Reja: Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va tasniflanishi


Download 41.76 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi41.76 Kb.
#1190347
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya.


Mavzu: Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari
Reja:

  1. Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va tasniflanishi

  2. Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi

  3. Kompyutеr tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi jihatidan tasnifi

  4. Kompyuter tarmoqlarini boshqarilishi bo‘yicha tasnifi

  5. Kompyuter tarmoqlarini boshqarilishi bo‘yicha tasnifi

Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati

Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada hisoblash tarmoqlari hosil bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:


• ma’lumotlarni, fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tqazish;
• umumiy ma’lumotlarni xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;
• qo‘shimcha texnikalarni tejash;
• axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. U bir necha kompyuter, terminal va boshqa apparat vositalarini o ‘z ichiga olib, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan aloqa liniyalari bilan o‘zaro bog‘langan hisoblash tizimidir.
Kompyuter tizimi – markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, tasmali tashuvchilar va shunga o‘xshash vositalar to‘plamidir.
Kommunikatsiya tarmog‘i – asosiy vazifasi ma’lumotlar uzatish bo‘lgan tarmoq. Ma’lumotlarning uzatishning va ularga ishlov berishning ayrim turlarini ta’minlaydigan axborot tarmog‘ining o‘zagi. Bir kommunikatsiya tarmog‘i asosida bir necha axborot tarmog‘ini yaratish mumkin. Kommunikatsiya tarmog‘i vazifasi bo‘lib qabul qiluvchilarga ma’lumotlar bloklarini o‘z butunligini yo‘qotmagan holda, xatolarsiz va buzilishlarsiz yetkazib berish hisoblanadi. Tarmoqda ortiqcha yuklamalarni, katta navbatlarni va tizim buferlarni to‘lib ketishni oldini olish ham muhimdir.
Kommunikatsiya tarmoqlari uch sinfga bo‘linadi: ma’lumotlarni yo‘naltirishni bajaradigan tarmoqlar, ma’lumotlarni tanlab uzatadigan tarmoqlar va aralash tarmoqlar. Uzatilayotgan signallarni turlariga qarab, mos ravishda analogli tarmoqlar va raqamli tarmoqlarni farqlashadi. Qamrab olingan makoniga qarab, kommunikatsiya tarmoqlar bevosita global tarmoqlar, hududiy tarmoqlar va lokal tarmoqlar hosil qiladi. Bundan tashqari kabelli tarmoqlar va simsiz tarmoqlar turlari
mavjud.
Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi
Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari. Ma’lumotlarni qayta ishlashning yirik tizimlarini yaratilishi alohida korxonalar,tashkilotlar va ularning bo‘limlariga xizmat ko‘rsatuvchi hisoblashtexnikasi vositalarining aloqa vositalari yordamida yagona taqsimlanganhisoblash tizimiga birlashishi bilan bog‘liqdir.
Hisoblash vositalarining bunday komplekslashtirilishi

  • birinchidan,xarajatlarni kamaytirish hisobiga;

  • ikkinchidan ishlayotgan EHMlar ishonchini va unumdorligini oshirish hisobiga;

  • Uchinchidan markazlashgan va markazlashmagan ma’lumotlarni qayta ishlashafzalliklarining ratsional birikmasi hisobiga; shuningdek, yagona qudratli hisoblash va axborot resurslaridan kompleksli foydalanish axborotlarini qayta ishlash tizimlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.

Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining markazlashtirilishi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. Alohida EHM (yoki hisoblash markazi doirasida birlashgan EHMlar majmuyi) ga ko‘plab foydalanuvchilar abonent punktlarining ulanishi orqali, ya’ni ma’lumotlarni teleishlashi tuzilishini yaratish.
2. Hisoblash tarmoqlarini yaratish orqali bu tarmoqlarda bir-biridan uzoqlashgan ko‘plab EHMlar yoki hisoblash markazlari oralaridagi birlashuv ro‘y beradi. Bu kabi taqsimlangan tizimlarning territorial uzoqlashgan komponentlari orasidagi axborot uzatishi standart telefon va telegraf yo‘llari yordamida, shuningdek o‘rama simlar va koaksial kabellari orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon hisoblash tarmoqlariga quyidagilar xos:
• bir-biridan uzoqlashgan ko‘plab EHM lar va alohida hisoblash tizimlarining yagona taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlashningtizimlarga birlashishi;
• hisoblash texnikasi vositalarining o‘zaro ta’siri jarayonida axborotlar bilan almashuvni tashkil qilish uchun ma’lumotlarni qabul qipish va uzatish vositalari va aloqa yo‘llarining tatbiq etilishi.
• abonent punktlari va foydalanuvchilar terminali sifatida ishlatilayotgan sirtqi asbob-uskunaning keng spektori mavjudligi;
• asbob-uskunani almashtirish va oshirish jarayonini yengillashtiradigan aloqa yo‘llari va texnik vositalarning ulanishi bir xil usullarining ishlatilishi;
• operatsion tizimning mavjudligi. Bu operatsion tizim hisoblash tarmog‘i foydalanuvchilarining masalalarini yechish jarayonida texnik va dasturiy vositalarni samarali va ishonchli qo‘llanilishini ta’minlab beradi.
Hisoblash tarmoqlari ishlatilishining o‘ziga xos xususiyatli tomonlari bu nafaqat apparat vositalarining ma’lumotlar qayta ishlash va yaratilish joyiga bevosita yaqinlashishi, balki bir nechta EHM lar orasidafoydali taqsimlash maqsadida boshqarish va ishlov berish funksiyalarining alohida tuzuvchilariga bo‘linishi hamdir. Shuningdek foydalanuvchilarning hisoblash va axborot resurslariga kirish yo‘llarining tez va ishonchli ta’minlanishi va bu resurslarning jamoaviy ishlatilishini tashkil etish ham hisoblash tarmoqlarining xususiyatli tomonlaridan biri. Hisoblash tarmoqlari alohida hudud va umuman mamlakat miqyosida ishlab chiqarish, transport, moddiy texnik ta’minotni boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi.
Hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarning katta hajmini to‘plash imkoniyati. bu ma’lumotlarning ommabopligi, shuningdek dasturiy va apparat vositalarining ishlatilishi va ularni ishlab turishining yuqori ishonchliligi - bularning hammasi foydalanuvchilarning axborot xizmatini yaxshilashga va hisoblash texnikasi qo‘llanilishining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Hisoblash tarmoqlari sharoitida quyidagi imkoniyatlar ko‘zda tutilgan:
• EHMlar tomonidan ma’lumotlar parallel ishlatilishini tashkil etish;
• turli xil EHMlar xotirasida joylashadigan taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;
• ma’lum bir masalani samarali yechish uchun alohida EHMni (EHMlar guruhi) ixtisoslashtirish:
• alohida EHM va tarmoq foydalanuvchilari orasida axborotlar va dasturlar almashinuvini avtomatlashtirish;
• ishdan chiqib qolgan holatda tarmoqning normal ishlashini tezkor tiklash maqsadida hisoblash quvvatlarini va ma’lumotlarini uzatish vositalarini zaxirada saqlash;
• foydalanuvchilarning ehtiyoji va yechilayotgan masalalarning qiyinligi o‘zgarishiga qarab tarmoq foydalanuvchilarining orasida hisoblash quvvatlarini qayta taqsimlash;
• qimmatbaxo tashqi asbob-uskuna va EHM yuklanish darajasini oshirish va mustahkamlash;
• ishni keng rejimlar doirasida olib borish, dialog, paketli talab-javob rejimlari.
Amaliyotda ko‘rayotganimizdek ma’lumotlar ustida ishlash imkoniyatlarining kengligi va tizim ishlashining ishonchliligini oshirish hisobiga hisoblash markazlarida ma’lumotlarni qayta ishlashning bahosi avtonom EHMlarida bu kabi malumotlar qayta ishlashining bahosiga nisbatan 1,5 dan ko‘proq. Hisoblash tarmoqlari turli xil belgilariga ko‘ra turkumlanadi. Dasturi bir-biriga mos, to‘g‘ri keladigan EHMlardan tashkil topgan tarmoqlar bir jinsli yoki gomogen deyiladi. Agar tarmoqning EHM lari, dasturiy vositalar bir-biriga mos kelmagan bo‘lsa. bunday tarmoq bir jinsli emas yoki geterogen deyiladi.
Tarmoqlar ma’lumotlar uzatilishining tashkil etilishi bo‘yicha quyidagilarga farqlanadi:
• kanallar kommutatsiyasi bilan;
• xabarlar kommutatsiyasi bilan;
• paketlar kommutatsiyasi bilan;
Birinchi holda tarmoq tarkibiga kiradigan har bir EHM bajaradigan tarmoq operapiyalarining koordinatsiyasi uchun dasturiy vositalar to‘liq to‘plashini o‘z ichiga oladi. Bunday turdagi tarmoqlar murakkab va yetarlicha qimmatbaxo, chunki alohida EHMlarning operatsion tizimlari tarmoq xotirasinnng umumiy maydoniga jamoaviy kirish yo‘li ko‘zda tutilib ishlab chiqiladi.
Kommunikatsiya funksiyalarini tatbiq etish texnologiyalarini ishlab chiqish quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:
• axborotni uzatish kanallari uchun kommunikatsion texnik vositalarni tanlash ( tashkiliy talab va moliyaviy resurslarni inobatga olgan holda);
• kommunikatsion texnikani ishlash tartibini aniqlash;
• kommunikatsion texnikani qo‘llash shakllari va xizmat ko‘rsatuvchilarni sonini va tarkibini aniqlash;
• kommunikatsion texnikasidan samarali foydalanish maqsadida boshqaruv personalini malakaviy darajasini va tarkibini aniqlash;
Kommunikatsiya vositalariga quyidagilar kiradi:
• statsionar va mobil aloqa vositalari va tizimlari;
• telegraf aloqa vositalari va tizimlari;
• faksimil va modem aloqa vositalari va tizimlari;
• sputnik aloqa vositalari va tizimlari.
Aloqa vositasi. Foydalanuvchilar o‘z faoliyatini kengaytirish uchun uzoq masofada joylashgan qo‘shimcha ma’lumotlarga , resurslarga muhtojlar. Ushbu masalaning eng oddiy yechimlaridan biri bu kompyuterlarni bir biriga modem orqali ulashdir.
Modem – telefon tizimi orqali kompyuterlarni bir biriga ulash vositasidir. Modem nomi MOdulyator-DEModulyator so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, raqamli signallarni analog shaklga o‘zgartiradi va teskari. Modemlar imkoniyatlari bilan farqlanadi. Asosiy farqlar quyidagilar: ma’lumotlarni uzatish tezligi; xatolarni tuzatish imkoniyatlari, ma’lumotlarni kompresslash, boshqarish imkoniyatlari vaxavfsizlikni ta’minlash.
Modemlarning asosiy turlari:
Kommutatsiyalanadigan liniyalarga mo‘ljallangan modem. Ushbu modemlar telefon raqamlarini avtomatik ravishda terish ,ma’lumotlarni har xil tezlikda jo‘natish va ularni kompresslash imkoniga ega.
Ijaraga olingan liniyalarga mo‘ljallangan modem. Uzoq muddat ichida ma’lumotlarga muhtoj tizimlarda telefon liniyasini ijaraga olish mablag‘ni tejamlashga imkon beradi. Ushbu liniya ma’lumotlarni ishonchligini to‘liq ta’minlaydi va ularni yuqori tezlikda uzatishga va qabul qilishga imkon beradi.
Modemni tanlashning asosiy kriteriyasi uning tarmoqni boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqadi. Tarmoqni boshqarish asosan kompyuter hisoblash tarmog‘ining elementi sifatida ishlatilsa va ma’lum bir protokollarni qo‘llab quvvatlashga bog‘liqdir.
Xavfsizlikni ta’minlash deyilganda tarmoqda modemning “dial-back” ,ya’ni teskari chaqiruv orqali abonentning vakolatlarini tekshirish imkonini berishi yoki ma’lumotlarni kodlash nazarda tutiladi.
Ma’lumotlarni uzatish muhitlari. Ma’lumotlarni uzatish muhitlari – kompyuterlar o‘zaro axborot almashuvini ta’minlovchi aloqa kanalidir. Agar tarmoq to‘liq bog‘lanmagan bo‘lsa, demak unda bir nechta tarmoq qurilmalari bitta aloqa kanalidan foydalanishi kerak bo'ladi.
Ma’lumotlarni uzatish muhiti qo‘llaniladigan aloqa kanali quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• simli;
• kabelli;
• simsiz.
Simli kanallarida telefon yoki telegraf aloqalarida qo‘llaniladigan simlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu aloqa kanalining tezligi past bo‘lganligi sababli keng ishlatilmaydi. Bu yo‘nalishda hozirgi kunda elektr tarmoqlaridan foydalanish haqida ham so‘z olib borilmoqda.
Kabelli aloqa bevosita maxsus kabellar orqali amalga oshiriladi. Kabellar bir necha qavat izolyatsiyadan iborat bo‘ladi.
Kompyuter tarmoqlarini yaratishda asosan 3 xil kabellar qo‘llaniladi:
• yuqori chastotali misli koaksil kabel
• o‘rama juftlik misli kabel
• optik tolali kabel
Kabellar uchun quyidagi ko‘rsatkichlar muhim hisoblanadi:
• o‘tkazish kengligi – o‘tkaziladigan signallarning chastotatisining diapazoni;
• signallarning tarqalishidagi ushlanishlar- to‘xtovlar;
• kabelning himoyalanligi – ya’ni kabelni tashqi muhitdan keladigan to‘lqinlardan va ichki muhitda paydo bo‘ladigan to‘lqinlardan himoyalanligini bildiradi;
• so‘nishlik – aloqa kanalining boshidagi bilan oxiridagi signalning quvvatining pasayishi;
• to‘lqin qarshiligi – bu elektr tarmoqlarga taaluqli bo‘lib, aniq chastotali elektmagnit to‘lqinining tarqalishidagi to‘liq qarshilik.
Tarmoq kabeli. Har qanday kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar uzatish kanallari orqali elektromagnit signallar ko‘rinishida uzatiladi. Uzatish muhitlarining asosiy kamchiligi signalarning pasayishi deb hisoblanadi. Uzatish muhiti ikki xil bo‘ladi: cheklangan va cheklanmagan muhitlar. Muhitning cheklanganligi signal o‘tkazuvchilarning fizik nuqtayi nazardan cheklanganidan kelib chiqadi, aks holda muhit cheklanmagan hisoblanadi. Cheklangan muhitlarga «o‘rama juftylik» , koaksil kabel va optik tolali kabellar kiradi.
Cheklanmagan muhit bu ochiq fazo bo‘lib, bu yerda mikro va boshqa to‘lqinlar signallari uzatiladi.
Tarmoq kabeli – o’tkazuvchi-sim, qaysikim kompyuterlarni birbiri bilan tarmoqga ulaydi. Tarmoqda fayllarni chop etish, elektron xatlarni jo‘natish va boshqa ishlarni bajarish kabel yordamida amalga oshiriladi.
Ishlab turgan tarmoqdan kabelni uzib qo‘yish bevosita fayllarni yuqotib qo‘yish yoki tarmoqni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin.Qo‘llaniladigan kabellarning turlari Patch cable – qisqa kabel , qaysikim kompyuterni tarmoq rozetkasiga ulash uchun ishlatiladi.
Twisted Pair (TP)-o‘rama juftlik , qaysikim bir-biriga o‘ralgan izolyatsiyalangan ikki simdan iborat. Simlarni o‘ralashdan maqsad o‘tkazuvchanlikni kuchaytirish va tashqi muhitning elektromagnit to‘lqinlar (ElectroMagnetic Interface - EMI) ta’sirini kamaytirish .Juftlangan simlar o‘z navbatida izolyatsiyalangan qobiqda bo‘ladi. EMIning ta’sirini kamaytirish maqsadida kabellar o‘z navbatida qo‘shimcha simlar to‘ridan iborat qobiqga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu kabellar ekranlangan (STP - Shield Twisted Pairs), aks holda ekranlanmagan (UTP - UnShield Twisted Pairs) kabel deb aytiladi. IBM Token Ring va local Talk kabellar ekranlangan kabel turiga kirsa, oddiy telefon kabellari ekranlanmagan kabel turiga kiradi. TP kabellarning afzalligi uning arzon narxida va o‘rnatishdagi yengilligi. O‘z navbatida kamchiligi sifatida uning EMI ga va mexanik buzilishlarga ta’sirchanligi hisoblanadi.
Koaksial kabel (coax cable ) – televideniyeda ishlatiladigan markaziy o‘tkazuvchan kabeldir. Koaksial kabellar ikkita o‘tkazuvchandan iborat. Umumiy o‘qqa ega bo‘lganliklari sababli u COAX deb atalgan va ekranlashgan to‘r bilan qoplangan, u ikki vazifani bajaradi:
1) axborotlarni uzatish 2) ichki o‘q mis simni tashqi elektromagnit to‘lqinlardan himoyalaydi.
Koaksial kabellar ikki xil bo‘ladi: qalin va ingichka. Qalin koaksial kabel ma’lumotlarni uzoq masofaga jo‘natish imkoniga ega bo‘lsada ingichka kabeldan qimmat narxi bilan ajralib turadi. Koaksial kabellar TP kabellarga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatadi va EMI dan ko‘proq himoyalangan deb hisoblanadi, lekinda qimmatbaxo bo‘lib, o‘rnatishda ko‘p xarajatlarni talab qiladi.
Optik tolali kabel (OK). Ushbu kabel nur o‘tkazuvchi shishadan yoki plastikadan iborat bo‘lib himoyalangan qobiq ichida joylashtiriladi. Nur lazer yoki svetodiod yerdamida tashkil qilinadi , qabul qilish manzilida fotodetektor joylashtiriladi.
Nurli signallar avzallik tomonlari ko‘p , masalan, o‘chmaslik, EMIga inertligi va mexanik buzilishlarga kamroq ta’sirchanligi, lekinda juda ham qimmatbaxo hisoblanadi.
Xab (Hub) – ko‘p manzilli qurilma bo‘lib tarmoq kabellarini ulash uchun ishlatiladi, uni tarmoq konsentratori deb ham nomlashadilar, u orqali paketlar barcha kompyuterlarga jo‘natiladi.
Repitor – signallarni kuchayturuvchi qurilma. Kommutator (Switch) – “hub” ga o‘xshash bo‘lib ko‘p manzilli qurilma bo‘lib tarmoq kabellarini ulash uchun ishlatiladi, faqatgina unga ulangan kompyuter manzillarini xotirasida saqlaydi va paketlarni aniq manzilga jo‘natadi.
Marshrutizator (Router) – ushbu qurilma tarmoqlarni ulash uchun ishlatiladi, bunda ular har xil texnologiyalar bilan bog‘langan bo‘lsada, paketlarni qayta ishlaydi va aniq manzilga jo‘nadi.
Cheklanmagan muhitlarda quyidagi vositalar ishlatiladi:
• Yer usti mikroto‘lqinli kommunikatsiyalar (YeMK);
• Sun’iy yo‘ldosh mikroto‘lqinli kommunikatsiyalar (SMK);
• Lazerli kommunikatsiyalar (LK).
YeMK orqali signallarni uzatish antennalar orqali amalga oshiriladi. Telefon kanallarida, televideniyeda ko‘p ishlatiladigan vosita. LAN tarmoqlarida ham ishlatilishi mumkin. Ularning uzatish tezligi juda yuqori bo‘lsada tashqi muhitga juda ta’sirchan. SMK sun’iy yo‘ldoshlar orasida signallarni qabul qilish va uzatish uchun ishlatiladi. Sun’iy yo‘ldosh geostatsionar orbitada joylashgan bo‘lishi kerak.
LK – ushbu vosita yordamida aniq nur yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar impulsi uzatiladi. Qabul qilingan nur o‘z navbatida bitlar ketma-ketligiga o‘girtiriladi. Ushbu vosita kichik masofalarda qo‘llanishi mumkin.
Infraqizilli tizimlar – ushbu qurilma qimmat bo‘lmagan infraqizil uzatish va qabul qilish vositalaridan iborat. Ushbu vosita qisqa masofalarda qo‘llash uchun ishlatiladi va atmosferadagi o‘zgarishlarga juda ham ta’sirchandir.
Optik tolali kabel. Bir yoki bir necha optikali tolalar bo‘lib, ular kvars shishalaridan yaratilgan bo‘ladi va umumiy himoyalangan izolyatsiyadan iborat bo‘ladi.
Kompyutеr tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi jihatidan tasnifi
1958-yilda AQSh da NORAD ( North American Aerospace Defense Command) tizimini yaratish haqida qaror qabul qilindi. Ushbu tizim raketa hujumini boshlanishi haqida ogohlantirishi zarur bo‘lgan. Lekin kuzatuv punktlari mamlakat bo‘yicha tarqalgan edi, shu bois ular orasida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish shart edi. 1962-yilning avgust oyida J.Liklayder ( ingl. Joseph Carl Robnett Licklider, 1915-1990) AQSh ning Massachuset texnologik institutidan o‘z chiqishlarida kompyuter tarmog‘ini yaratish va uning ijtimoiy ta’siri haqida so‘z yuritgan.
1962−1964 yillarda ARPA loyihasidqa ishlagan va ARPANET asoschilaridan biridir. Keyinchalik, 1962-yilning oktabr oyida Mudofaa vazirligining muhim tadqiqotlarini boshqarish loyihasiga (Defense Advanced Research Projects Agency, DARPA) rahbar etib tayinlandi. Uning boshchiligida 1969-yilning oxirida 4 ta kompyuter tarmoqga bog‘landi va u ARPANet deb yuritildi.
1972 yilda ARPANet tajriba tarmog‘i namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib , barcha kompyuterlar teng huquqli bo‘lishgan va resurslarga faqat faylga murojaat qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin bo‘lgan.
Hisoblash tarmoqlari geografik hudud bo‘yicha quyidagi tiplarga bo‘linadi:
LAN- (Local Area Network) lokal hisoblash tarmog‘i;
MAN- korporativ (regional yoki mintaqaviy) (Metropolitanregional Area Network) hisoblash tarmog‘i;
WAN- (Wide Area Network )jahon hisoblash tarmog‘i.
Bundan tashqari ba’zida quyidagi tiplar ham adabiyotlarda uchrab turadi:
PAN- (Personal Area Network ) shaxsiy hisoblash tarmog‘i
CAN- (Campus Area Network ) kampus hisoblash tarmog‘i
Global hisoblash tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i, radio-aloqa va yo‘ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmoqlar barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi.
Regional tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni bog‘laydi. U alohida mamlakatning katta shahridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi.
Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bo’lmagan mamlakat abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MAN abonentlari orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil еtadi.
Lokal hisoblash tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmoqlari tarqalgan hududda aniq chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog‘langan. Lokal hisoblash tarmoqlariga mansub sinfga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km hududni qamrab oladi.
LAN uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjudеmas. Odatda bunday tarmoq aniq bir obyektga bog’langan bo’ladi. LAN sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi.
Shaxsiy hisoblash tarmog‘i bitta shaxsga tegishli bo‘lgan qurilmalarni birlashtirishdan hosil bo‘lgan tarmoqdir. Kampus hisoblash tarmog‘i bevosita LAN tarmog‘idan yiriqroq bo‘ladi va ko‘pincha talabalar shaharchasida joylaygan bo‘ladi.
Global, hududiy va lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish ko‘p tarmoqli ierarxiyani yaratish imkonini beradi. Ular ulkan ma’lumot to‘plamlarini, iqtisodiy maqsadga muvofiq qayta ishlash vositalarini va cheksiz ma’lumot resurslariga murojaat qilishni ta’minlaydi. Lokal hisoblash tarmoqlari hududiy tarmoqga uning komponentalari sifatida kirishi mumkin, hududiy tarmoqlar global tarmoqlar tarkibiga birlashadi va nihoyat, global tarmoqlar ham murakkab tarkibni tashkil еtishi mumkin. Aynan shunday tarkib hozirda еng mashxur va ommaviy bo‘lgan dunyo miqyosidagi superglobal Internet axborot tarmog‘ida qabul qilingan.
Kompyuter tarmoqlarini boshqarilishi bo‘yicha tasnifi.
Hisoblash tarmoqlari boshqarilishi bo‘yicha markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Markazlashtirilgan tarmoqlarda bitta yoki bir necha server bo‘lib hamma ma’lumotlar va buyruqlar shu kompyuterlar orqali bajariladi. Ajratilgan kompyuterlarning diski, qaysikim fayl-server yoki ma’lumotlar bazasi serveri deb ataladi, hamma kompyuterlar uchun ochiq deb hisoblanadi. Serverda maxsus dastur, ya’ni tarmoq operatsion tizimi ishlashi zarur. Ko‘pincha bu ko‘p masalali operatsion tizimdir. Qolgan kompyuterlar ishchi stansiya deb ataladi.
Fayl-serverlar ajratilgan yoki ajratilmagan bo‘lishi mumkin .Ajratilgan fayl-serverni ishchi stansiya sifatida ishlatish mumkin emas.
Ajratilgan serverli tarmoqning afzalligi:
− axborotni himoyalashning ishonchli tizimi;
− tezkor harakat;
− ishchi stansiyalar sonining cheklanmasligi.
Kamchiligi esa – bu server uchun bitta kompyuter ajratilishi tufayli tarmoqning narxini qimmatlashtirishi. Ajratilmagan fayl-server esa tarmoqni boshqarish bilan birgalikda foydalanuvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin.
Markazlashtirilgan tarmoqlarda ishlatiladigan operatsion tizimlarning quyidagi harakteristikalari amalda e’tiborga olinadi:
• ishchi stansiyalarni soni bilan ish unumdorligini bog‘liqligi;
• ishonchligi;
• administratsiyalash imkoniyatlari;
• himoya vositalari;
• ishchi stansiya operativ xotirasida joylashgan operatsion tizim hajmi;
• bir necha serverlarni joylashtirish imkoni.
Markazlashtirilmagan tarmoqda ajratilgan server bo‘lmaydi. Markazlashtirilmagan tarmoqlarda tarmoq funksiyasini bajarish ishchi stansiyalarning o‘ziga yuklatilgan bo‘ladi. Ishchi stansiyalar bir-birlarining tashqi qurilmalari bilan ishlashlari mumkin bo‘ladi. Ammo bu umumiy tezlikni pasaytiradi. Markazlashtirilmagan hisoblash tarmoqlarining ishlash tezligi past bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarida server ajratilgan yoki ajratilmagan bo‘lishi mumkin .

Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati:



  1. Aripov A.N., Mirzaxidov X.M., Shermatov Sh.X., Saidxodjayev S.R., Hasanov P.F.,Amirov D.M., Bakirov O.A. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari. Izohli lug‘at. Toshkent-2004.

  2. Nazarov U.A.,Zaynalov N.R.,Karimov A. «Axborot tizimlari» fanidan ma’ruzalar matni. Elektron variant. – Samarqand: SamDAQI nashri, 2013 yil.

  3. Zaynidinov H.N., Zaynalov N.R., Safarov B.Sh. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Elektron variant.– 2013.

Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling