O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlig


III. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar


Download 120.5 Kb.
bet7/9
Sana12.03.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1263839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI O\'QUV DASTURI

III. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

Jahon xo`jaligining shakllanishi va rivojlanishi

Xalqaro iqtisodiy integratsiya, uning mazmuni va shakllari

Jahonning iqtisodiy global muammolari

Erkin savdo va protektsionizm siyosati

O`zbekiston tashqi savdo munosabatlari geografiyasining sifat jixatidan o`zgarib borishi

To`lov balansining mohiyati va tarkibi.

Mustaqil ta’lim mavzulari talabalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Mavzular yuzasidan talabalar mustaqil ish, taqdimotlar tayyorlash va himoya qilishi tavsiya etiladi.


IV. Fanni o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Talaba zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmi; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushbu bozorlardagi harakat qilish qoidalari; ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, tavakkalchilik va uni oldini olish hamda pasaytirish yo'llari, bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishi; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashish yo'nalishlari va ularning oqibatlari; mehnat, kapital va er bozorining ishlash mexanizmi, fanining predmetini, ob'ekti hamda makroiqtisodiy agentlar; makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning mohiyati va ularni hisoblash shartlari; tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqgisodiy muvozanatga erishish mehanizmining mohiyati; pulga talab, pul taklifi va pul bozorida muvozanatga ta'sir etuvchi omillar; byudjet-soliq va pul - kredit siyosatining maqsadlari, vositalari, ko'rinishlari; iqtisodiy o'sishning mohiyati, o'lchanishi, omillari va modellari; tashqi sado siyosatining nazariy asoslari va vositalari; mamlakat to'lov balansining tuzilishi, makroiqtisodiy ahamiyati va uni tartibga solish usullari; valyuta kursining mohiyati, makroiqtisodiy ahamiyati, uni belgilovchi omillar va barqarorligini ta'minlash shartlari to'g'risida tasavvurga va bilimga ega bo‘lishi:
Talaba - talaba bozordagi talab va taklif to'g'risidagi statistik ma'lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarishni; statistik ma'lumotlar asosida talab va taklif funktsiyalarini tuzishni, talab va taklifning elastiklik koefisientlarini xisoblash va ular asosida bozordagi holatni tahlil va prognoz qilishni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo'llashni; makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilishni; makroiqtisodiy siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berishni; makroiqtisodiy siyosatning natijalarini prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Talaba taqchil resurslarni taqsimlanish; talab va taklifni tahlil qilish; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to'grisida ma'lumotlar to'plash; bozor sharoitida narxning shakllanishi mexanizmini aniqlash; har xil bozor tuzilmalarida firmalarning harakat qilishini belgilash; bozorning ishlash samaradorligi va unga ta'sir qiluvchi omillarni tahlil qilish, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash; asosiy makroiqtisodiy modellarning o'zgaruvchilarini aniqlash va tenglamalarini tuzish; tovarlarlar va xizmatlar bozorida qisqa va uzoq muddatli muvozanatni ta'minlash mexanizmini tushuntirib berish; pul bozorida muvozanat yuzaga kelishining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash; makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko'rsatkichlarga ta'sir ko'rsatishi qonuiiyatlarini aniklash; turli makroiqtisodiy vaziyatlarda byudjet-soliq yoki pul-kredit siyosatini qo'llash hamda o'zaro muvofiqlashtirish shartlarini tushuntirib berish; tashqi savdo siyosati va valyuta kursini tartibga solish orqali to'lov balansi holatiga, yalpi talab va yalpi taklif hajmlariga ta'sir ko'rsatish usullarini tavsiflab berish; ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda makroiqtisodiy siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini, milliy va jahon iqtisodiyoti darajasida bozor mexanizmi qanday amal kilipshni izohlab berish ko'nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling