Yangiliklar va innovastiyalar portfelini shakllantirish.
Tovarlarning raqobatbardoshligi, tashkilotning moliyaviy, texnik, sostial, tashkiliy holati, uning raqobat
afzalliklarini tahlil qilish natijalari asosida tashkilotning faoliyat yuritish va majmuaviy rivojlanish siyosati
shakllantiriladi.
Innovastion faoliyat sohasini belgilash uchun tashkilotning asosiy
strategiyalarni ta’riflovchi quyidagi belgilarni kiritamiz:
S – Ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini oshirish. Strategiya tashkilot foydasini ko‘payishiga, ammo katta xatar bilan, olib keladi;
N – Tovar narxini qolgan strategiyalarni o‘zlashtirishsiz saqlab qolishda pasaytirish. Ushbu strategiya ishlab chiqarilgan tovar va o‘zlashtirilgan texnologiyalarni bozorga mustahkam ravishda tadbiq etish, sotishga qaratilgan. Strategiya, qoidaga ko‘ra, tashkilot foydasini kamayishiga olib keladi.
T – ishlab chiqarilayotgan tovar tannarxini yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullari, menejmentni o‘zlashtirish hisobiga pasayishi. Strategiya, qoidaga ko‘ra tashkilot foydasini ko‘payishiga olib keladi.
V – ushbu bozor uchun qolgan strategiyalarning o‘zgarishsiz tovar ishlab chiqarish dasturi (sotishlar hajmi)ni ko‘payishi. Strategiya ko‘lam samarasidan foydalanish hisobiga foydani ko‘payishiga olib keladi.
R – sotishning yangi bozorini o‘zlashtirish, eski va yangi tovar servisini oshishi. Strategiya, qoidaga ko‘ra, tashkilot foydasini ko‘payishiga olib keladi.
Tashkilot strategiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan innovastiyalar turlari
Investistion loyihaning biznes–rejasi
Biznes – reja sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun standartli hujjatdan iborat, unda haqiqiy investistion
loyihaning konstepstiyasi asoslangan va uning asosiy parametrlari keltirilgan. Bu hujjat qayd etilgan
ko‘rinishidagi axborotlarga ega va uni foydalanuvchilarga vaqtda va masofada topshirish uchun maxsus
mo‘ljallangan o‘ziga xos dasturiy mahsulotdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |