Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari


Download 1.26 Mb.
Sana25.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1720505
Bog'liq
5-mavzu jadval


ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
Elektron jadvallar.
Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o‘lchovli massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumot larni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
MS Excel dasturi.
EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangiyangi imkoniyatlarini ko‘rish mumkin.
EXCEL bugungi kunda mashxur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar, ukimishli kishilar, xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ruyxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik otchyotlar, jamoa fikrini xisobga olish biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentastion materiallar tayyorlash mumkin.
Microsoft Excel dasturini Windowsning «Пуск» ►► «Все программы» ►► «Microsoft Office» ►► «Excel2019» yoki bazi xollarda Windowsning «Пуск» ►► «Все программы» ►► «Excel2019» ni tanlab dastur ishga tushiriladi.
Microsoft Excel
Uskunalar paneli
Matnlarning shakli va ranglari bilan ishlash bo‘limi
Matnlarning joylashuvi bilan ishlash bo‘limi
Ko‘rinishlar bilan ishlash bo‘limi
Microsoft Excel
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536ta satr va 256ta ustundan iborat edi. Excel 2019 dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo‘lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha).
Demak Excel 2019 dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo‘lib, har bir katakcha o‘zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo‘lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o‘ng burchakda)ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
Ustun
Satr
Katakning manzili
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko‘p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo‘linadi.
Excel dasturi oynasi bilan ishlash
Excel dasturi oynasini boshqarish barcha boshqa Windows dasturlari oynalarini boshqarish kabi bo‘lib, u kichiklashtirilgan holda bo‘lganda uning chegaralarini surish uchun kerakli chegara ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirilib, u ikki tomonlama ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘tgach, chap tugmani bosib turgan holda chegarani keraklicha surish mumkin. Dastur oynasining o‘zini surish uchun shu dastur sarlavha satri ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib turgan holda dastur oynasini siljitish mumkin. Dastur oynasini yopish uchun yuqori o‘ng burchakdagi X harfi ko‘rinishidagi tugma bosiladi (Alt+F4 kombinatsiyasi ham shu vazifani bajaradi).
Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud. Exceldagi katakchalar o‘zida matn, sonlar, formulalrni saqlashi yoki ularning barchasidan xoli bo‘lishi mumkin. Formulalar yordamida Excel boshqa katakchalarda joylashgan ma`lumotlar asosida hisobkitob ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni oladi. Masalan A ustunida joylashgan dastlabki 10 ta sonni qo‘shish formulasini tuzish mumkin (=СУММA1:A10).
Formulalar bilan ishlash.
Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.
1.Bir katakni belgilang.
2.Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.
Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.
A1 va A2 deb yozish o‘rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang. A1 katakning qiymatini 3 ga o‘zgartiring.
Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatini qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli xususiyatlaridan biri!
Excelda xisoblash ishlari
Formulalar bilan ishlash
Excel dasturida yig’indini xisoblash uchun СУММ() funksiyasi mavjud. Quyidagi rasmda B6 katakga B3 dan B5 gacha bo‘lgan sonlarni yig’indisini chiqaridi
Formulalar bilan ishlash
fx ni bosish orqali bir qancha formulalarni ko‘rish mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA MATEMATIKA KAFEDRASI
  • Axrorjon Yo‘ldashev
  • Farxod Mulaydinov
  • Rustam Toxirov
  • Jasurbek Sulaymonov
  • Nodirjon Rahmonov

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling