bildiradi. Garb adabiyotlarida tadbirkorlik tushunchasiga-foyda olish, daromad topish maksadida xujalik yuritish san’ati, ijodkorlik, tashabbusning erkin nomoyon bulishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bulish deb karaladi. “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari tugrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ta’riflanishicha, tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maksadida, taxlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik insonga xos bulgan mehnat bulib, foyda olishga yunaltirilgan faoliyatdir. Tadbirkorlik kilish uchun mulk egasi bulishi shart emas. Bu degani kobiliyati bulgan, akl-zakovatli inson birovlarni mulkini ijaraga olib faoliyat kurstaishi mumkin yoki ssuda olib ish yuritishi mumkin.




2-mavzu: Yalpi ichki maxsulot va milliy daromad. Yalpi talab va yalpi taklif. Asosiy makroiqtisodiy munosabatlar iste’mol va jamg‘arma

Biz o’rganayotgan iqtisodiyot nazariyasi 4 bulimdan iborat bulib, birinchi bulimda iqtisodiy tarakkiyotning umumiy asoslari, ikkinchi bulimda Bozor iqtisodiyoti nazariyasi, uchinchi bulimda milliy iqtisodiyot (makroiktisod)ning amal kilish va rivojlanish qonuniyatlari, 4 bulimda jaxon xujaligi bilan bog‘liq bulgan iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy qonuniyatlar va muammolar uriganiladi. Iqtisodiy jarayonlar va vaziyatlar mikro mikyosda urganilishi bilan chegaralanib kolmaydi, mamlakat iqtisodiyoti ham urganiladi. Makroiktisod (Yunon. Makros katta) kursatkichlar degan ma’noni bildiradi. Bozor iqtisodiyotda mulkchilikni turli shakllari amal kilganligi sababli, makroiqtisodiyotga nisbatan kuprok milliy iqtisodiyot atamasi ishlatiladi.


Milliy iqtisodiyot ijtimoiy mehnat taksimotiga asoslangan xolda xalk xujaligini barcha buginlarini uzaro boglaydi, u murakkab tizim bulib, iqtisodiy vaziyatga baxo beradi, tegishli xulosalar chikaradi. Kishilarni iste’moli uzluksiz bulgani sababli, ishlab chiqarish va xizmat kursatish ham doimo takrorlanib turishi lozim, ya’ni takroriy bulmogi kerak. Shu nuktai nazardan karaydigan bulsak, takror ishlab chiqarish 2 turga bulinadi:
1. Oddiy takror ishlab chiqarish;
2. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Bu xajm jixatdan bulinishidir. Mikyosi jixatdan yondoshsak, mikromikyos (firma, korxona, uy xujaligibi), mezomikyos (soxalar, tarmoklar), Makromikyos (mamlakat) Megamikyos (jaxon mamlakatlaridagi) takror ishlab chiqarish urganish, taxlil kilish mumkin. Moddiy nematlar va xizmatlar xajmini ulchash va xisoblash zarur. Bunga turlicha yondashuvlar va usullar mavjud. Masalan, kadim zamonlardagi dastlabki nazariy chizmalar F. Kene va A. Smitlar yaratganlar.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling