Korxonalarni boshqarish tizimini takomillashtirish muammolari


STRATEGIK MENEJMENTNING MOҲIYATI VA VAZIFALARI


Download 64.25 Kb.
bet2/4
Sana07.03.2023
Hajmi64.25 Kb.
#1244669
1   2   3   4
Bog'liq
boshqarish

STRATEGIK MENEJMENTNING MOҲIYATI VA VAZIFALARI

Respublikamizda amalga oshirilayotgan murakkab va shu bilan bir qatorda tarixiy isloҳatlar davomida iqtisodiy va siyosiy va ijtimoiy ҳayotimizda ma`lum bir muammalarga duch kelmoqdamiz.SHulardan biri-ro`y beradigan o`zgarishlar va imkoniyatlarni oldindan ko`ra olish ҳamda xo`jalik siyosati va strategiyasini ishlab chiqishdir.Korxonalar va ularning raҳbarlari atrofdagi o`zgarishlarga oddiy e`tibor beribgina qolmasdan ilmiy asoslangan usullar asosida bu o`zgarishlarni oldindan ko`ra bilish,muvofiqlashtirish,korxona maqsadlariga va tashqi sharoitlarga moslashtirishni boshqarishlari zarurdir.


«Strategiya» so`zi grek tilidan olingan bo`lib «jang maydonida joylashtirish san`ati»degan ma`noni anglatadi. Ammo bu ҳarbiy termin oҳirgi 20 yil mobaynida mutaҳasislar faoliyatiga,menejmentning nazariyasi va amaliyotiga keng ko`lamda kirib keldi va quyidagi ma`noni kasb etdi.Strategiya-bu boshqarish echimlarini qabul qilishda korxona foydalanadigan tartib va qoidalar yiғindisidir.Bundan tashqari uni yana quyidagicha izoҳlash mumkin.Strategiya-bu korxona missiyasini amalga oshirish va xo`jalik maqsadlariga oshirishni ta`minlovchi umumiy majmuiy rejadir.
Strategik menejment korxona ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish,meҳnat jarayonini tashkil etish,korxona kelajagini belgilab,unga etib borish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish,firmaning iqtisodiy saloҳiyatini boshqarish kabi vazifalarni o`z ichiga oladi.
Strategicheskiy menejment boshqarishning ustivor qonuniyatlari,jiҳatlari bilan bir qatorda korxona faoliyatining yuqori samaradorligini ta`minlash,maҳsulot raqobatbardoshligini oshirish va uning bozordagi barqarorligini mustaҳkamlashda qat`iy qarorlarni qabul qilishni o`rgatadi. Strategik menejment fanining predmeti –bu xo`jalik yuritishning barcha bo`ғinlarida ustivor boshqarishni tashkil etish mantiqi,shakllari,uslublarini ifodolovchi nazariy va amalay tamoyillar majmuidir.
Insonlar o`rtasida turli tamoyildagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo`lishi mumkin:iqtisodiy ijtimoiy, tashkiliy, ruҳiy,marketing,meҳnat va boshqalar boshqaruv tizimi va meҳnat jamoalari,menejer va ҳodimlar orasidagi murakkab o`zaro aloqalar majmui boshqaruv munosabatlarida o`ziga xos muammolar tuғdiradi.Bu muammolarni bartaraf etishda ustivor boshqaruv muҳim aҳamiyatga egadir.Bunga odamlarni ongli meҳnatga qiziqtirish,tadbirkorlikka,meҳnatga ijodiy yondashish,o`ziga ishonish,yangi bilim va ko`nikmalar egallashga chorlash kabi yo`llar orqali erishish mumkin.



Download 64.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling