Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya. Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari


Download 52.43 Kb.
bet7/8
Sana05.02.2023
Hajmi52.43 Kb.
#1167116
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shoymardonov Ro\'zimurot.docx35

Xulosa va takliflar .
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan har qanday korxona, shu jumladan, kichik biznes subyektlari o’zining bozordagi o’rni va ulushi hamda ko’zlagan strategik maqsadlariga erishish uchun innovatsiyalarga katta ahamiyat beradi. Chunki aynan innovatsiya korxonani inqirozdan saqlab qoladi, unga yangi hayot baxsh etadi, istiqboldagi maqsadga erishishda yo’lchi yulduz vazifasini o’taydi.
Mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun, eng avvalo, quyidagi shartlarning mavjud bo’lishi va ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir: davlat innovatsiya siyosati, investitsiya salohiyati, innovatsiya sohasi, innovatsiya infratuzilmasi, innovatsiya dasturi.
Innovatsion faoliyatni ishlab chiqarishga joriy etayotgan qariyb har bir kichik korxona uning tashkiliy muammolariga duch keladi. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ilmiy-texnik yangiliklarni yaratish va shakllantirish;

  • loyihalarni, uning tashkiliy-me’yoriy hujjatlarini tayyorlash;

  • yangiliklarning tashqi va ichki muhitga moslashuvchanligini ta’minlash;

  • yangilikni ishlab chiqarishga joriy etish va ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasida innovatsion sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining tashkil etilishi orqali kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyat har tomonlama rivojlanib boradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion sohadagi manfaatlarini ta’minlash va faoliyatini rag’batlantirish orqali davlat ahamiyatiga molik muammolarni quyidagi asosiy vazifalar bilan hal etish mumkin:

  • kichik korxonalar innovatsion faoliyatini takomillashtirish hamda ishlab chiqarishning ilmiy-texnik darajasini oshirish;

  • korxonalarda innovatsion faoliyatni rag’batlantirish maqsadida korxonalarda hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini qo’llash;

  • zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanish maqsadida ilmiy parklar va texnoparklar faoliyatini tubdan takomillashtirish;

  • innovatsion faoliyat bilan shug’ullanayotgan korxonalarda tashqi iqtisodiy faollikni rivojlantirish;

  • Innovatsion faoliyatni moliyalashda xorij tajribasini o’rganib chiqib, amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.

Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga yordam beradigan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:



  • Kichik biznes korxonalari faoliyatiga innovatsion marketing texnologi-yalari joriy etilmagan bo’lsa, ushbu korxonalarning innovatsion faoliyati samarasiz yakunlanishi ma’lum. Shu bois, korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish va undan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, innovatsion marketing texnologiyalari o’z vaqtida samarali joriy etilishi yangi tovarni ishlab chiqish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, potensial talabni baholash, bozorning maqsadli segmentini aniqlash imkonini beradi. Raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda, ushbu tovarlarning bozordagi holatini aniqdashda ularning ishlab chiqarilishi, dizayni, servis xizmati, korxonaning va mahsulotning imidji, tovar o’rovi va ushbu omillarning nisbatini hisobga olish talab etiladi.



  • Kichik biznes korxonalarida innovatsiya asosida rivojlanishini innovatsiya jarayonlarini tashkil etish samaradorligi bilan bog’lash maqsadga muvofiq. Innovatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, innovatsion menejmentni yo’lga qo’yish korxonani barqaror rivojlantirish sari yetaklaydi. Innovastion menejment usullari hamda texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes subyektining kelgusida muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi.

  • Kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishda elektron tijorat (internet marketing) dan foydalanish korxona savdo aylanmasi hajmining ortishiga olib keladi. Chunki, korxona elektron shakldagi korporativ xaridlar tizimiga keng jalb qilinishi orqali raqobatda yutish, tovarlarning narxlari optimallashib, korxonaning innovatsion faolligi rivojlanib boradi.

Hozirgi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda kichik biznes sub`ektlari o`z faoliyatlarida donmo yangi innovatsiyalarni kullamay, yirik korxonalar bilan hamkorlikni yaxshi yo`lga qo`ymay bozorga yangi mahsulot yoki texnologiyalarni kiritishlari mushkuldir. Bunda kichik biznes korxonasining boshqaruv faoliyatiga innovatsion menejment usul va texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes sub`ektining kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilab beradi.



Download 52.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling