Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi


Download 17.92 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi17.92 Kb.
#1184974
  1   2   3   4
Bog'liq
referat IT

Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.


Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.
1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotlarni «markazlashtirilgan» qayta ishlash tizimlaridan foydalanish keng tarqaldi. Katta moddiy xarajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keladi. Qolaversa markaziy EHMning biron-bir qismining qisqa vaqtga bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib keldi. Nihoyat, shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi «tarmoqlangan qayta ishlash» texnologiyasini yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informatsion tizimning shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro informatsion aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada, hisoblash tarmoqlari hosil bo’ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
– ma’lumotlar va fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish;
– umumiy ma’lumotlar xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;
– axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuter tarmog’i-bu kompyuterlarni bir-biri bilan bog’laydigan tizim hisoblanadi. U disklarni ishlatmasdan, ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish uchun xizmat qiladi.
Hisoblash tarmoqlari quyidagi tiplarga bo’linadi:
– LAN(Local Area Network) — lokal hisoblash tarmog’i.
– MAN (Metropolitan–regional Area Network) –korporativ (regional yoki mintaqaviy) hisoblash tarmog’i.
– WAN (Wide Area Network) — jahon hisoblash tarmog’i.
– KAN (Korporativ Area Network) — korporativ hisoblash tarmog’i.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra globalmintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming kilometr uzoqlikdagi SHK va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi.
SHKning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axbo­rot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi SHKlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha SHKlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi – lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyatidir. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliga quyidagicha: ko’p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog’idagi disklarning umumiy resurslaridan va hamma kirish mumkin bo’lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir SHKdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati.Fayl-serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab o’tamiz:

Download 17.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling