Korxonalardagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalarning shakillanishi bajardi Joniqulova Muxlisa
Download 0.61 Mb.
|
INNOVATSION MENEJMENT
KORXONALARDAGI HAQIQIY INVESTITSIYALAR, YANGILIKLAR VA INNOVATSIYALARNING SHAKILLANISHIBajardi Joniqulova MuxlisaREJA:
Haqiqiy investistiyalar portfelini boshqarishda kapital kiritmalarning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish zarur. 1. Ularni amalga oshirish katta moddiy va pul xarajatlari bilan bog‘liqdir. 2. Kapital kiritmalardan qaytarilishni kelajakdan bir qator yillar davomida olish mumkin. 3. Kapital kiritmalarning bashoratida albatta xatar va noaniqlik elementlari mavjud. 4. Odatda kapital kiritmalar sifatida ko‘rib chiqiladigan investistiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi usukunalarni xarid qilish va korxonaning o‘z strategik va taktik maqsadlariga erishish qobiliyatini oshirish bilan bevostita bog‘liq boshqa kapital xarajatlarni ko‘zda tutadi. Investistion portfelni boshqarishning barcha sanab o‘tilgan vazifalari yaqindan bog‘langanlar. Masalan, korxona rivojlanishining yuqori sur’atlariga yuqori daromadli loyihalarni tanlash va ularni amalga oshirishini jadallashtirish hisobiga erishiladi. O‘z navbatida foyda (daromad) ni ko‘paytirish investistion xatarlarni o‘sishi bilan birga bo‘ladi, bu ularni neytrallashishini ta’minlaydi. Ushbu xatarlarni kamaytirilishi korxonaning innovastion faoliyat jarayonidagi moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlashning muhim sharti bo‘ladi. Demak, investistion portfelini boshqarishning ustuvor vazifasi loyihalar rivojlanishi uning etarlicha moliyaviy barqarorligida yuqori sur’atlarini ta’minlashdan iboratdir. Investistiyalar kiritish qoidalari Investistiyalar kiritishning barcha shakllaridagi muvaffaqiyatlarning umumiyroq shartlari quyidagilardan iborat: ·kerakli axborotlarni yig‘ish; ·sarmoyador qiziqayotgan sohalar bo‘yicha bozor holatining istiqbollarini bashoratlash; ·investistion tovarlar bozoridagi xulq strategiyasini tanlash; ·investistion taktikaga va shuningdek strategiyaga ham egiluvchan joriy tuzatishlar kiritish. Investistiyalar kiritishning eng samarali usulini tanlash ehtimol bo‘lgan variantlarni aniq belgilashdan boshlanadi. Muqobil loyihalar navbatma navbat bir birlari bilan solishtiriladilar va ulardan daromadlik, xavfsizlik va ishonchilik nuqtai nazaridan eng yaxshisi tanlab olinadi. Investistiya kiritish haqidagi masalani hal qilishda sarmoyalarni qaerga: ishlab chiqarishgami, ko‘chmas mulkkami, qimmatbaho qog‘ozlargami, qayta sotish uchun tovarlar xarid qilishga yoki valyutaga kiritish foydaliroqligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Haqiqiy loyihalarga investistiyalar kiritish – vaqt bo‘yicha uzoq jarayondir. Shuning uchun ularni baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur: a) loyihalarning xatarligini – xarajatlarning o‘zini o‘zi oqlash muddati qanchalik uzun bo‘lsa, investistion xatar shunchalik yuqori; b) pullarning vaqtdagi qiymatini, chunki vaqt o‘tishi bilan pullar inflyastiya oqibatida o‘z qiymatini yo‘qotadilar; c) loyihaning sarmoyalar kiritishning muqobil variantlariga nisbatan xatarning kichikroq darajasida daromadni ko‘payishi va kompaniya akstiyalari kursi qiymatini o‘sishi nuqtai nazaridagi o‘ziga jalb qila olishligini, chunki bu maqsad sarmoyador uchun belgilab beruvchidir. Sarmoyador, ko‘rsatib o‘tilgan qoidalardan amaliyotda foydalanib, o‘zining strategik maqsadlariga javob beruvchi asoslangan qarorni qabul qilishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling