Korxonalar moliyasi va ularni tashkil etish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIGA


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana24.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1393862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.KORXONA MOLYASI VA ULARNI TASHKIL ETISH111

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIGA
BINOAN MAMLAKATIMIZDA
XO'JALIK YURITISHNING QUYIDAGI TURDAGI
TASHKILIY HUQUQIY SHAKLLARI MAVJUD:

— davlat korxonalari;

— xususiy korxonalar;

— aksiyadorlik
jamiyatlari;

— mas'uliyati
cheklangan va
qo'shimcha
mas'uliyatli jamiyatlar;

— xo'jalik shirkatlari va
sh.k.



Bundan tashqari, kichik biznes subyektlari, kasanachilik
asosida faoliyat yurituvchilar, yakka tadbirkorlar ham
bugungi kunda iqtisodiyotimizning hal qiluvchi
bo'g'inlariga aylanib bormoqda.

Yuqorida sanab o'tilgan tashkiliyhuquqiy shakllardagi
korxonalar haqidagi umumiy qoidalar, ularning
vakolatlari, mulkiy munosabatlari, ustav kapitalining
shakllanishi, moliya xo'jalik faoliyati, bu faoliyat ustidan
nazoratni tashkil qilish va shu kabi boshqa masala lar
«Korxonalar to'g'risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari to'g'ri
sida»gi, «Xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari to'g'risida»gi, 
«Mulkchilik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari
bilan belgilab berilgan. 


Davlat korxonalari - mulki to'liq yoki qisman davlatga
qarashli bo'lgan mustaqil xo'jalik moliyaviy faoliyat
yurituvchi korxona va tashkilotlar. 
Davlat mulkiga asoslangan korxona va
tashkilotlarning quvidagi shakllari mavjud: 

budjet tashkilotlari; 

ulushida davlatning ishtiroki bo'lgan aralash mulkka
asoslangan korxonalar, 

to'liq davlat unitar korxonalari.
Aksiyadorlik jamiyati
— ko'rsatilgan nominal
qiymatiga teng aksiyalarning muayyan miqdoriga
bo'lingan ustav fondiga ega bo'lgan hamda
majburiyatlari bo'yicha faqat o'z molmulki bilan
javobgar bo'ladigan jamiyatdir. Aksiyadorlik jamiyati
ochiq va yopiq turda bo'lishi mumkin.



Qatnashchilari o'zlariga tegishli aksiyalarini o'zga aksiyadorlarning
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo'lgan aksiyadorlik
jamiyati
ochiq aksiyadorlik jamiyati
deb hisoblanadi.

Ochiq turdagi jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna
o'tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda
ularni erkin sotishga haqlidir.

Ochiq turdagi jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna
o'tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq
obunani o'tkazish imkoniyati cheklab qo'yilgan



Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi 
bosqichidagi muhim masalalardan bittasi uning 
halqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini va 
jahon xo'jaligi aloqalaridagi faol ishtirokini 
ta'ininlashdir. Bu masalaning ijobiy hal etilishi, 
avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo
’lmish turli 
mulkka asoslangan korxonalar faolivatining keng 
taraqqiyoti bilan bogliq. 

Keyingi yillar taraqqiyoti ko'rsatkichlari shundan 
dalolat bermoqdaki, «2009yilda O’zbekistonda 
yalpi ichki mahsulotning o'sishi 8,1 foizni tashkil etdi. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,0 foizga 
ko'paydi. qishloq xo'jaligidagi o'sish 5,7 foizni tashkil 
etdi, chakana savdo aylanmalari 16,6 foiz, aholiga 
puliik
xizmat ko'rsatish 12,9 foizga oshdi». 



Bunday natija erishishda hukumatimiz 
tomonidan tadbirkorlikni, ishlab 
chiqarishni va xizmatlar ko'rsatish 
sohalarini qo'llab quvvatlash 
tadbirlarining amalga oshirilishi, ular 
faoliyatini ham haqiqiy, ham iqtisodiy. 
ham moliyaviy jihatdan rag'batlantirish 
choralarining ko'rilishi muhim omil bo
’lib 
xizmat qildi.

Tijorat asosida faoliyat yurituvchi 
korxonalar moliyasi. Biz yuqorida tijorat 
hisobi asosida faoliyat yurituvchi 
korxonalar moliyasiga to'xtalib, barcha 
moddiy ishlab chiqarish korxonalari bozor 
iqtisodiyoti sharoitida tijorat hisobi 
asosida ish yuritadilar deb ta'kidlagan 
edik.



Tijorat hisobi 
— xo'jalik faoliyati davomida amalga 
oshirilgan xarajatlarni va faoliyat natijalarini pul 
shaklida solishtirishga asoslangan xo'jalik yuritish usuli 
bo'lib, uning maqsadi eng kamxarajat qilib 
maksimum darajada foyda olish hisoblanadi. Tijorat 
hisobi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va 
kengaytirish maqsadida so'zsiz foyda olish va yetarli 
rentabellik darajasiga erishishni nazarda tutadi.

Tijorat siri 
— korxona uchun o'zining raqobatchilari 
oldida ustunlikka erishish va maksimum foyda olish 
uchun xizmat qiladigan har qanday konfidensial 
boshqaruv, iqtisodiy, ishlab chiqarish ilmiytexnik, 
savdo, moliyaviy va boshqa turdagi axborot.



Tijorat hisobi asosida va tijorat sirining ta'siri
sharoitida xo'jalik faoliyatini yuritish korxonalar
moliyasini tashkil qilishga ham
o’z ta'sirini o'tkazadi.
Tijorat hisobi asosida ish yurituvchi korxonalar
moliyasining o'ziga xos xususiyatlari

to'liq moliyaviy mustaqillikka egaligi, 

xo'jalik subyektlaridagi moliyaviy munosabatlarga
davlatning ma'muriy usullar bilan aralashuviga yo'l
qo'yilmasligi

subyektlarning ish natijalari yuzasidan, o'z
majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish yuzasidan real
iqtisodiy javobgarligi, 

subyektlarning banklar, sug'urta kompaniyalari, 
davlat bilan tijorat asoslarini mustahkamlashga
qaratilgan munosabatlariga kirishishida teng
huquqli hamkor sifatida o'z manfaatlarini ko'zlagan
holda moliyaviy operatsiyalarda ishtirok etishi



Korxona moliyaviy resurslari. Ma'lumki, har qanday 
xo'jalik yurituvchi subyekt raqobatbardoshligiga 
uning moliyaviy resurslari harakatini samarali 
boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy resurslarning 
shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning 
mohiyatini tushunib olishni, amaliyotda moliyaviy 
menejment uslublari va ko'rsatmalaridan, Moliyaviy 
resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
ehtiyojlarini moliyaviy ta'minlashga qaratilgan pul 
mablag'larining bir qismidir.

Korxonalar moliyasi tizimida tadbirkorlik kapitali 
degan tushuncha ham mavjud bo'lib, u korxona 
aylanmasiga solingan ushbu aylanmadan daromad 
keltiruvchi pul yoki «o’z hisobidan o'suvchi 
qiymat»dir.


MOLIYAVIY RESURSLARNI TASHKIL
ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARIGA
QUYIDAGILAR KIRADI:

- moliyaviy resurlar tarkibi va tuzilishi;

- moliyaviy resurslaming tashkil topish manbalari;

~ moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish;

- moliyaviy resurslar saqlanishini ta'minlash.



Moliyaviy resurslar tarkibi va tuzilishi iqtisodiyotning tin 11 
tarmoqlari va sohalari korxonalarida bir biridan farq qiladi. 
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, moliyaviy resurslar ikki 
shaklda: fondlar tashkil etish orqali va fond tashkil 
etmasdan ishlatilishi mumkin Moliyaviy resurslar tashkil 
topishi va ishlatilishining birinchi shakli moliyaviy fondlar 
tashkil etilishining to'laligi, o'z vaqtidaligi va maqsadli 
ishlatilishini nazorat qilish nuqtayi nazaridan qulavdir
Ikkinchi shakl esa moliyaviy resurslarning muhim xususiyati 
bo'Imish harakatchanlikni ta'minlaydi.

Korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumning
taqsimlanishida birlamchi moliyaviy resurslar (amortizatsiya 
fondi, foyda va boshqalar) shakllanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirish unumdorligi tufayli moliyaviy resurslar qayta 
taqsimlanadi: ularning ma' lum qismi budjet va budjetdan 
tashqari fondlarga ajratiladi. Umum davlat moliyaviy 
resurslari, o'z navbatida, qayta taqsimlanadi va ularning 
ma'lum qismi korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning 
saqlanishi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish muammosi 
mulk egalari manfaatlari himoya etilishini ta'minlash bilan 
bog'liq. Shu nuqtayi nazardan moliyaviy resurslarni tashkil 
etish korxonada moliyaviy menejmentning bosh 
masalalaridan biridir.

Bozor munosabatlarining taraqqiyoti sharoitida 
korxonalarning samarali faoliyatiga ularning ixtiyorida 
yetarli miqdordagi moliyaviy resurslarsiz erishib bo'lmaydi. 
Korxonalarda moliyaviy resurslarning vetarliligi uning 
hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan 
munosabatlarida to'lovga layoqatliligi garovi hamda 
xaridorlar oldida majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish, 
budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to'lovlarning va 
kreditlarning o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlash kafolatidir.



Darhaqiqat, moliyaviy resurslarning tashkil topish shakllari va 
usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakl-
lari va usullari (pul mablag'lari fondlari) singari, korxona 
moliyaviy resurslari o'sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga 
ega. Biroq pul mablag'lari fondlari korxona moliyaviy 
resurslarini ishlatishning yagona yo'nalishi emas. Ularning bir 
qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini 
ta'minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy 
resurslar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil 
qilinmasdan ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot yuklab 
jo'natish bo'yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida 
aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy resurslarining muhim 
manbayi bo'lgan foydaga ega bo'lishlari mumkin, biroq bu hali 
korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, mol 
yetkazib beruvchilarga to'lovlarining o'z vaqtida o'tkazilishini 
kafolatlamaydi.



Shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish 
va rejajashtirish kabi vositalardan fovdalanishni 
talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, 
korxonalar moliyaviy resurslari mohiyatini 
o'rganish va ularning yanada samaraliroq 
harakatini tashkil etish yo'llarini qidirib topish 
xo'jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb 
ahamiyatga ega.

«Moliyaviy resurslar» tushunchasini talqin 
etishda uning ichki mohiyatini, korxona 
mablag'lari doiraviy aylanishi jarayonidagi 
ahamiyatini hamda unga xos fuuksiyalarni 
ajratib ko'rsatish lozim.



Korxona moliyaviy resurslari 
— kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish yuzasidan xarajatlarni 
amalga oshirishga, moliya kredit tizimi oldidagi 
majburiyatlarni bajarishga hamda xodimlarni 
moddiy rag'batlantirishga qaratilgan pul 
daromadlari va jamg'armalaridir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling