Korxonalarda debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1609437
  1   2   3
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Korxonalarda debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish

SA’DULLAYEVA ZARINA – 307 g

IBRAXIMOV MUXAMADRASUL -306 g

TURABOYEV JALOLIDDIN -306 g

Reja:

  • Debetor va kreditor qarzlar.
  • “UzAutoMotors” AJ misolida korxonaning debetor va kreditor qarzlar tahlili.
  • Boshqarish bo’yicha tavsiyalar.

Debitor qarzdorlik - bozor iqtisodining ob’yektiv unsuri va uning darajasi firmaning kredit siyosati va iqtisodiy shart-sharoitiga ta’sir kursatadi. Debitor arzdorligining oʻsishi sotishning kengayishi bilan bogʻliq, demak, daromad oshadi. Lekin, boshqa tomonidan debitor qarzlarini undrish va chorasiz qarzlar boʻyicha yoʻqotishlar xavfi oshadi. Moliyaviy menejerning vazifasi debitor qarzllari oqilona chegaralarini aniqlab olishdir.
Normal iqtisodiy sharoitlarda debitorlik qarzlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga, korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilashga yordam beradigan zarur hodisadir.
Lekin uning nooqilona koʻlamlari mikro va makro darajalarda korxonalarning likvidsizliligini, toʻlovga qobiliyatsizligini keltirib chiqaradi. Bular esa korxonalarni bankrot boʻlishga olib boradi, davlat budjetiga daromad tushishini kamaytiradi.
Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning toʻlaydigan majburiyatlarini xarakterlaydi.
Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab oʻtgan edik.
Kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham koʻrsatish mumkin.
Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor boʻlgan tomonlar boʻyicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni toʻlash muddatlari boʻyicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek debitorlik
majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin bunda qatnashuvchi koʻrsatkichlar
farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini oʻrganishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli toʻlanmagan mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy koʻrsatkichlariga murojaat qilinadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling