Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi


O’quvchilar va o’qituvchilar SHKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash


Download 17.92 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi17.92 Kb.
#1184974
1   2   3   4
Bog'liq
referat IT

O’quvchilar va o’qituvchilar SHKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash hisobiga o’quv jarayonlarini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin: o’qituvchi SHKda bajariladigan ishlarni o’quvchilar SHKda ko’rsatish; o’qituvchining SHK monitorida o’quvchilar SHKlari ekranlarini aks ettirish orqali o’quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.

  • Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo’lganda lokal tarmoqning har qanday SHKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash.

    Tarmoq topologiyasi – bu SHKlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy chizmasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi asosiy uch topologiyadan biridan foydalaniladi: monokanalliaylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o’zi zarur.
    Kirish uslubi – bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo’lib, har bir SHK tarmog’iga o’rnatiladi va tarmoq kanallari bo’yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
    Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash – bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bog’langan SHKlar tomonidan qayta ishlash demakdir.
    Shinali topologiya — eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’iicha har ikki tomonga tarqaladi.
    Yulduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar
    ulanadi. Har bir periferiya uzel markaziy uzel bilan alohida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi.
    Intranet – bu internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
    Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi katalogda qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.

    Download 17.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling