Raqobat, raqobat kurashi nazariyasi


Download 36.74 Kb.
bet1/7
Sana08.03.2023
Hajmi36.74 Kb.
#1249095
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqobat nazariyasining evolutsion rivojlanishi


Raqobat, raqobat kurashi nazariyasi

Bugungi kunda demokratik va evolyutsion taraqqiyot yo’lidan rivojlanish eng maqbul va samarali yo’l ekanini hayotning o’zi isbotlamoqda. O’zbekiston ham ana shu yo’ldan bormoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish ham mana shu demokratiyaning muhim sharti bo’lib, demokratiyaning iqtisodiyottagi ifodasi – bu bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyoti – bu erkin bozor demakdir. Ya’ni, bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma narsani talab va taklif belgilaydi.


Bu – bozorning asosiy tamoyili hisoblanadi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib: «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar.
Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faoliyat ko’rsatadi. Raqobat siyosati fani raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti-harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashining mohiyati va shakllarini o’rganadi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarini shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilishni o’rgatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko’rib chiqish mumkin emas.
Raqobat – bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o’z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o’zaro bellashuvidir. Odamlarni biribiri bilan kurashi emas, balki, manfaatlar to’qnashgan joyda vujudga kelgan kurashishi raqobat deyiladi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Tarmoq sotuvchilarining raqiblari bilan bozordagi eng yaxshi o’rin va raqobat ustunligiga erishish uchun kurashda sarflayotgan kuch-g’ayrati raqobatning eng yaxshi va yaqqol indikatori hisoblanadi. Firmaning raqobat strategiyasi bozorda muvaffaqiyatga erishish va imkon boricha raqib firmalar ustidan raqobat ustunligiga erishish bo’yicha faoliyat dasturidan iborat. Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo`ladi.
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Bitta yoki undan ko’p raqiblar o’z ahvollarini yaxshilash maqsadida yangi strategik hujum boshlasalar yoki egallagan mavqeini saqlab qolish uchun himoyani yangicha tashkil qilganlarida raqobatning yangi yo’nalishlari vujudga keladi. Firmaning o’z strategiyasini to’g’ri tanlamasdan yoki qayta ko’rib chiqmasdan faoliyat ko’rsatish muddati bozordagi uning muvaffaqiyati (yoki muvaffaqiyatsizligiga), shuningdek raqiblar tomonidan qilingan strategik qarshiliklarga javoban xatti-harakatlariga bog’liq. Firma raqobat strategiyasining raqiblar strategiyasiga nisbatan past kelganini aniqlaganda, u bunchalik tez mag’lub bo’lmaydigan yangi strategiyani topishi zarur, yoki o’zining holatiga qanoat qilishi kerak.
Faoliyatning mumkin bo’lgan yo’nalishlarini ko’rib chiqishda, firma osonlikcha takrorlash ham, barbod qilish ham mumkin bo’lmagan raqobat strategiyasini tanlashi mumkin. Iste’molchilarga raqobatchilar osonlikcha yoki kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishi mumkin bo’lmagan mahsulotni taklif qila borib, firma bozorda yaxshi mavqeni egallabgina qolmay, unikal, hech kimda yo’q raqobat imkoniyatiga ega bo’lishi mumkinki, bu o’z navbatida, yuqori daromadlarga aylanishi mumkin.
Bevosita raqiblar bilan raqobat yo strategik jihatdan muvaffaqiyat keltirishi, yoki strategik mag’lubiyatga olib kelishi mumkin. Agar strategik muvaffaqiyat yetarli darajada bo’lsa, u bozor kuchlarining faoliyat yo’nalishiga va raqobat bosimiga ta’sir qilishi va hattoki ularni «boshqarishi » mumkin.
Strategik mag’lubiyat raqobatga nisbatan yaxshi o’ylanmagan, yoki zaif amalga oshirilgan yondashishni, yoki unisini ham, bunisini ham aks ettiradi. Mag’lubiyat firmaning o’z strategiyasini qayta ko’rib chiqishiga, bozordagi o’z mavqeini yo’qotishga, yoki hattoki uning tarmoqni tark etishiga olib kelishi mumkin.

Raqobat qiluvchi sotuvchilarning xatti-harakatlari va bir-biriga nisbatan qarshiliklari natijasida, firmalar bozor talab va taklifining yangi sharoitlarini yaratibgina qolmay, unga javob ham qaytaradilar. Boshqa so’z bilan aytganda, raqiblarning raqobat strategiyalari ma’lum jihatdan bozorda sodir bo’layotgan hodisalarni nazorat qiladilar va ular tomonidan nazorat qilinadilar; faoliyatlar va qarshi faoliyatlar ketma-ketligini amalga oshirish yo’li bilan, raqib firmalarning strategiyalari bozorga ta’sir ko’rsatadi, lekin shu bilan birga bozor ham raqib firmalar muvaffaqiyat qozonish uchun tanlagan strategiyalariga o’z ta’sirini o’tkazadi.


Porterning «tarmoq raqobatining besh kuchi» nuqtai nazaridan tahlil qilinadigan ma’lum tarmoq tarkibi undagi raqobat intensivligini, va demakki, biznesning daromadlilik salohiyatini belgilaydi. Muvaffaqiyatli strategiyalarni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ushbu besh kuch tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar (bozor bitimlarining shartlariga ko’ra ularning savdodagi nisbiy kuchlari), raqobatchilar, tovar-o’rinbosarlar va tarmoqdagi yangi firmalardan iborat.
Porter fikricha, firma tarmoqda shunday joylashishi kerakki, ushbu «besh kuch» ta’siridan o’zini juda yaxshi muhofaza qilishi yoki ularga ta’sir o’tkaza olishi lozim. Firma ichki imkoniyatlarining tahlili ham ta’sir o’tkazishi kerak, lekin, faqat raqobatchilar tahlilining umumiy sxemasi doirasida. Asosiy maqsad firmani tarmoqqa kirishning kuchli to’siqlari orqasida joylashtirish, bu raqobatning cheklanishiga va chegaraviy xarajatlardan yuqori bo’lgan baho belgilash yo’li bilan kvazimonopol daromadlarning ta’minlanishiga olib keladi.
Firmalar o’rtasidagi raqobat turli shakllarni va intensivlik darajasini olishi mumkin. Ushbu tarmoq firmasining joriy strategiyasi bozorlar va raqobat kurashining firmalar strategiyasiga ta’sirining, va aksincha, firmalar strategiyasining bozorlar va raqobat kurashiga ta’sir jarayonining aksidir. Raqobatchi firmalar strategik choralari va qarshi choralarining cheksiz ketma-ketligi doimiy ravishda raqobatga yangi bosim yaratadi. Shunday qilib, raqobat kurashining shakl va intensivligining o’zgarishlari qonundir, uning aksi emas.

Download 36.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling